Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12)
ISSN 2181-1709 (P)
268
Education and innovative research 2022 y. №12
ustma-ust qo’y!»
Pedagog olinishi kerak bo’lgan predmetni ko’rsatishi mumkin: «Mana bu
ku-bikni olish kerak. Ko’rdingmi, u xuddi mana shu rangda».
Bolalarga o’yin davomida predmetlarni
guruhlarga qarab ajratish
topshiriladi. Predmetning quyidagicha belgilari ajratib ko’rsatilgan holda
aytiladi: predmetning nimaga kerakligi (bu qurilish materiali, undan qurish
mumkin; bu mo’yqalam, u bi-lan rasm solinadi va hokazo), rangi, o’lchami.
Pedagog kundalik hayotiy vaziyatni rejalashtiradi yoki undan foydalanadi,
bunda bitta bola yoki bir necha bola predmetlarni tanlaydi yoki guruhlarga
ajratadi. Masalan: qurishda ishlatilishi mumkin bo’lgan hamma materiallarni
yashikka soladi, qo’g’irchoqlarni esa tokchaga terib qo’yadi, rasm soladigan
barcha mo’yqalamlarini yig’ib stakanchalarga, bayroqchalarni esa qutichaga
joylashtiradi, bitta setkaga bar-cha katta koptoklarni, boshqasiga esa kichkina
koptoklarni yig’ib qo’yadi. Avval bolalar predmetlarni bitta xususiyatiga
qarab, keyinroq esa ikkinchi xususiyatiga qarab tanlaydilar.(«Barcha
qizil kartochkalarni tanlab ol!»). Navbatma-navbat
kichkintoylardan biri
predmetlar qanday umumiy belgi asosida guruhga birlashtirilganligini, o’zi
nima qilganligi va nima uchun shunday qilganligini aytish o’ziga xosdir.
Bunday usulni qo’llash bolalarni ongli harakat qilishga o’rgatadi. Bunday
mashg’ulotlar natijasida bolalar hatto bitta umumiy belgisi bo’lgan turli xil
predmetlarni ham bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar.
Son-sanoqni o’rgatishga doir quyidagicha metodni qo’llasak o’rinli
bo’ladi:
«Munosibini joylashtir»
O’yin qoidasi: Bolalar ikki guruhga bo’linadilar va o’rtaga doira shakli
chizil-gan bo’ladi, ichiga uzun, kalta, yo’g’on, ingichka buyumlar aralash
qo’yilgan bo’ladi. Tarbiyachi ko’rsatma berishi bilan 1-guruh bolalari yo’g’on
va
ingichka buyumlarni, 2-guruh bolalari esa uzun va kalta buyumlarni
ajratadilar. Buyumlarn-ing ranglari, nechtadan yig’ganlari aniqlashtiriladi.
Bir xil predmetlardan guruhlar tuzishda va guruhlarni ayrim predmetlarga
bo’lib tashlashda jamoa bo’lib bajariladigan o’yin mashqlari miqdor haqidagi
tasav-vurni ko’proq rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu mashqlar davomida
bolalar har bir
guruhning ayrim predmetlardan iborat ekanligini tushunishlari,
guruh
ichidan ayrim predmetlarni ajratib olishni o’rganishlari, yaxlit to’plam bilan
uning elementi o’rtasidagi nisbatni ifodalashlari lozim.
Bolalarni guruhlarga birlashtirilgan predmetlarning umumiy belgilarini
ko’ra bilishga va nomlay olishga, guruhni yaxlit bir butun narsa deb idrok
etishga o’rgat-ish davom ettiriladi. Yig’indidagi hamma buymlarning ba’zi
belgilarini ajratib ko’r-satish bilan birga bolalar shu guruhdagi buyumlarning
faqat biror qismi uchungina umumiy bo’lgan belgilarni, ya’ni boshqa