Yengil avtomobillar modellarini tayyorlash




Download 223.51 Kb.
Sana27.02.2024
Hajmi223.51 Kb.
#163379
Bog'liq
УСЛУБИЙ КУЛЛАНМА (2)
itep exam7, yo-nalishga-kirish-mustail-ish, 1-Mustaqil ish, doc 2023-10-11 11-19-54.“Lison ut-tayr” dostonida qofiya rang-barangligi, Son so’z turkumi. Sonning ma’no turlari, Ecological Problems-fayllar.org (1), kursishi20 (2) (3), Lazer, mustaqil ta\'lim 13 1 qism, 9-Mavzu Mobil, Tarjimai-hol-blank-2, 493902

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi


Kasbi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi


“Texnika konstruktorlik va modellashtirish”
yo’nalishi uslubchisi
DAMINOVA MUHIBANING
“ YENGIL AVTOMOBILLAR MODELLARINI TAYYORLASH”
mavzusida tayyorlagan
U S L U B I Y Q O’ L L A N M A

K a s b i - 2022 yil


K I R I SH


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillaridanoq, jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxsni yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu borada ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimining bosh vazifasi o’quvchilarni ma’nan boy, aqliy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash, o’quvchi- yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va o’quvchi-yoshlarni zamunaviy kasb sirlari bilan qurollantirishdir.
Bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida, shuningdek kelajakda o’zlari xohlagan kasb egalari bo’lishlarida uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini hisoblangan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari katta ta’limiy- ilmiy ahamiyatga ega.
“Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi berilgan. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42- moddasida qayd etilgan ushbu so’zlar o’quvchi yoshlar o’rtasida texnik ijodkorlini rivojlantirish ta’lim tizimidagi muhim vazifalardan biri ekanini ko’rsatib turibdi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, texnik taraqqiyotsiz hech bir sohada natijalarga erishib bo’lmas ekan.Shu sababli o’quvchi- yoshlarda bolaligidanoq texnikaga bo’lgan qiziqishini uyg’otish, ularni O’zbekistondagi texnik aviamodel, avtomodel, raketamodel, kemasozlik va h.z yo’nalishlari bilan tanishtirish maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining, xususan, “Barkamol avlod” bolalar maktablarining asosiy maqsad- vazifasi bo’lib qolaveradi. Chunki ijodkor, qiziqqan sohasi bo’yicha yangilk yaratishga tayyor o’quvchilar xuddi shu to’garaklarda ilk kasb ko’nikmalarini o’rganadi. Kelajakda kasb tanlash masalasida ularning aniq va qat’iy qarorlari bo’ladi. Demak, yoshligidan biror kasbga qiziqqan va ma’naviy dunyoqarashi teran yoshlar maqsad sari dadil odimlaydi.
Texnika xavfsizlik qoidalari
To’garak mashg’ulotlari xonasida to’garak a’zolarining o’zini tutishi va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish to’g’risida to’garak rahbari tomonidan suhbat o’tkaziladi. To’garak mashg’uloti xonasidagi mavjud moslama, asbob-uskunalar va materiallar bazasi bilan tanishtiriladi.
Texnika xavfsizlik qoidalari:

  1. Murakkab dastgoh va asbob - uskunalarda ish boshlashdan avval to’garak a’zosi xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiriladi. Barcha amaliy ishlar to’garak rahbari nazorati ostida olib boriladi.

  2. Kesuvchi va sanchiluvchi asboblar ( qaychi, bigiz, pichoq, arra va hokazo) dan to’garak a’zosi ehtiyotkorlik bilan foydalanishi kerak. O’zini va o’rtoqlarini jarohatlatlamaslik uchun asboblarni mahkam ushlab ishlashi zarur.

  3. Otverka, ombir va boshqa asboblardan foydalanayotganda, barmoqlarni jarohatlashi mumkin. Bunday noxush holatlarga yo’l qo’ymaslik lozim.

  4. Ish paytida yelim to’garak a’zosining badani, kiyimi, ko’zlari va og’ziga tushmasligi kerak. Tushgan taqdirda , oqar suvda yaxshilab yuvib tashlash lozim.

  5. Har qanday material yoki asboblarni ishlatayotganda, uning o’tkirligi yoki haroratini til yoki qo’l yordamida tekshirish ta’qiqlanadi.

  6. Bolg’a yoki boshqa bir og’ir asboblardan foydalanayotganda, barmoqlarni jarohatlashdan; tushirib yuborganda oyoqlarni mayib qilishidan ehtiyot bo’lish kerak. Har qanday jarohat holatida shifokorga murojaat qilish kerak.

  7. Biron- bir detal dastgoh yoki mexanizm ichida qotib turib qolsa, mustaqil ravishda urib chiqarish ta’qiqlanadi. Bunday holatlarda to’garak rahbariga murojaat qilish kerak.

Model haqida tushuncha
Jamiyatimizda texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Hozirgi sharoitda o’quvchilar politexnik ta’lim, ya’ni ishlab chiqarishning asosiy sohalarini mashina, mexanizm va moslamalarning tuzilishi, ishlashi va ulardan amalda foydalana bilishi, asosiy materiallar va ularning ishlatilishini, eng yangi texnologiyalar haqidagi umumiy ma’lumotlarni bilishlari lozim.
Barkamol insonning yetishib chiqishida umumiy ma’lumot beribgina qolmay, balki keng politexnikaviy asosda amaliy mehnatga jalb qilish mehnat darslari va to’garak mashg’ulotlarining asosiy maqsadlaridan biridir.
Hozirgi zamon yangi texnologiyasi texnikaviy fikr yurita oladigan, mehnatga ijodiy munosabatda bo’la oladigan yoshlarni talab qiladi.
To’garak mashg’ulotlarida texnikaviy model yasash jarayonida o’quvchilar har xil texnologik operatsiyalarni metall va metalmas materiallarning turlari, mashina, mexanizm va asboblarning tuzilishi, ishlashini bilib, o’zlashtirib boradilar. Shuningdek, amaliy faoliyatlari jarayonida umumiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlab boradilar.
Mashg’ulotlarda texnikaviy model yasash muayyan bir mashina, mexanizm, asboblarning kichiklashtirilgan nusxasini oddiygina ko’rinish bo’lmay, balki texnikaviy modellarning ham konstruksiya jihatdan, ham ishlash tamoyili jihatdan ancha soddalashtirilgan, lekin muayyan (real) mashinalar bilan asosiy o’xshashligini yo’qotmagan namunalarni ijodiy tarzda yaratishdan iboratdir.
Texnikaviy model yasashga kirisha turib, “Model va maket” tushunchalarini bir-biridan ajrata bilish lozim.
MODEL- real obyektning (mashina, mexanizm) to’la yoki asosiy uzelining nusxasidir. Bunda model ishlaydigan bo’lishi va ixcham ko’rinishda hamda o’zining asl namunasi bajaradigan ishni bajarishi lozim. Masalan; avtomobil, traktor, ekskovator modeli.
MAKET- ob’ektning konstruksiyasini (yasalishini) yaqqol (ko’rgazmali) tasavvur qilishga imkon beradigan sxematik tasvirdir. Masalan; bino, inshoot, asboblar maketi.
Shuni ta’kidlash muhimki, bolalar hamma vaqt o’zlari qayerdadir ko’rgan va o’zlarida katta taassurot qoldirgan mashina, mexanizmlarni yasashga intiladilar.
Ishlaydigan, harakatli modellarni yasash va ularni sinash jarayonida o’quvchilar konstruksiyalarni o’zgartirishga, texnik ko’rsatgichi, xarakteristikasini yaxshilashga, modelni ishonchliligi, dizayni va hokozolarni o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Bularning barchasi o’quvchida yangi fikrlarning tug’ilishiga imkon yaratadi va mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undaydi, shuningdek, ongli mehnat intizomini shakllantiradi.


Mashg’ulotlarda o’quvchilar ishlarining sifatiga e’tibor berish katta ahamiyatga ega, chunki buyumni puxta tayyorlash ularda estetik did va go’zallikka intilish hislarni tarbiyalashga yordam beradi.
Model va buyumlar yasashda vaqt me’yori, iqtisodiy rejalashtirish mehnat unumi haqida uqtiriladi. Model va buyum yasashda materialni tejab sarflash, ya’ni boshqa buyumlar tayyorlab bo’lmaydigan materiallardan foydalanish ko’zda tutiladi. Tunukasozlik va yog’och buyumlari yasash sexlarining material chiqindilaridan olib foydalanish tafsiya etiladi.
O’quvchilar oldiga har bir modelni to’la-to’kis tugallash, uni yaxshilash maqsadida o’zgartirishlar kiritishga doir vazifalar qo’yiladi

Model yasashda foydalaniladigan texnik va texnologik hujjatlar


Model yasash jarayonida quyidagi texnikaviy- texnologik hujjatlar tayyorlanadi va undan foydalaniladi;
1. Texnikaviy topshiriqlar; modelning tuzilishi va ishlash tartibining tasnifi, modelga qo’yiladigan texnikaviy talablar.
2. Modelning umumiy ko’rinishi va uzellarining rasmlari,
3. Eskiz chizmalari.
4. Modelning uzellari va detallarining nomlari, soni, ular tayyorlanadigan materiallar, asbob-uskunalar
Bu hujjatlar yordamida model yasashni o’quvchiga osongina tushuntirish mumkin bo’ladi,
To’garak a’zosi tomonidan yasab tugatilgan har bir model tekshirilishi va sinovdan o’tkazilishi hamda baholanishi lozim.
Tekshirish va sinash tartibi;
1. Modelni tashqi ko’rinishi va ayrim uzellarining rasmlarga muvofiqligi;
2. Modelning yoki buyumning ayrim detallarining asosiy (gabarit) o’lchamlarini tekshirish va chizmalardagi o’lchamlarga taqqoslash;
3. Model yoki buyumning tashqi ko’rinishini pardozlashdan so’ng ko’zdan kechirish;
4. Model yoki buyumning geometrik shakllarining to’g’riligini baholash (egriligi, qiyshiqligi va h. k.)
5. Texnikaviy talablarni bajarishini tekshirish (oson aylanishi, harakatlanishi va burilishi, h. k.)
To’garak rahbari baholashga alohida e’tibor berishi kerak, chunki, to’garak a’zosi bunda o’zining ko’p kunlik mehnatining natijasini ko’radi.
To’garak rahbarining texnikaviy model va buyum yasash darslariga
tayyorlanishi hamda o’tish uslubi:
To’garak rahbarining texnikaviy model yoki buyum yasash darslariga tayyorlanishi yasaladigan model yoki buyum nomini aniqlashdan boshlanishi kerak.
To’garak rahbari buyum yoki umumiy ko’rinishi va qismlarining rasmlarini , detallarining chizmalarini oldindan tayyorlaydi, asosiy detallar uchun texnikaviy topshiriqlar tuzadi. To’garak rahbari boshchiligida detallar uchun tayyorlanmalar va yordamchi materiallar tanlanadi, to’garak a’zolarining ish o’rinlari jihozlanadi.
Model yoki buyum yasash jarayonida to’garak a’zolari quyidagi bilim va amaliy malakalarni egallashlari lozim;
1. Texnikaviy konstruksiyalash, model va buyum yasashdan maqsad nimalardaniboratligi.
2. Texnikaviy topshiriq.
3. Model yoki buyumning asosiy o’lchamlari.
4. Chizmalarni o’qish va eskizlar chizish.
5. Texnologik xarita tuzish.
6. Ish o’rnini tashkil etish.
7. Sifatli detal tayyorlash uchun yaxshi ish usullarini qo’llash.
8. Tayyorlanma tanlash.
9. Tayyorlangan detallarni chizma bo’yicha tekshirish.
To’garak a’zolarining diqqat-e’tibori model yoki buyumni yig’ish tartibiga hamda detallar va qismlarni biriktirish usullariga qaratiladi. Shundan so’ng model sinab ko’riladi, kamchiliklar bo’lsa rostlab bartaraf etiladi.
Yuqoridagi ta’kidlangan bilim ko’nikmalari o’zlashtirish uchun to’garak rahbari yetarli vaqt ajratishi lozim
Model yig’ishda kerakli anjomlar:

  • Biz sizning modelingiz uchun shassini tanlaymiz, barcha kichik qismlarning sifatiga e'tibor beramiz. Plastmassa yuzasida dog'lar va tirqishlar ko'rinmasligi kerak, old g'ildiraklar silliq harakatlanishi kerak;

  • G'ildiraklarni tanlashda Maxsus e'tibor kauchukli modellarga to'lang, chunki barcha plastik modellar sifatsiz tutqich yuzasiga ega;

  • Dvigatelni tanlashga jiddiy yondashing, chunki bu mini-avtomobilning asosiy yuragi. Avtomobillar uchun 2 turdagi mini-motorlar mavjud - elektr va benzin. Elektr dvigatellari hamyonbop va ulardan foydalanish oson, ular batareyadan quvvatlanadi va uni qayta zaryadlash juda oson. Benzinli variantlar ko'proq quvvatga ega, ammo ular qimmatroq va nozik parvarish qilishni talab qiladi. Ularga maxsus yoqilg'i quyish kerak. O'yinchoq avtomobillarini modellashtirish sohasida yangi boshlanuvchilar uchun elektr motorlar mos keladi;

  • Boshqarish turi - simli yoki simsiz haqida qaror qabul qilishingiz kerak. Simli boshqaruvlar arzonroq, lekin mashina faqat cheklangan radiusda harakatlanadi, RC modeli esa antenna oralig'ida harakat qiladi. Radio birligi mini-avtomobillar uchun ancha samarali;

  • K elajakdagi avtomobilning tanasi ham ko'proq e'tiborga loyiqdir. Siz tayyor ishni tanlashingiz yoki uni shaxsiy eskizingizga ko'ra qilishingiz mumkin.

Barcha qismlar sotib olingandan so'ng, siz yig'ishni boshlashingiz mumkin.


Shassiga dvigatel va radio blokini biriktiramiz. Biz antennani o'rnatamiz. Aksessuarlar bilan bir qatorda, butun mashinani yig'ish bo'yicha batafsil ko'rsatmalar bo'lishi kerak. Biz dvigatelning ishini sozlaymiz. Har bir narsa to'g'ri ishlagandan so'ng, mini-mashinaning mustahkam korpusini shassiga mahkamlang. Endi siz yaratilgan modelni xohlaganingizcha bezashingiz mumkin.
Download 223.51 Kb.




Download 223.51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yengil avtomobillar modellarini tayyorlash

Download 223.51 Kb.