Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
ISSN 2181-1717 (E)
265
http://interscience.uz
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘YIN
ORQALI FAZOVIY VA MIQDOR TUSHUNCHALARNI
SHAKLLANTIRISH ТЕХНОЛОГИЯСИ
Xo‘jamqulova
Iroda Faxriddin qizi,
Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
magistranti
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida
fazoviy va miqdor matematik tushunchalarni shakllantirishda o‘yin
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, tarbiyalanuvchi, fazoviy va miqdor,
matematik tushuncha, o‘yin texnologiyasi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning
asosiy shakli ta’limiy o‘yinli faoliyatdir.
“Ilk qadam” dasturida belgilangan bolaning rivojlanish soha
kompetensiyalarining ko‘pchilik qismi ta’limiy
oyinli faoliyatlarda hal
qilinadi. Bo-lalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur
malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’limiy oyinli faoliyatlarda va kundalik
hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi.
Ta’limiy oyinli faoli-yatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib,
bolalarning matematik tasav-vurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va
kengaytiriladi. ta’limiy oyinli faoli-yatlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga
yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi
interfaol usullardan
foydalaniladi:
• Qisqa hikoya
• Tushuntirish
• Ko‘rsatish
• Kichik guruhlarda ishlash (guruhiy ish)
• Juftlikda ishlash
• Galereyaga sayr
•
Muammoli vaziyat
• Savol - javob
• Rag‘batlantirish
• Amaliy ish
• Ijodkorlik
• Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin
• Masala tuzish,
yechimni topish
• Grafik diktant
Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llangan.
O‘zbekiston Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasturni respublikamizning
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12)
ISSN 2181-1709 (P)
266
Education and innovative research 2022 y. №12
o‘ziga xos tomon-larini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini
hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug‘ilgandan to yetti yoshgacha
bo‘lgan bolalar egal-lashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga
oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va
o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol
toptirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi
amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning
uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi,
har xil metodik vositalarni
yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi
kerak. Shu bilan bir qator-da, mutaxassislik bo‘yicha fanlarni,
jumladan,
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, «Ilk
qadam»davlat dasturini, Davlat ta’lim standartlarini,
bolalarni maktabga
tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir
Maktabga borish davriga kelib bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik
haqida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan ko‘proq egallagan bo‘lishlari
zarur. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. Matematika ta’limiy
faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha:
1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda
dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi
dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o‘rinni egallashi kerak.
2. Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi.
Bi-rinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta’limiy
faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
4. Matematika ta`limiy faoliyatlarida eng asosiy o‘rgatish usuli
ko‘rgazmali o‘rgatish usulidir. O‘rgatish usulida harakatli o‘yin,
didaktik
o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi.
5. Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko‘rgazmali
materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi
dastur mazmunida bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib
beradi.
7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi.
Ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab
etiladi:
1. Bolalarning ilmiy,
psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari
asoslari qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish
das-turini, ya’ni ish mazmunini bilish.