• II BOB. Hikoyatlardagi qoriyalar va ularning o‘z o‘rnida ishlatilishi…………….
  • Xulosa
  • I bob “Lison ut-tayr” dostonida qofiya rang-barangligi




    Download 81.51 Kb.
    bet1/3
    Sana17.10.2023
    Hajmi81.51 Kb.
    #88038
      1   2   3
    Bog'liq
    doc 2023-10-11 11-19-54.“Lison ut-tayr” dostonida qofiya rang-barangligi
    itep exam7, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, 1-Mustaqil ish, Son so’z turkumi. Sonning ma’no turlari, Ecological Problems-fayllar.org (1), kursishi20 (2) (3), Lazer, mustaqil ta\'lim 13 1 qism, 9-Mavzu Mobil, УСЛУБИЙ КУЛЛАНМА (2), Tarjimai-hol-blank-2, 493902

    Mundarija:

    Kirish…………………………………………………………………......


    I BOB. .“Lison ut-tayr” dostonida qofiya rang-barangligi…………………………...3
    1.1.“Lison ut-tayr” dostoni haqida…………………………………………………3
    1.2“Lison ut-tayr dostonida qofiya san’atining foydalanilishi…………………………..8
    II BOB. Hikoyatlardagi qoriyalar va ularning o‘z o‘rnida ishlatilishi…………….12
    2.1.“Lison ut-tayr” dostoni va Navoiyning tasavvufiy qarashlari………………………12
    2.2. “Lison ut-tayr” dostoninig kompozitsiyasi: qofiya,vazn, syujet……………………17
    Xulosa………………………………………………………………………………….20
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………23

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi .Tarix hukmi shunga guvohki, xalqchil, insonparvar va yuksak san’at namunasi boʻlgan asarlargina davrlar sinovidan oʻtib, yangidan yangi avlodlarga ma’naviyat va ma’rifat nurlarini taratib, ardoqli meros sifatida qadrlanadi. Ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy yaratgan bebaho badiiy durdonalar ana shunday xushbaxt taqdirga ega. Yana shu ham haqiqatki, buyuk obidalarni bunyod eta olgan umr bezagi – mutafakkirlarning har bir soʻzi inson va insoniyat, hayot va jamiyat haqidagi qarashlari goʻzallik, nafosat borasida bildirgan mulohazalari qimmatli va qadrlidir. Zero, ular pok qalb va ezgu niyatning, zukko aql va benazir teran shuurning ummonidan yuzaga kelgan boʻlib, gʻoyat kuchli umumlashma xususiyatga ega. Shu bois Navoiyning har bir soʻzi hozir ham purma’no hikmat boʻlib jaranglamoqda, hozir ham bizga ibrat va saboq boʻlmoqda.Lison ut-tayr (arab. — "Qushlar tili") — Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attornnt "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. "Lison ut-tayr" falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvufiy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olg’a suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.


    "Lison ut-tayr" 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi. "Lison ut-tayr" Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996)dan oʻrin olgan. Doston an’ anaga muvofiq muqaddimaviy boblar bilan boshlanadi. Muqaddima 13 bobdan iborat bo‘lib, uning dastlabki bobi Alloh hamdiga bag'ishlangan. Navoiy bu olamni Alloh aniq bir reja asosida bunyod qilganligi haqida yozar ekan, unda hech bir narsa tasodifiy yaratilmaganligini aytadi. Shoirning fikricha, Yaratuvchi koinotdagi barcha narsa va hodisalarni o'zaro aloqador holda vujudga keltirgan, shu jihatdan olib qaraganda, tabiat son-sanoqsiz uyg‘unliklarning bir butun majmuidan iborat.



    Download 81.51 Kb.
      1   2   3




    Download 81.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob “Lison ut-tayr” dostonida qofiya rang-barangligi

    Download 81.51 Kb.