|
Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlangʻich taʼlim fakulteti 811-21(302)-guruh talabasi Omonboyeva Xosiyatning Matematika oʻqitishning xususiy metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Tonna tushunchasi
|
Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #113117 |
Bog'liq Jizzax davlat p-WPS Office
Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlangʻich taʼlim
fakulteti 811-21(302)-guruh talabasi Omonboyeva Xosiyatning
Matematika oʻqitishning xususiy metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Tonna tushunchasi
Part 01
Part 01
Ma`lumki, hayotimizni o`lchov birliklarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Maktab o`quv dasturida o`lchov birliklarini o`rganish dastlab boshlang`ich sinflarda boshlanadi. Birinchi sinfda o`quvchilar tanishadigan birinchi o`lchov birlik bu - massa birligi “kilogramm” dir. 1kg li massa haqidagi tasavvurlarini o`quvchilar faqatgina o`zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak bo`ladi. Bunda ular massasi 1kg ga teng bo`lgan predmetlarni qo`llarida ushlab ko`rishlari va bu predmetlarni og`ir yoki yengil predmetlar bilan taqqoslashlari kerak bo`ladi. Natijada bolalar 1kgli massa haqida real tuyg`uni sezadilar.
Birinchi darsning o`zidayoq o`quvchilarni pallali(richagli) tarozida har xil predmetlarni masalan: 1kg, 2kg, 3kg shakar, tuz va boshqa narsalarni 1, 2, 5 kg li toshlar naboridan foydalanib tortish bilan tanishtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Massani o`lchash jarayonida o`quvchilarning o`zlari qatnashishi muhimdir. Albatta bunda o`qituvchi oldindan tarozida tortish qoidalarini gapirib berishi kerak bo`ladi. Tortish natijalari doskaga va daftarga yozib boriladi.
Ikkinchi sinfda o`quvchilar yangi massa birligi - gramm bilan tanioshadilar. Bunda ish olib borish xuddi kilogramm bilan tanishishdagidek bo`ladi. Masalan, gramm haqida kankret tasavvur hosil qilish uchun bolalaq qo`llari bilan massasi 1gramm bo`lgan toshni ushlashlari va uning og`irligini boshqa predmetlarning og`irligi bilan taqqoslashlari kerak. Sinfga dorixona tarozisini olib kelish, bolalarga bu tarozida dorilar tortilishini tushuntirish kerak bo`ladi. Dorilarni o`lchash uchun 1g, 2g, 5g, 10g, 20g, 50g, 100g, 500g li mayda toshlar kerakligini aytadi va o`uvchilarga ko`rsatadi. Shundan keyin tortishga oid amaliy topshiriqlar o`tkazish kerak: Masalan, 500g shakar, 200g yorma tortib olish va hokazo. Bu jarayonda o`quvchilarning o`zlari ishtirok etishlari muhimdir.
Ikkinchi sinfda o`quvchilarga savdo tarozisi bilan tanishtirish tavsiya qilinadi. Shu maqsadda yaqin joydagi ovqat magaziniga ekskursiya tashkil qilish va bolalarni bunday tarozilarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish kerak.
Uchinchi sinfda massa o`lchov birliklari tushunchasi kiritiladi, o`quvchilar o`zlari uchun birlik - sentner va tonna bilan tanishadilar keyin massa o`lchovlari jadvali kiritiladi.
Massasi 1s va 1t bo`lgan predmetlarni qo`lda ushlab turish mumkin emas. Shu sababli o`quvchilarda yangi o`lchov birliklari haqida kankret tasavvurlar hosil qilish uchun bunday ma`lumotlarni aytish tavsiya etiladi: Ikki qop kartoshkaning massasi taxminan 1s, Moskvich avtomobilining massasi taxminan 1t ga teng; sinfdagi hamma o`quvchilarning massasi taxminan 1t ga teng.
BUSINESS
BUSINESS
Shundan keyin massa o`lchovlari jadvali tuziladi va bolalarga uni eslab qolish tavsiya etiladi.
1t = 10s 1s = 100kg 1kg = 1000g.
Masala. Bozorga 10 qop guruch keltirildi. HAr bir qop guruch 75kg dan bo`lsa bozorga necha sentner guruch keltirilgan?
Yechish: 75*10 = 750kg 1s = 100 kg 750kg = 7,5 s. Javob: 7,5 s guruch
keltirilgan.
6-masala. Yechish:
Berilgan
3ta maydonda 4t kartoshka
maydondan 960kg
maydonda 1- maydondan 2marta ko`p
maydonda - ?
Eslatma: 1t=1000kg 4t= 4000kg
Yechish: 1) 960kg
960*2= 1920kg 960+1920=2880
4000-2880= 1120kg
Javob: 3-maydondan 1120kg kartoshka terilgan.
3-sinf matematika
Ogʻirlik oʻlchov birliklari
1q=
100 kg
1t=
1000kg
Eʼtiboringiz uchun tashakkur!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlangʻich taʼlim fakulteti 811-21(302)-guruh talabasi Omonboyeva Xosiyatning Matematika oʻqitishning xususiy metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Tonna tushunchasi
|