­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti




Download 13.63 Mb.
bet1/96
Sana13.04.2023
Hajmi13.63 Mb.
#50823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
МСС МАЪРУЗА МАТНЛАРИ
Журакулов темур, 1-2 Mustaqil ish 5, 1-2 Mustaqil ish 9, ​Раствор «Хлоро, Кушимча келишув2, ontogenezning ilk bosqichlarida inso, “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni, KEYINGI, Korxonalar faoliyatidagi tavakkalchlik va uni bartaraf etish yo\'llari, 1-sinf Texnologiya fanidan Qog\'ozni buklash usuli yordamida samolyot yasash dars ishlanma, ENG ENG ENG NOMLI ZAKOVAT SAVOLLAR., elektr-stansiyalari-va-ularning-ahamiyati, Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosi, ilk qadam dasturida jismoniy tarbiya

­
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish"
kafedrasi
METROLOGIYa, STANDARTLAShTIRISh VA
SERTIFIKATLAShTIRISh
fanidan
MA’RUZALAR MATNI

Toshkent - 2017 y.

E’tiboringizga havola etilayotgan “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani bo‘yicha ma’ruzalar matni to‘plami tayanch oliy o‘quv yurti (TDTU) tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida mo‘ljallangan, undan ilmiy-texnik va muhandis xodimlar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar ham foydalanishlari mumkin. Shuningdek, mazkur ma’ruzalar matni to‘plami Oliy o‘quv yurtlarida hamda o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun ham foydali deb hisoblaymiz.



Toshkent davlat texnika universiteti



So‘z boshi




“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash-tirish” fani bo‘yicha ma’ruzalar matnida hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, metrologiya haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash, o‘lchov va kattaliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchashdagi xatoliklar, metrologiya xizmati va metrologik ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikatlashtirish, sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabi masalalari xususida yetarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu ma’ruzalar matni to‘plami mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanish va o‘zgarishlarni hisobga olingan holda yaratildi.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani uzoq tarixga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi fanlar turkumiga kiradi.
O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega. Ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz “Buyuk ipak yo‘li” asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarini shakllantirgan buyuk allomalarning hozirda ham ahamiyatli kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan. G‘arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosining sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan “Miqyosi Nil” qurilmasi, mashhur Ulug‘bekning oddiy va sodda o‘lchash asboblari bilan o‘ta yuqori aniqlikda tuzilgan “Yulduzlar jadvali”, ensiklopedist olim Beruniyning moddalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar (sanab tugatishimiz mushkul) shular jumlasidandir.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida “raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash” alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:

  • ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor ekspertbob mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;

  • aholini yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash;

  • mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish.

Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekistonga faqat xom ashyo zonasi sifatida qarashlarga barham berildi.
Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan makammal nazorat-o‘lchash asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o‘rganish talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha qoidalarni, talablarni, me’yorlarni standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalarini, me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo etadi.
Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalaridan biri sanaladi.
Metrologiya va standartlashtirish faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan “Muhandislik va muhandislik ishi”, “Ishlab chikarish va qayta ishlash tarmoqlari”, “Atrof-muhit muhofazasi”, “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” yo‘nalishlari va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan har turli mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy xujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste’mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
Shu sabablarga ko‘ra, ushbu ma’ruzalar matnini respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondoshgan holda yaratishga harakat qilindi.
Ma’ruzalarga tegishli rejalar, tayanch so‘zlari va nazorat savollari keltirilgan.
Maruzalar to‘plamiga metrologiya, standartlashtirish va setifikatlashtirish fani nuqtai nazaridan sharq falsafasining tutgan o‘rnini kiritilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda va rivojlantirishda munosib o‘rin egallaydi deb hisoblaymiz.

Download 13.63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Download 13.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



­ O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti

Download 13.63 Mb.