Sinxron mashina




Download 0.58 Mb.
bet1/3
Sana30.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#47686
  1   2   3
Bog'liq
Kuchli elektron Qurulmalar 2 M ish.pdf


Mavzu : Sinxron mashinalarni boshqarish
Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator toʻkining chastotasi {\displaystyle f={\frac {pn}{60}}}  nisbat orqali bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan toʻk mashinasi sinxron mashina deb ataladi.

Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotehnik poʻlat yaproqchalardan yegʻilgan boʻlib, silindrsimon yahlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan toʻk choʻlgʻamlari joylashtiriladi.
Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik husuiyatlariga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati 800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper — transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi.
Mashina oʻqiga mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas toʻk oʻlchovi choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi.
Sinxron mashinalar va motorlar-Ular ma'lum bir qator qutblar uchun tezligi noyob bo'lgan va tarmoq chastotasi bilan belgilanadigan mashinalardir. Chastota - vaqt birligidagi aylanishlar soni. Har bir halqa shimoliy qutb va janubiy qutbdan o'tadi.
f=p*n/60
Evropada va dunyoning ko'p qismida sanoat tarmoqlarining chastotasi 50 Gts, AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlarda 60 Gts ni tashkil qiladi.
U generator sifatida ishlaganda, mashinaning tezligi mutlaqo doimiy bo'lishi kerak.
Formuladan kelib chiqadiki, dvigatel sifatida ishlaydigan sinxron mashina turli tezliklarda aylanishi uchun u har bir tezlik uchun o'ziga xos bo'lgan o'zgaruvchan chastota bilan oziqlanishi kerak. Ammo sanoat tarmoqlari tomonidan ta'minlangan elektr toki sobit chastotaga ega bo'lgani uchun chastota inverteri kerak.


Download 0.58 Mb.
  1   2   3




Download 0.58 Mb.