2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o`rgatishning ahamiyati




Download 46.27 Kb.
bet1/7
Sana24.07.2023
Hajmi46.27 Kb.
#77201
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o`rgatish
1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati, 100 978387875, Document

Mavzu: Taxminlarni o’lchash, o’lchov birliklarining turlari orasidagi aloqalar va ular ustida amallarbajarishga o’rgatish metodikasi. Uzunlik va maydon o’lchov birliklari, Massa va hajm o’lchov birliklari. Vaqt o’lchov birliklari

Reja:
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga miqdorlarni o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari


2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o`rgatishning ahamiyati
3. Boshlang`ich sinflarda miqdorlarni o`lchash uslublari
4. Miqdorlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
5. Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganishga doir tavsiyalar

Mamlakatimizda boshlang‘ich sinflarda matematika kursini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda ishlashga o‘rta maktabda matematika o‘qitishda ko‘zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni boshlang‘ich ta’limning ahamiyatini to‘g‘ri baholash kerak. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘tiladigan har bir mavzu bolaning ham aqliy rivojiga ham jismoniy ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi lozimdir. Boshlang‘ich sinf matematikadan o‘rin olgan mavzulardan biri – bu boshlang‘ich sinflarda miqdor o‘lchamlarini o‘rganish usullaridir.


Uzunlik haqidagi ma’lumotni berish 1-sinfning 2-choragindan boshlab o‘rganiladi. O‘quvchilar dastlab santimetr haqida ma’lumot oladilar va oldin ularga unchalik katta bo‘lmagan narsalarni, masalan, gugurt qutisini, cho‘plarning, qalamning uzunligini topish o‘rgatiladi. Buning uchun aniq umumiy tomonidan qabul qilingan santimetrdan foydalanishi aytib o‘tildi. O‘quvchilar santimetr haqida aniq tasavvur olishlari uchun o‘qituvchi rahbarligida santimetrning bir qancha modellarini tayyorlashlari lozim. Daftarga 20 katakli kesma chizib, unda necha santimetr borligini bolalar bilan aniqlash kerak. 14 va 10 katakligini ham shu tarzda aniqlash mumkin. Modellarni yechishning ikkita usuli bor: 1. Ustiga qo‘yish usuli. 2. Qo‘shib berish usuli. 1-sinfning 2-choragi oxirida o‘quvchilarga detsimetr haqida ma’lumot beriladi. 1 10 sm dm Metr haqida ham tasavvur hosil qilish uchun 1 metrli yog‘och chizg‘ichni ko‘rsatamiz. III-sinflarda uzunlik o‘lchov birliklari bilan tanishtirish davom ettiriladi, bolalarni millimetr bilan tanishtirish eng qiyin usul. Uzunlikning yangi birligi kilometr bilan tanishtirilganda birlik haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar yer ustida amaliy ishlar o‘tkazishi lozim. Shu maqsadda o‘quvchilar o‘qituvchi, boshchiligida km ga (1000 metr) masofani qancha vaqtda bosib o‘tganlarini aniqlashlari foydalidir. Tarbiyaviy suhbatlarda qaysi kasblarda ko‘z bilan chamalash mumkinligini ta’kidlash kerak. Miqdor haqidagi tasavvurni rivojlantirishda hajmi va massa bilan ta’riflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. 1-sinfda tanishadigan og‘irlik birligi bu kg dir. 1 kg og‘irlik tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy ishlari asosida olishlari kerak. Taqqoslash natijasidagina bolalar 1 kg og‘irlik haqidagi real tuyg‘uni sezadilar. Birinchi darsning o‘zidayoq pallali rejali tarozida har xil narsalarni paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg larni foydalanib tortishi bilan tanishtirish kerak. Tortish jarayonida o‘zlari qatnashishi muhimdir. Albatta o‘qituvchi oldindan tarozi haqidagi bilimlarni berish lozim. 3-sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi gramm bilan tanishadilar. Gramm haqidagi aniq tasavvur hosil qilish uchun qo‘llari bilan massani 1 gr li bo‘lgan toshlarni o‘lchashlari va uning og‘irligini boshqa predmetlarning og‘irligini taqqoslash kerak. Sinfga dorixona olib kirish bolalarga gr li tarozida tortish mumkin bo‘lgan narsalar haqida aytish va ko‘rsatib berish mumkin. Masalan: dori, un, shakar, choy va hokazo.
Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarini asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi. 1-2-sinflrada o‘quvchilar uzunlik, massa (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar. Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan “miqdor” va “raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm,..., 20 dm kabi uzunliklari belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi – (20 dm) yozib qo‘yamiz. Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishi nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2m). Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78, 40, 11, 99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23sm, 2 dm, 5 dm, 1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta ta’kidlanishi lozim. Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan: “385 va 481” sonlarini qo‘shimcha, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” kabi. U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullarni o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.

Download 46.27 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 46.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o`rgatishning ahamiyati

Download 46.27 Kb.