Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12)
ISSN 2181-1709 (P)
270
Education and innovative research 2022 y. №12
oldin taqqoslanayotgan to’plamlarning qaysi biri ko’p, qay-si biri kam
ekanini, yoki ular teng ekanini aniqlashni chamalaydi.Bolalarda ma-tematik
tasavvurlarni rivojlantirish ko’p jihatdan sanashga o’rgatishning ilk davriga
bog’liq. Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarda to’plam
alohida bir
jinsli ele-mentlarning majmui haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishi kerak.
O’qitishni pred-metlarning sifat va xossalarini ajratishga oid mashqlardan
boshlash kerak.
Masalan, bir qancha o’yinchoqlar ichidan xuddi tarbiyachi qo’lidagidek
o’yinchoqni topish taklif etiladi, «Xuddi shunday kubchani (bayroqchani,
sharni) ber». Shundan keyin har xil rangli (o’lchamdagi, shakldagi) bir nechta
buyum orasidan xuddi shu rangdagi (o’lchamdagi, shakldagi)
buyumni
tanlash topshirig’i beriladi. Navbatdagi bosqich berilgan belgi-alomatlari
bo’yicha buyumlarni tanlash va guruhlarga ajratishga oid mashqlardan
tashkil topgan bo’lmog’i lozim. Masalan: «Sariq rangli hamma kubchalarni
mana bu qutiga sol, bu qutiga esa hamma kichik quyonchalarni yig’, mana
bunisiga esa hamma katta ayiqchalarni joyla». Bunday mashqlar natijasida
bolalar har xil buyumlarning umumiy belgilari mavjud ekanini, shu bo’yicha
bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar: «Bular
o’yinchoqlar», «Bular koptoklar», «Bular bayroqchalar» kabi. Tarbiyachi
bolalarni guruhdagi buyumlarning biror qismi uchungina umumiy bo’lgan
belgilarni ko’rishga o’rgatadi.
Shuningdek, bayroqchalar ko’pligini, ammo ularning ba’zilari qizil,
ba’zilari esa yashil ekanini ko’rsatadi (Qizil bayroqchalar ko’p, yashil
bayroqchalar ham ko’p). Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda bir
xil buyumlardan guruhlar tuzish va guruhni alohida buyumlarga ajratishga
doir har xil o’yin mashqlarmuhim ahamiyatga ega. Odatda, bu o’yin-
mashqlar darsda ma’lum izchillikda o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Birinchi
ta’lim faoliyatida bir xil o’lcham va rangli , aynan bir xil o’yinchoqlarning:
sabzilar, archalar, jo’jalarning
majmualari tuziladi, bunda guruhda bolalar
qancha bo’lsa, o’yinchoqlar ham shuncha bo’lishi lozim. Tarbiyachi dastlab
bolalarga bittadan o’yinchoq beradi, o’z harakatlarini ushbu so’zlar bilan
ifodalaydi: «Menda mevalar juda ko’p. Men bolalarning hammasiga bittadan
meva berib chiqaman. Menda bitta ham meva qolmaydi.»
Shundan keyin
bolalarga murojaat qiladi: «Har biringizda nechtadan meva bor?» So’ng
tarbiyachi hamma o’yinchoq mevalarni yig’ib oladi, bunda u bitta ham yo’q
(bolada), juda ko’p (tarbiyachida) so’zlariga e’tibor qaratishi kerak bo’ladi.
Mashqni boshqa o’yin-choqlar bilan yana bir marta takrorlash mumkin.
Har gal tarbiyachi ko’p, bitta, bittadan, bitta ham yo’q, hech narsa yo’q
so’zlaridan foydalanadi; «Qancha?», «Qanchadan?» savollarini beradi.
Kichkintoy-lar buyumlarni va ular qanchadanligini (ko’p, bitta) aytadilar.
Ta’limiy faoliyatning borishida bolalar to’plam alohida buyumlarga