|
Men Islomova Nigora Xamza qizi pedagogik ishlar yuzasidan yarim yillik ishlarni kalendar ish rejam bo'yicha bajarib bordim. Pedagogik hisobotlar, darslarga tahlillar va o'tilgan darslar bayonnomalarini tayyorladim
|
Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 38 Kb. | | #148830 |
Bog'liq Islomova Nigora Xamza qizi
Men Islomova Nigora Xamza qizi pedagogik ishlar yuzasidan yarim yillik ishlarni kalendar ish rejam bo'yicha bajarib bordim. Pedagogik hisobotlar, darslarga tahlillar va o'tilgan darslar bayonnomalarini tayyorladim. Ushbu semester davomida Professor o'qituvchilarning darslarini kuzatib yangi metodlarni o'rganish uchun 8 ta dars tahlillarga kirdim. Darslarni tahlil qilish mobaynida yetakchi o’qituvchilarning pedagogik mahoratlarini, zamonaviy metodlardan foydalanib darsda axborot texnologiyalarga asoslangan holda darsni tushunarli va qiziqarli tashkillashtirish jarayonlarini o’zlashtirdim. Bundan tashqari ilmiy to'garaklarda va seminarlarda qatnashdim.
Nazariy ta'lim asosida o'quv rejasida I- kurs II - semestr uchun mo'ljallangan o'quv - darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
Kafedra miqyosida otkazilgan ilmiy yig'inlarda faol ishtirok etdim. Kafedramizning yetakchi f.m.f.d.,prof. I.Allakovning ilmiy seminarida qatnashdim.
O’quv ishlarni tashkil etishga bog'liq meyoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi oquv rejalari bilan tanishdim.
“Алгебра и теория” чисел fanidan chet el adabiyotlaridan foydalangan holda ma’ruza matni tayyorladim. Tayyorlangan ma’ruza matni ilmiy rahbar tasdigʻi bilan ilova qilaman. Hamda Diskret matematika fan boʻyicha har bir ma’ruzaga slaydlar tayyorladim. Tayyorlangan slaydlar kafedra mudiri tasdigʻi bilan ilova qilaman. “Алгебра и теория чисел“ fan boʻyicha fanning raqamli-uslubiy ta’minotini ishlab chiqishni ilmiy rahbar ko`rsatmalari asosida oʻrgandim va ilmiy rahbar yordami bilan tuzdim. Tayyorlangan fanning raqamli-uslubiy ta’minoti kafedra mudiri tasdigʻi bilan ilova qilaman. “Алгебра и теория чисел” fan toʻgaragi dasturini ishlab chiqish ilmiy rahbar koʻrsatmalari asosida oʻrganib tuzdim. Tayyorlangan fan toʻgaragi dasturi kafedra mudiri tasdigʻi bilan ilova qilaman. Fakultet ilmiy va fan toʻgaraklarida ma’ruzalar bilan qatnashdim. Talabalarning mustaqil ta’lim soatlarini o’tkazish bo’yicha “Алгебра и теория чисел” fan bo’yicha uslubiy ko’rsatma tayyorladim. Tuzilgan uslubiy koʻrsatma kafedra mudiri tasdigʻi bilan ilova qilaman.
Talabalarning mustaqil ta’lim soatlarini oʻtkazish boʻyicha “Алгебра и теория чисел” fan boʻyicha uslubiy koʻrsatma tayyorladim.
Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor - oqituvchilarining ma'ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashgulotlari boyicha tahliliy ma’lumot shakllantirdim.
Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konistitutsiyasi,Ta’lim to’g’risidagi qonuni ,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi,Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hujjatlari va oliy ta’lim muassasa ustavi asosida tashkil etar ekan. Kafedraning ish faoliyati uchun zarur yig’ma jildlar va ulardagi hujjatlar quyidagilardan ibotar:O’zbekiston Respublikasi qonunlari,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaroq, farmoyishlari,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari; Nizomlar va yo’riqnomalar; buyruqlar; kafedra rejalari ; ilmiy kengash qarorlari;bakalavriat ta’lim yo’nalishlari magistratura mutaxasisliklari DTSlari; o’quv rejalar; bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxasisliklari namunaviy fan dasturi;talabalar va magistrantlar to’g’risida ma’lumot ;fanlar bo’yicha reyting nazoratlari jadvali; o’quv yuklamalar, ilmiy ishlar; amaliyot; bayonnomalar va hisobotlar kirar ekan.
Kafedra faoliyati bo’yicha ish rejalar, me'yoriy xujjatlar, manbalar, darsliklar, o’quv qo'llanmalar, maqolalar, maruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni organdim. Ushbu semestrda 8 ta dars tahlilga kirdim. Shulardan Safarov To`lqin, Muzropova Nargiza va Jovliyeva Gulnora darslarida tahlilga kirdim.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar rejasi asosida tayyorlandi.
Ushbu hisobotni "Algebra va geometriya" kafedrasiga
2024 – yil _________ topshirdim.
Magistratura talabasi: Islomova Nigora Xamza qizi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Men Islomova Nigora Xamza qizi pedagogik ishlar yuzasidan yarim yillik ishlarni kalendar ish rejam bo'yicha bajarib bordim. Pedagogik hisobotlar, darslarga tahlillar va o'tilgan darslar bayonnomalarini tayyorladim
|