Ta’lim nazariya (konseptsiya)lari mazmuni. An’anaviy pedagogikada formal va moddiv ta’lim nazariyasi keng tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o‘rta ta’lim mazmuniga qanday ta’sir etadi?
Formal ta’lim nazarivasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII—XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi (bu nom D. Shmit va A.A.Nemeyerning «Printsipo’ vospitaniya i obucheniya» asarida tilga olinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta’limni o'quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g‘oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko‘p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g'oyani I.Kant va I.G.Pestalotsilar rivojlantirishdi. Ular o‘qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o‘quvchining iqtidorini rivojlantirish’ o‘quvchining to‘g‘ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo‘lishi shart deb hisoblaydilar.
Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationaits» — aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug‘iladi, shu bois ta’lim o'quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o‘stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o'rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya g'oyalari asosida ish ko‘riladi.
XVII asr oxiri — XIX asr boshlarida moddiv ta’lim nazariyasi jadal rivojlandi. Nazariyaning paydo bo‘lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik asoslari rivojlanishi asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Pedagogika tarixida bu nazariya (konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir. Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni «ensiklopedistlar» deb ham ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o‘zlari o'qitadigan fanga iloji boricha ko‘proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirishga bunday yondashishning samarasi kam bo‘lib chiqdi, chunki o‘quvchilarga juda ko‘p axborotlar beriladi. Natijada axborotlar qisman va yuzaki o‘zlashtiriladi.
Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g‘oyalarini ilgari suradilar (lotincha «empiria» — tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan chiqa olmaydi va bilim manbayi faqat tajriba hisoblanadi, deya ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi: o‘quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak, ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda o‘quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarga murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real vo‘nalish deb ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Rossiya va Turkistonda real gimnaziya va real bilim yurtlarida o‘qitish qadimgi va g‘arbiy Yevropa tillarini o‘rganishga emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o‘zlashtirishga asoslangan.
Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni o‘zlashtirishdan uzoq bo’lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o‘ylab topilgan yolg‘on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan emas, balki o‘zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi. Shunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo’ladigan bilimlarni ham berishi kerak. 0‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878— 1934- yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o'tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o'xshaydi» deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda A. Avloniy fanni o'zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtayi nazaridan yondashish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib boMmaydi, lekin uni o‘rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o‘quvchilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari bo‘yicha prag’matik (vunoncha «prag’ma» — harakat, amaliyot) g‘oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur prag’matizm tarafdori Djon Dyun (1859—1952-yillar) maktab ta’limining o‘z konsepsiyasini yaratishga ko‘p urindi. Bu yo‘nalishlar vakillari (Dj.Dyui, G.Kershenshteyner) o'qitish bu o‘quvchining «tajribasini qayta tashkil etish» uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O‘qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang‘ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: «Oldindan tuzilgan o‘quv kurslari kerak emas», «O‘qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak», «Bola o‘qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak», «Bajarish yordamida o‘qitish
maktabda asosiy metod». Shunday qilib, Dyun maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o‘qishni tor hamda o‘quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat deb hisoblaydi.
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda «o‘qitishning loyihali tizimi» (yoki loyihalar metodi)ni ishlab chiqdi, uning mazmuni o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o‘qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning yechimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o‘yinchoq uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika, boshqa fanlar bo‘yicha u yoki bu ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy maktabda ta’lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas.
Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar va ta’limni modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo‘llarini izlaydilar.
Ko‘plab pedagoglar — A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va A.Avloniylar maktab ta’limiga taalluqli ko‘plab qimmatli g'oyalarni ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta’lim darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.
Bugungi kunda turli ta’lim konsepsiyalari mavjud. Konsepsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo'lishi kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondashish o‘quvchilarni fan va ishlab chiqarishga jalb etishga qaratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga yo‘naltirishga emas. Amalda odam bu yerda ishlab chiqarish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm).
Boshqa bir konsepsiya ta’lim mazmunini o‘quvchi o‘zlashtirishi kerak bo’lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida qaraydi. Bu konsepsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish yetarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagicha bo’ladi: o‘sib kelayotgan avlodga ona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha bilim va malakalar berish zarur.
Milliy umumiy o‘rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida rivojlanishi uchun bu yetarli emas. Jamiyatning o‘quvchilardan faqat ma’lum o‘quv fanlari mazmunini emas, balki ularda iroda kuchi, o‘z harakatlari uchun, jamiyat va mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatli, atrof-muhitni himoya qilish; millatchilik va diniy aqidaparastlikka yoM qo‘ymaslik va shu kabi sifatlarni rivojlantirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (I997)da zamonaviy ta’lim mazmuni ijodiy, mustaqil fikrlovchi demokratik jamiyat fuqarosini shakllantirish vazifalariga mos kelishi kerak deb yozib qo‘yilgan.
Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO) haqiqiy a’zosi V.V.Krayevskiy tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada qayd etilishicha, ta’limning asosiy ijtimoiy vazifasi ajdodlar tomonidan to‘plagan tajribalarni avlodlarga uzatish hisoblanadi.
Mazkur konsepsiya mazmunida ta’lim mazmuni quyidagi to‘i1ta tashkiliy elementlardan iborat bo’ladi:
idrok etish faoliyatini amalga oshirish usullari qayd etilgan shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);
amaliy faoliyatni amalga oshirish usullari shaklida qayd etilgan amaliv faoliyat tajribasi (ko'nikma va malakalar);
muammoli vaziyatlar, nostandart vaziyatlarda yangi masalalarni hal etish shaklida (ijodiv faoliyat tajribasi);
atrof-muhitga, bir-biriga, emotsional qadriyatli munosabatlar tajribasi. ya’ni, emotsional, axloqiy, estetik tarbiyalash.
Mazkur elementlar o‘zaro bog’liq va bir-biriga asoslangandir. Mamlakatlar bilimlarsiz boMishi mumkin emas. Odamning ijodiy faoliyati bilimlar va ko‘nikmalar mazmunli ma’lum materialida amalga oshiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalilik odam yashaydigan jamiyatning xulq, ko‘nikma va malakalarini egallab olganligini ko‘zda tutadi. Ijtimoiy tajribaning bu elementlarini o‘zlashtirish odamga jamiyatda muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi bo‘lish bilan birga mustaqil harakat qilish, jamiyatni o‘zgartira olish, ijtimoiy taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘sha olishga imkon beradi. Shuning uchun umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi birinchi navbatda hayotga tayyorlaydi, ikkinchidan inson ushbu tartibga o‘z hissasini qo‘shish, hatto uni qayta tuzishga ham qodir bo‘ladi. Akademik V.V.Krayevskiyning konsepsiyasi o‘qituvchini o‘quvchilar ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik munosabatini shakllantirish, erkin fikrlovchi, barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyatga yo‘naltiradi.
|