9 – Mauza. MS Access dasturida hisobotlar
Reja:
1.
Accessda hisobotlar tayyorlash.
2.
Tarkibiy hisobotlarni yaratish.
3.
Tobe hisobotlar yaratish.
Tayanch iboralar: Hisobot maketi, hisobotlar oynasi, boshqaruv paneli, tarkibiy hisobot, bosh va
tobe hisobotlar.
Accessda hisobotlar tayyorlash
Ixtiyoriy ma‘lumotlar bazasining
tayyorlangan jadvallari, so’rovlari
va shakllari asosida
avtomatlashtirilgan hisobotlarni yaratish mumkin. Hisobotlar MBda kiritilgan ma‘lumotlarni chop
etilgan
formatda akslantiradi. Foydalanuvchi baza ma‘lumotlarini o’zi xohlagan ko’rinishda
chop etishga
tayyorlashi mumkin. Masalan:
Pochta nakleykalarini tayyorlash;
Diagrammada natijaviy qiymatlarni akslantirish; Kategoriyalar bo’yicha yozuvlarni
guruhlash; Natijaviy qiymatlarni hisoblash.
Aksariyat hisobotlar ma‘lumotlar bazasining bir yoki bir nechta jadval va so’rovlarning o’zaro
bog’lanishidan tashkil topadigan ma‘lumotlarni akslantirishda xizmat qiladi. Hisobot ma‘lumotlar bazasi
jadvali va so’rovlarining maydonlari ma‘lumotlaridan olinadi. Boshqa ma‘lumotlar masalan, vaqt va sana,
varaq sahifalari hisobot maketida saqlanadi.
-
Zagolovok otcheta;
-
Verxniy kolontitul;
-
Oblast dannix (dannie iz tablits); -
Nijniy kolontitul; -
Primechanie otcheta.
Hisobotning Konstruktor rejimida yaratilishi shaklning yaratilishiga o’xshab ketadi.
1.
Hisobot sarlavhasi va maydonlar nomi hisobotning sarlavha satrida (Zagolovok strok)
yoziladi.
2.
Ma‘lumotlar ifodalar yordamida chiqariladi va hisobot maketida saqlanadi.
3.
Ma‘umotlar bazasi jadvali va so’rovi yoki SQL instruksiyalari yordamida ma‘lumotlar
sohasida yoziladi va saqlanadi.
4.
Natijaviy qiymatlar ifodalar yordamida olinadi va odatda hisobot izohida yoziladi.
Hisobot tayyorlashning eng qulay usuli hisobot ustasi (Master otcheta) yordamida yaratishdir.
Yaratilgan hisobotni o’zgartirish uchun Konstruktor rejimidan foydalanish
uni imkoniyatlarini
kengaytiradi.
7.1-rasm. Tanlangan jadval asosida kerakli maydonlarni ajratib hisobot yaratish.
Hisobotni o’zgartirish quyidagi usullar bilan o’zgartiriladi: