|
Kartoshka biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi Reja
|
Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #249476 |
Bog'liq Kartoshka biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Kartoshka biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
- Kartoshkaning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va xosildorligi.
- Sistematikasi, biologik xususiyati va navlari
- Kartoshkani ekish: yerni, urug’ni ekishga tayyorlash, ekish usullari, muddati va meyori.
- Kartoshka ekinini parvarish qilish va xosilni yig’ib olish.
Kartoshka xalq xo`jaligida oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatiga ega.
Kartoshka oziq-ovqat sifatida ko`p istemol qilinadigan mahsulot bo`lib, uni ikkinchi non ham deyishadi. Dunyoda 500 dan ortiq taom tayyorlanadi. Kartoshka eng axamiyatli yemxashak o`simligi ham xisoblanadi.
Sanoatda xam kartoshkadan spirt, kraxmal dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqa maxsulotlar olishda, xom ashyo xisoblanadi. Kraxmalligi 17,5% bo`lgan 1 t kartoshkadan 112 l spirt, 55 kg suyuq karbonot angidrid, 1500 l barda olinadi.
Kartoshkani vatani Janubiy Amerika xisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko`pchilik yovvoyi turlari madaniylashtirilgan.
U agrotexnik axamiyatga ega, chunki kartoshka ekilgandan so`ng tuproq begona o’tlardan tozalandi. Shu sababli u yaxshi o’tmishdosh ekin xisoblanadi.
O’zbekistonda kartoshka o’tgan asrning 60 yillarida tarqaldi va asosan XX-asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko`proq ekila boshlandi. O’zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaydi va 1998 yil 52,7 ming gektar erga ekilgan. Kartoshka yuqori xosilli ekin. O’zbekiston 1998 yil O`rtacha xosildorlik 121,0 sentnerni tashkil qildi.
Kartoshkaning tashqi sharoitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo`lishiga sabab bo`ldi.
Kartoshka ituzumdoshlar oilasiga (Solanecese) oilasiga, unlab yovvoyi xamda madaniy turlarni birlashtiradigan Solanum 1 avlodiga kiradi. Ulardan Solanum tuberosum eng ko`p ekiladi.
Kartoshka tabiatiga ko’ra tugunakli ko`p yillik o`simlik, lekin bir yillik ekin sifatida ekiladi, chunki uning tugunagi o`sishidan boshlab, yetilgan tuganak xosil bo`lguncha davom etadigan butun xayot sikli bir vegetatsiya davrida o’tadi.
Ertagi kartoshka yer osti suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda 7-9 marta sug’oriladi. Kechki kartoshka esa 10-12 marta sug’oriladi. Gullash davrigacha kartoshkani xar 12-15 kunda, gullash davrida 6-8 kunda sug’orish kerak. Yozda ekilgan kechki kartoshka xar 8-10 kunda sug’orilishi kerak.
Kartoshkani ekish Kartoshka bir yerda surunkasiga ekilsa u sulish kasali bilan kasallanadi. Shuning uchun uni almashlab ekishda karam, bodring, qovun, tarvuz xamda ildiz mevalilardan keyin ekish kerak. Yozda ekilganda kuzgi bug’doy va arpadan keyin ekilishi kerak.
Adabiyotlar:
1. X.Atabayeva, O.Qodirxujayev O`simlikshunoslik, T.Yangi asr avlodi.2006 yil (lotin alifbosida).
2. O.Mirzayev, T.Xudoyberganov Yem-xashak yetishtirish-Andijon 2003 y.
3. X.Atabayeva va boshq.O`simlikshunoslik, T.Mexnat.2004 y.
4. I.Karimov bir yillik va ko`p yillik Mustaqil yurt g`allasi, T.O`zbekiston 2003 y.
5. A.Omonov, X.Bo`riyev, L.G`afurova, A.Nurbekov Bir boshoq don.T.2004 y.
|
| |