Topshiriq -4
Milliy qadriyatlar asosida ommaviy va milliy madaniyatning
shakllanishi.
Ma’naviy qadriyatlar kishilar ma’naviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim,qarash, malakalar samarasidir. Ma’naviy qadriyatlarni yaratishdan ko’zlangan bosh ma’no – bu moddiylikni ideallikka “bo’ysundirish”. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli tarzda hissa qo’shmagan inson ma’naviy qashshoqdir. Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqoroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni , noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko’rish ; qadimiy va zamoniviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san’atni bilish va rivojlantirish; respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilin munosobatda bo’lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida umuinsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish yotadi.Bir so’z bilan aytganda, insoniyat paydo bo’libdiki, hamisha odamiylik qiyofasini, fe’l-atvorda o’ziga yarashadigan xatti-harakatlarini, u yoki bu fazilatlarini mujassamlashtirishga intilgan.Hozirgi zamon kishisida odob, xulq-atvor qoidalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashgan .Bu fazilatlar har bir odamning zohiriy va botiniy xislatlarida, o’zini tuta bilishida, xatti-harakatida, muomalamunosabatida o’z ifodasini topgan. 1.Hozirgi zamon jamiyatini ko'proq postmodern jamiyati deb atash keng tarqalgan. Uning asosiy belgilari: ishlab chiqarishda yuksak texnologiyalar qo'llaniladi, axborot texnologiyalari nafaqat ommaviy kommunikasiya sohasiga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalariga, hatto ishlab chiqarishga ham kirib keldi, softver (elektron aloqa xizmatlari) sohasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning uzviy tarmog'iga aylandi, jahon taraqqiyotida globallashuv tendensiyasi vujudga keldi, ommaviy madaniyat keng tarqalgan ijtimoiy hodisaga aylandi, inson ongi, tafakkuri va xulq-atvori, jamiyat mentaliteti ancha o'zgardi. Natijada ba'zi bir mumtoz qadriyatlar deformasiyaga uchradi, ular o'rnini esa ayrim hollarda soxta qadriyatlar egallamoqda.
2. Jamiyatda turli-tuman axborotlar oqimi shunchalik kuchayib, ko'payib ketdiki, mutaxassislar tomonidan “axborot portlashi”, deb nomlanmoqda. Tabiiyki, portlash oqibatlari doim ham ijobiy bo'lavermaydi, u larzalarni,o'pirilish va vayronalarga ham olib keladi. Axborot portlashi har xil ziddiyatli, axborot xurujiga sabab bo'ldi. Oddiy inson yopirilib kelayotgan axborotning mag'zini chaqib ko'rishga, sarasini sarakka, puchagini puchakka ajratishga, tanqidiy tahlil qilib, baholashga ulgurmayotir. Ayrim axborotni baholashga uning ma'lumoti va saviyasi etishmayotir. Tanlab tizimlashtirilgan axborotlar xuruji yordamida turli RR (piar)- kompaniyalar orqali omma ongi boshqarilmoqda.
3.Internet tarmog‘i, xorijiy telekanallar, uyali aloqa tizimi va hokazo vositalar orqali tarqatilayotgan turli g‘ayri milliy g‘oya va qarashlar yoshlar ongiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq o‘nlab yangi gazeta va jurnallar, xususiy radiostantsiyalar, telestudiyalar tashkil topdi va shakllanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Mazkur nashrlarning g‘oyaviy yo‘nalishi, e’lon qilinayotgan maqolalardagi ma’naviyat masalasi eng dolzarb muammolardan biri sifatida yuzaga qalqib chiqmoqda. Nashr muassisi va bosh muharrir bevosita e’tibor qilishi shart bo‘lgan bu muammolar millat peshvolari — ziyolilarni o‘ylantirishi kerak. Toki, biz shu xalqning farzandi ekanmiz, hech birimizga uning axloqiy qadriyatlarini, qalb kechinmalarini
ermak qilish huquqi berilmagan. Qator xususiy nashrlarda to‘xtovsiz, ta’bir joiz bo‘lsa, kim o‘zarga e’lon qilinayotgan «ijod» namunalarini millat ma’naviyatiga tajovuz, deb tushunish mumkin. O‘zbek mentalitetining yorqin ifodasi bo‘lgan uyat, or-nomus, andisha, g‘ururni («Er yigitning uyalgani — o‘lgani», «Uyat — o‘limdan qattiq» xalq maqollari) arzon pullayotgan, toptayotgan hamkasblarimiz zimmasida istiqlol mas’uliyati ham bor.
Mavzuga doir fikrlarini izohlang
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo’lib kelmoqda. Zero, dunyodagi zo’ravon, tajovuzkor kuchlar bugun niyatlari hamda maqsadlarini emas, balki harakat uslublarini o’zgartirdilar.Ularning nishoni bugun millat qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqi, ma’naviyatidir. Bunday g‘arbcha «demokratiya»ni niqob qilib, yurtimizga turli yo‘llar bilan kiritilayotgan har qanday tahdidlarga ongli ravishda to‘siq qo‘yish, o‘z millatimizning buyuk o‘zanlaridan kuch olgan ma’naviy immunitetimizni hosil qilishimiz bugungi kun talabidir.Shuning uchun quyidagi jixatlarga e'tibor qaratmog'imiz lozim:
–milliy qadriyatlarimizni bola ongiga singdirib borish;
–yoshlarning o'z oldilariga aniq maqsad qo'yishlari, o'z istiqbolini yaratishlariga otaona kichik yoshdan e'tibor berishi;
–ota-onalar bolalar bilan informasion manbalardan foylanayotgan vaqtda birgalikda axborotlarni taxlil etib borishga o'rgatish, shu yo'l bilan mafkuraviy immunitetni hosil qilish;
–bolalarda OAVdan, mobil telefonlardan foydalanish madaniyatini shakllantirib borish;
–internetomaniyaning oldini olish;
–yoshlarni bo'sh vaqtini nazorat qilish, foydali ishlarga, to'garaklarga jalb qilish;
–bolalarni badiiy adabiyotlarni o'qishga o'rgatish;
–OAVlardagi ko'rsatuvlar, eshittirishlar, ma'lumotlarni muntazam nazorat qilishni, saralashni yo'lga qo'yish;
–internet kafe kabilarning faoliyatini chegaralash va nazorat qilish.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi butun millat oldidagi ulkan mas'uliyatli vazifa ekanligini ta'kidlab: “Agar farzandimizga to'g'ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo'lib turmasak, ularni ilmu hunarga o'rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo'yishimiz hech gap emas”[3], deya takidlaydilar. Axborot ta'sirida yoshlar mustaqil ravishda tafakkur qilish va ularning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari ular ongida axborot olamini tartibga solish yo'llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko'nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda.
|