• II BOB . Detallarning ish chizmalarini tuzish usull Modellashtirish yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirish
  • Mavzu: model va modellashtirish




    Download 154 Kb.
    bet4/6
    Sana23.01.2024
    Hajmi154 Kb.
    #143834
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    MODEL VA MODELLASHTIRISH-KURS ISHI

    Tasniflash modellari Tasniflash modellari tavsiflovchi modellardir - ular tizimni tavsiflash uchun so'zlardan foydalanadilar. Erdagi hayot turlarini tasniflashning birinchi modeli 1735 yilda Karl Linney5 tomonidan yaratilgan. Uning modeli uchta guruhdan - hayvonlar, sabzavotlar va minerallardan iborat bo'lib, ularni "shohlik" deb atagan. U, shuningdek, ushbu shohliklar ichidagi organizmlarni kichikroq guruhlarga ajratdi. Uning modeli vaqt o'tishi bilan o'zgartirildi va endi guruhlar:
    • Shohlik;


    • Tuzulishi;


    • Sinf;

    • Buyurtma;

    • Oila;

    • Jins;

    • Turlar.


    Ushbu guruhlarning har biri nimani anglatishini tushunish uchun misolni ko'rib chiqish foydalidir. Gepardning to'liq tasnifi - eng tez quruqlikdagi hayvon - bu:


    • shohlik – hayvon;
    • tuzulishi - umurtqali hayvonlar;


    • sinf – sutemizuvchilar;


    • tartib – yirtqichlar;


    • oila – mushuk;


    • jins - erkak mushuk;


    • turlari – gepard.




    II BOB. Detallarning ish chizmalarini tuzish usull Modellashtirish yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirish
    2.1. Modellashtirish yordamida tasavvurlarni shakllantirish
    Modellashtirish yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirihsda modellashtirish muhim rol o’ynaydi. Masalan agar bolaga tekislikdagi shakllarda aylana yoki doira haqida tushunchalarini shallantirmoqchi bo’lsangiz siz uning kundalik hayotda uchraydigan modelini topishingiz kerak bo’ladi. Yoki siz bolaga fazoviy shakllar haqida tushuncha bermoqchi bo’lsangiz unga hayotiy jismlardan namunalar keltirishingiz lozim bo’ladi.
    Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni birbiriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar. Ilk sodda matematik tasavvurlarni shakllantirish natijasida bolalarda:
    • geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar shakllantiriladi;


    • fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmasi hosil qilinadi;


    • vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi;


    • miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi;


    • son va sanoq haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o‘nlik ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.


    Ta’limiy faoliyatlar mavzusi, maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, ta’limiy faoliyatning borishi to‘liq yoziladi. Ta’limiy faoliyatlar davomida mavzular bolalarga sodda holda tushuntirilib, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar yordamida mustahkamlanadi. Har bir ta’limiy faoliyatning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beriladi. Ta’limiy faoliyatlar davomida bolalar mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarib, turli interfaol usullar yordamida topshiriqlarni yechib, o‘yinlarni o‘ynab, ijod qilgan holda yangi matematik tushunchalarni o‘rganib, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab boradilar. Agar bola masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo‘llab kelgan an’anaviy uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini, muammoning asosiy bog‘lanish mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish, muammolardan chiqish, oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo‘lsa, unda matematik tushunchalar rivojlangan hisoblanadi.


    Matematik bilimlar bolalarga ma’lum tizim va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bo‘linib, ular birin-ketin o‘rganib boriladi. Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida har bir ta’limiy faoliyatning qanday muhim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi. Zero, ta’lim-tarbiyani izchil rivojlantirish ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga yetkazishning asosiy shartidir. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligi nazarda tutilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy tuzilishidan qat’iy nazar, barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi: «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutmog‘imiz kerak».
    Ilk matematik tushunchalar bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib o‘rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bolalar umumiy bilimlarni o‘rganish bilan birgalikda jamoa bilan kelishishni, o‘zaro bir - birini qo‘llab-quvvatlashni, yordamlashishni, jamoada o‘zini tuta olishni o‘rganadilar va ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini chiroyli ifoda eta olish kabi fazilatlar shakllanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirishda bo‘lgan barcha izlanishlar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
    Birinchi yo‘nalishda matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflanadi. Bu borada ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va ularda bir necha g‘oyalar aks ettirilgan:
    a) g‘oyalardan biri – bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil jihatlarini ajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzish, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarish va hokazo;
    b) izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali izohlashni o‘z ichiga oladi;
    d) uchinchisi – matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog‘lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon bo‘lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi.
    Ikkinchi yo‘nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va tushuntirishga bag‘ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar) bilan bog‘lashga harakat qilingan.
    Maktabgacha ta`lim yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki yetarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi9. Bir tomondan, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko‘pincha ularning asl mazmunini tushunib yetmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham aniq shart-sharoitlarda matematik bilimlarning qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi. Shu sababli maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog‘lanishni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.



    Download 154 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 154 Kb.