|
Mavzu: Go’sht konservalarini tayyorlash texnologiyasi: Reja: 1Go’sht konservalari
|
bet | 1/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 90,29 Kb. | | #236858 |
Bog'liq konservalash Mavzu:Go’sht konservalarini tayyorlash texnologiyasi: Reja: 3Kallapochchadan tayyorlangan konservalar Go‘sht konservalari Go‘sht konservalari qoramol, cho‘chqa, qo‘y va uy parrandalari go‘shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek boshqa mahsulotlardan tayyorlanadi. To‘yimliligini oshirish va ta’mini yaxshilash uchun konservalarga yog‘ va dorivorlar qo‘shiladi. Go‘sht konservalari quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra klassifikasiya kilinadi: qomashyo turi jihatidan—go‘shtdan tayyorlangan konservalar, go‘sht-o‘simlikli konservalar, kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar, o‘simlik va mol (hayvon ) Yoqidan tayyorlangan konservalar; idish turi jihatidan—metall bankali konservalar va shisha bankali konservalar; issiq ishlov berilishi jihatidan — sterilizatsiya qilingan va paste-rizatsiyalangan konservalar; ishlatilishiga qarab — gazak konservalari, ovqatbop konservalar va yarim fabrikat konservalarga bo‘linadi. Go‘shtdan tayyorlangan konservalar tayyorlanishiga qarab, qom go‘shtdan, qaynatiladigan, kovurilgan va tuzlangan go‘shtdan tayyorlangan konservalarga bo‘linadi. “D imlama go‘sht” konservalari qom go‘shtdan, yog‘, tuz, piyoz, murch yoki garmdori va lavr bargi qo‘shib tayyorlanadi. qomashyo bankalarga solinadi, so‘ngra ogzi maxkamlab (germetik) berkitilgach, sterilizatsiya kilinadi. Savdoga dimlangan qoramol go‘shti, dimlangan cho‘chqa go‘shti, dimlangan qo‘y go‘shti, dimlangan buru go‘shti va x. q chiqariladi. Bu konservalar si-fat jihatidan oliy va 1-navlarga bo‘linadi. Navlarga bo‘lishda ta’mi, hidi, go‘sht konsistentsiyasi, shurvasining sifati, go‘shtning semizlik darajasi va tayyorlash sifati asos qilib olinadi. Pishirilgan go‘shtdan tayyorlangan konservalar bulok-bulok kesib pishirilgan qoramol go‘shtidan tayyorlanadi. Konserva bankasiga go‘shtdan tashqari yog‘, tuz, murch, lavr bargi solinadi va ustidan sardak qo‘yiladi. Bu konservalar navlarga ajratilmaydi. Kovurilgan go‘shtdan tayyorlangan konservalar — “Kovurilgan go‘sht” konservasi, sousli gulyash va tefteli turlaridan iborat. Qovurilgan go‘shtdan tayyorlangan konservalar nisbatan yirik buloklarga bo‘lingan va ilik Yoqida kovurilib sous qo‘shilgan go‘shtdan tayyorlanadi. Gulyash— mayda bulokli qilib kesilgan qoramol yoki qo‘y go‘shtidan mol Yoqida kovurilib so‘ngra tomat sousi qo‘shib tayyorlanadi. Tefteli— mol yoki cho‘chqa qiymasini mol yoki cho‘chqa Yoqida kovurib, bankalarga solinadi va ustidan sous qo‘yib tayyorlanadi.
|
| |