MAVZU: MODEL VA MODELLASHTIRISH
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………...….2
I BOB. Modellashtirish va modellarni yaratish haqida ….………………….....5
1.1. Modellashtirish haqida tushuncha .……………………………………………5
1.2. Modellashtirishning turlari va modellar yaratish ……………...……...……....8
II BOB. Modellashtirish yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirish ………………………………………….….…11
2.1. Modellashtirish yordamida tasavvurlarni shakllantirish …….………………11
2.2. Tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirishda modellashtirishning ahamiyati va undan kutiladigan natijalar ..………………….15
X U L O S A……………………………………………………………………...18
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.……………….………………………20
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yosh avlod tarbiyasini maktabgacha davrdan boshlab tashkil etishga katta ahamiyat berilmoqda va buning amaliy ifodasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilga Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida1 ham maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, mazkur soxada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorliginy taʼminlash, maktabgacha taʼlim tizimiga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning sogʻlom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini taʼminlash kabi bir qator maqsadlar ilgari surilgan va bugubgi kunga kelib sohada qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Texnologik ta’limda modellashtirish va modellarni yaratish va ular yordamida tasavvurlarni shakllantirishni o’rganishdir.
Kurs ishining vazifalari.
Kurs ishining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Texnologik ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashda modellashtirishning ahamiyatini o’rganish;
turli modellar yaratish orqali tasavvurlarni shakllantirish usullarini o’rganish;
Tasavvurlarni shakllantirishda modellashtirishning ahamiyatini o’rganish va tatbiq qilish.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Texnik tafakkurni va mehnatga ijodiy munosabatni rivojlantirish yangi kishini‑yangi jamiyat quruvchisini tarbiyalashning eng muhim vazifalaridan biridir. Ana shunday kishining yetishib chiqishida o‘quvchilarga umumiy ta’lim berishdan tashqari, ularning keng politexnik asosda unumli mehnatga ham jalb etadigan isloh qilingan maktab yetakchi rol o‘ynashi lozim. Xozirgi sharoitda o‘quvchilarga politexnik ta’lim berish tabiatning maktab predmetlarida, avvalo tabiiy-ilmiy sikldagi predmetlarda o‘rganiladigan umumiy qonunlari, xozirgi ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari xaqida, eng tipik mashinalar, mexanizmlar, aparatlar va asboblarning tuzilishi hamda ishlash prinsiplari, shuningdek ulardan amalda foydalanish xaqida, asosiy materiallar va ularni qo‘llash, eng tipik texnologik jaranlar xaqida umumiy, ilmiy bilimlar va mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish xaqida umumiy ma’lumotlar berishdan iboratdir. Ana shu vazifalar texnik konstruksiyalash va zamonaviy texnika namunalarini modellashtirish jarayonida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Kurs ishining obyekti. Oliy ta’lim va Kasb-hunar maktablarida, o’rta ta’lim maktablarida chizmachilik ta‘limiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiqiga asoslangan o’qitish tamoyillari va metodlarining o’zaro aloqadorligini ta‘minlashga yo’naltirilgan o’quv jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Model va modellashtirish mavzusi.
Tadqiqot metodlari. Analitik tahlil, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, pedagogik loyihalash, modellashtirish, sistemalashtirish.
Tadqiqotning metadologik asosi. O’zbekiston Respublikasi “Ta‘lim to’g’risida gi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi hukumatining o’rta va maxsus ta‘limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, Xalq ta‘limi Vazirligining buyruqlari, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning ta‘lim tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.
|