• Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari. “Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati. Ta’lim metodlarining tasnifi. An’anaviy o‘qitish metodlari klassifikatsiyasi.
  • Muammoli blok
  • Tayanch so’zlar
  • 8-Mavzu: Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari Mavzu rejasi




    Download 152.85 Kb.
    bet1/21
    Sana12.12.2023
    Hajmi152.85 Kb.
    #116829
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    8-Mavzu Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari Mavzu rejas-fayllar.org
    maruza1, ed799030-b528-496b-b366-38e7901a31ba, 00 Тиббий киме тест ЯН, O\'z.Res Konstitutsiyasi, fulltext 6928, 54 Land of Gold, Mavzu Iqtisodiy va ekologik tarbiya asoslari Reja-fayllar.org, Silabus MPA yangi - Sirtqi va OTM (8), 1-mavzu. Ma\'ruza matni, 2-mavzu. Ma\'ruza matni, 1 тема, abdulla-avloniyning-ilk-maktab-darsliklarida-pedagogik-qarashlar (1), 4. Dori vositalari sifatini ta\'minlashda qo\'llaniladigan usullarga qo\'yilgan talablar, YUQUMLI KASALIKLARDA PARRANDA GO‘SHTINING VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI

    8-Mavzu: Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari Mavzu rejasi

    8-Mavzu: Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari
    Mavzu rejasi:


    1. Ta’limni tashkil etish shakllari haqida tushuncha. Dars – o‘qitishning asosiy tashkiliy shakli. Darsga qo‘yiladigan talablar.


    2. Dars turlari va tuzilishi. Hozirgi kunda darslarni modernizatsiyalash yo‘llari. Darsda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini uyg‘unlashtirish. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti. Darsning texnologik kartasi.


    3. Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari.
    4. Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati. Ta’lim metodlarining tasnifi. An’anaviy o‘qitish metodlari klassifikatsiyasi.




    5. Ta’limning zamonaviy vositalari. Ta’limda ko‘rgazmali vositalar. Ta’limda texnik vositalar. Texnik vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablar. Ta’lim vositalarining funksiyalari.


    Muammoli blok. Darsning standart va nostandart turlarining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil etish.
    Mustaqil ta’lim bloki. Pedagogikaga oid o‘quv adabiyotlardan mavzuga doir qismlarini o‘qib, quyidagi masalalarni yozma bayon etish: 1. O‘qitishning sinf-dars tizimining boshqa ta’lim tizimlaridan farqi nimada? 2. Nostandart darslarga tavsif yozing.
    Tayanch so’zlar: tashkil etish, shakl, ta’limni tashkil etish shakli, ta’limni tashkil etish tizimi, dars, darsning turlari, ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.
    Ta`limning tashkiliy shakllari o`quvchilar miqdori, o`quv ishlarini o`tkazish o`rni, vaqti, hamda o`qitish va o`qish faoliyatlarining amal qilishiga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Ta`lim yakka bir o`quvchi bilan o`tkazilsa, individual ta`lim sanaladi. Ta`lim o`quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, tayyorgarlik darajasini hisobga olib alohida-alohida o`quvchilar jamoalari bilan tashkil etilsa, guruhlar asosida o`qitish deb yuritiladi. Umumsinf ishi esa sinf jamoasiga mo`ljallanadi. Sinf-dars tizimi oldindan belgilangan xona, rejim asosida olib borilsa, ta`limning ayrim turlari, masalan, ekskursiya, maktabdan tashqari joyda tashkil etiladi. Ta`limning tashkiliy shakllarini atroflicha o`rganish ularning ta`lim metodlari, vositalari bilan taqqoslashni taqozo etadi.

    Ta`lim metod, vositalarini belgilashda yosh xususiyatlari, o`quv materiallarning mazmuni, murakkabligi, qiyinligi hisobga olinsa, ta`limning tashkiliy shakllarini tanlashda uning yaqin didaktik maqsadlari, vazifalariga tayaniladi. Ta`lim metodlari, vositalari aynan olingan sharoitda qanday o`qitiladi, degan savolga javob berish imkoniyatini bersa, ta`limning tashkiliy shakllari qanday qilib, qaerda, qachon o`qitiladi degan savollarga javob tanlashni ta`minlaydi. Binobarin, ta`limning tashkiliy shakllari mazmun va hajm jihatdan keng kategoriya bo`lib, ular ta`lim metodlari vositalaridan quyidagicha farq qiladi.


    Ta`lim metodlari, vositalaridan ta`limning tashkiliy shakllarida foydalaniladi, ta`lim prinsiplari bevosita o`quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shu jihatdan qaraganda, ta`limning tashkiliy shakllari ta`lim metodlaridan foydalanish, ta`lim prinsiplarini amalga oshirish obyekti-muhiti sanaladi.
    Ta`limning tashkiliy shakllari o`qituvchi va o`quvchining o`zaro ta`sirini tartibga tushirish omili bo`lib, ularga ko`ra ta`lim bosqichma-bosqich harakat qiladi. Masalan, bolalarga biror o`quv materiallini o`rgatmoqchi bo`lsak, quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi; o`rganilgan qoidalarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish.
    Ta`limning tashkiliy shakllariga ko`ra bolalarning individual, guruh va jamoa ishlari nisbati aniqlanadi, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish, individual, guruh va jamoa ishlarini optimal qo`shib olib borish o`lchovlari belgilanadi. Ta`limning tashkiliy shakllari asosida bolalarning o`quv-biluv faoliyati tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Ko`rinadiki, ma`lumot mazmunini o`zlashtirish bevosita ta`limning tashkiliy shakllari bilan ham aloqadordir.
    O`qitish va o`qish faoliyati o`zaro ta`sirining belgilangan tartibda ma`lum o`rin hamda vaqtda amalga oshishiga ta`limning tashkiliy shakllari deyiladi.

    Download 152.85 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 152.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Mavzu: Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari Mavzu rejasi

    Download 152.85 Kb.