• Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova https://doi.org/10.5281/zenodo.7441234 Annotatsiya.
  • Ключевые слова
  • Elektr stansiyalari va ularning ahamiyati




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana17.06.2023
    Hajmi0.58 Mb.
    #73843
    Bog'liq
    elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati
    Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ, “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni, KEYINGI, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    788 
    ELEKTR STANSIYALARI VA ULARNING AHAMIYATI 
    Bekniyozov Sarvar 
    ―Fizika va astronomiya‖ ta‘lim yo‘nalishi talabasi, Navoiy DPI 
    Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), dots. D.I.Kamalova 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7441234 
    Annotatsiya. Ushbu maqolada elektr stansiyalari va ularning bugungi kundagi 
    ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan. 
    Kalit so’zlar: elektr energiyasi, elektr stansiyalari, elektr toki, elektr generatorlari
    rotor, turbina. 
    ЭЛЕКТРОСТАНЦИИ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ 
    Аннотация. В данной статье рассматриваются силовые установки и их 
    значение на сегодняшний день. 
    Ключевые слова: электрическая энергия, электростанции, электрический ток
    электрогенераторы, ротор, турбина. 
    POWER PLANTS AND THEIR SIGNIFICANCE 
    Abstract. This article discusses power plants and their importance today. 
    Keywords: electrical energy, power plants, electric current, electric generators, rotor, 
    turbine. 
    Hozir hayotimizni radio, televideniye, telefon, telegrafsiz, turli xil yoritish jihozlari va 
    qizdirish asboblarisiz, mashina va qurilmalarsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bularning hammasi 
    elektr energiyasi (toki) bilan ishlaydi. 
    Elektr energiyasi qayerdan olinadi? Uni elektr stansiyalarida maxsus mashinalar — 
    elektr toki generatorlari hosil qiladi. Generatorlarning turlari ko‗p. Energiyasi kichkina uyni 
    yoritish uchungina yetadigan mitti elektr generatorlardan tortib, katta shaharni elektr energiyasi 
    bilan ta‘minlay oladigan ulkan elektr generatorlarigacha bor. 
    Generator elektr toki berishi uchun uning asosiy qismi — rotor aylantiriladi. 
    Katta generatorlarning rotori bir necha yuz tonna bo‗lganligi uchun uni maxsus mashina 
    — turbina aylantiradi. Har qaysi turbina kuraklari yoki parraklari bo‗lgan ish g‗ildiraklariga ega. 
    Qizdirilgan gaz yoki suv bug‗i oqimi katta kuch bilan turbina g‗ildiragi parraklariga urilib, uni 
    aylantiradi, turbina bilan birga generator rotori ham aylanma harakatga keladi. 
    Suv oqimi aylantiradigan turbina gidravlik turbina deyiladi, bunday turbinalar 
    o‗rnatilgan elektr stansiyalari esa gidroelektr stansiya yoki qisqacha GES deb ataladi. Turbinani 
    issiqlik elektr stansiyalari (IES) da bug‗, gaz turbinali elektr stansiyalarida esa qizdirilgan gaz 
    lar oqimi aylantiradi. 
    Gidroelektr stansiyalari Sirdaryo, Chirchiq, Bo‗zsuv kabi sersuv daryolarda yoki tog‗dan 
    tushadigan tezoqar daryolarda quriladi. IES uchun esa to‗g‗on va suv havzalarining keragi yo‗q. 
    Shu sababli, ularni hamma joyda qu rish mumkin. Lekin IES da suvni isitib, bug‗ hosil qilish 
    uchun har doim yoqilg‗i bo‗lishi zarur. IES uchun ko‗mir ortilgan poyezdlar birin-ketin kelib 
    turadi yoki quvurlardan gaz yetkazib beriladi. 
    Atom elektr stansiyalari (AES) da esa yoqilg‗i juda oz talab qilinadi. Lekin, bu yoqilg‗i 
    o‗zgacha. Atigi 10 gramm atom yoqilg‗isi bir vagon ko‗mirning o‗rnini bosadi. Issiqlik elektr 
    stansiyalaridagi kabi, atom elektr stansiyalarida ham elektr generatorlarini bug‗ turbinalari 
    aylantiradi. Lekin AES larda na ko‗mir yoqiladigan, na gaz yoqiladigan o‗txona, na bug‗ qozoni 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    789 
    bor. Bug‗ hosil qilish uchun zarur issiqlik AESning yuragi – atom reaktorida yadro reaksiyasi 
    natijasida hosil bo‗ladi. Yadro reaksiyasini uzluksiz takrorlanuvchi kichik-kichik atom 
    portlashlari bilan qiyoslash mumkin. Lekin bu tinchlik maqsadidagi portlashlardir. Reaktor qalin 
    beton devorlar bilan ishonchli berkitilgan. Yadro reaksiyasini muntazam ravishda avtomatik 
    asboblar nazorat qilib turadi (lekin zarur texnikaviy shart-sharoitlarga to‗liq rioya qilinmasa, 
    AES atrofdagi aholi va tabiat uchun o‗ta xavfli ekan. Buni Chernobil AES dagi baxtsiz hodisa 
    tasdiqlab turibdi). 
    Olimlar va muhandislar elektr energiyasining yangi manbalarini izlamoq dalar. Masalan, 
    dengizning qirg‗oqqa urilib-qaytib turadigan to‗lqinlarini ishga solish mumkin emasmikan? 
    Elektr stansiyalarining turbinalarini aylantirish uchun dengiz suvi kuchidan foydalanib 
    bo‗lmasmikin? Ma‘lum bo‗lishicha, mumkin ekan. 
    Saxovatli Quyosh milliard yillardan buyon o‗z nurini Yerga sochib turadi. Quyosh nuri 
    ham energiya. Odamlar uni elektr tokiga aylantirishni o‗rganib oldilar. Buning uchun maxsus 
    yarimo‗tkazgichli asboblar — fotoelementlar yaratilgan. Ular birgalikda quyosh batareyasini 
    tashkil qiladi. 
    Quyosh radiatsiyasi energiyasini amalda foydalanish uchun qulay bo‗lgan energiya 
    turlariga aylantirib berish masalalari bilan shug‗ullanadigan texnika sohasi geliotexnika deb 
    ataladi. Geliotexnika yordamida elektr energiyasi yetib bormagan joylar (masalan, chorvadorlar 
    istiqomat qiladigan joylar) ni elektr toki bilan ta‘minlash, uylarni elektr nurlari yordamida 
    isitish, issiq xonalarni isitish va boshqa ko‗pgina ishlar amalga oshirilgan. Kosmik kemalar va 
    Yer ning sun‘iy yo‗ldoshlarini elektr energiyasi bilan aynan quyosh batareyalari ta‘minlaydi. 
     
    REFERENCES 
    1. Камалова Д.И., Бобоқулова Ш.О. Муқобил энергия турларидан Қуѐш энергияси ва 
    унинг Ерга таъсири. «Муқобил энергия манбалари ва улардан фойдаланишнинг 
    долзарб 
    муаммолари» 
    мавзусидаги 
    Республика 
    илмий-техник 
    анжумани 
    материаллари тўплами. Бухоро. 2015-йил 25-26 ноябрь. 
    2. Камалова Д.И., Мансурова Ш.М., Турабова Л.Х. Қуѐш физикасини ўқитишда 
    компьютер технологияларидан фойдаланиш. «Образование и наука в XXI веке». 
    Международный научно-образовательный электронный журнал. Январь. 2021. №10. 
    30-33 стр. 

    Download 0.58 Mb.




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish