Tayyorladi: Mamadoliyeva Sevinch Tekshirdi: Sanayev Mashrab




Download 2,35 Mb.
bet1/4
Sana28.11.2023
Hajmi2,35 Mb.
#107069
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Tayyorladi: Mamadoliyeva Sevinch Tekshirdi: Sanayev Mashrab

Talim jarayonini tashkil etishda internet xizmatlaridan foydalanish

Axborot texnologiyalari haqida tushuncha Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.


Zamonaviy soha mutaxassislari, jumladan texnologlar muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi xodimlari, menejerlar va boshqalar tegishli sohaning axborot resurslaridan erkin va samarali foydalanishi uchun zamonaviy kompyuter-axborot-telekommunikatsiya vositalari bo‘yicha tegishli ilmlarga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Axborot bo’yicha bilimlar zaminini yaratish esa “Axborot texnologiyalari va dasturlash asoslari” fanining predmetini tashkil etadi va uni o‘rganish maktab partasidan boshlanib, oliy o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Mazkur mavzuning asosiy maqsadi talabalarga kompyuterning texnikaviy, dasturiy (tizimli va amaliy) taʽminotlari va sohaviy masalalarni yechishga qoʽllash, masalalarni algoritmlash vositalarining imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda soha masalalarini yechish bo‘yicha amaliy foydalanish ko‘nikmalarini mukammal shakllantirishdan iboratdir. Axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy vositasi sifatida hisoblash texnikasi, ya’ni kompyuter xizmat qiladi.

2. Ta’limda axborot texnologiyalari. Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida bir odamning axborot bilan ta’minlangani boshqa odamlarning axborot bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun insonning axborotlarni to‘plashda va qayta ishlashda o‘zi mustaqil ish olib borishi yetarli bo‘lmay qoladi.


Buning uchun u jamoa bilimlari asosida tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi texnologiyani o‘rganishi kerak. Bu esa insondan ma’lum darajada axborot bilan ishlash madaniyatini talab qiladi. Axborot madaniyati – axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir.

Download 2,35 Mb.
  1   2   3   4




Download 2,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorladi: Mamadoliyeva Sevinch Tekshirdi: Sanayev Mashrab

Download 2,35 Mb.