|
Tayyorladi: Mamadoliyeva Sevinch Tekshirdi: Sanayev Mashrab
|
bet | 2/4 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 2,35 Mb. | | #107069 |
Bog'liq 1-Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariAxborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to‘g‘ri yo‘l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo‘lib, quyidagilardir: texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish ko‘nikmasida; o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida; turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikasiyalar) dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko‘rsatish hamda samarali ishlatish mahoratida; axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida; turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o‘z aksini topadi; o‘z faoliyat sohasidagi axborot to‘plamining xususiyatlarini bilish muhimdir.
3. Kommunikatsiya texnologiyalari – ob’yektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning Yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyasining rivojlanishi axborotlarni taqdim etish tizimidan tashqari, axborot-kommunikatsiya vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq edi. Ular axborotning nomoddiy tashuvchisi, ya’ni nutq paydo bo’lgandan so’ng yuzaga kelgan. Buni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi tarixidagi ilk «portlash» deb baholash mumkin edi. Taraqqiyotda keyingi yangilik – qog’oz kashf qilingunga qadar axborotlarning moddiy tashuvchi vositalari o’zgarib bordi. Ya’ni, so’zlarni toshga o’yib yozish orqali birinchi marta axborotni ko’z bilan ko’rib qabul qilish imkoniyati yuzaga keldi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikda avvaliga loydan, so’ng yog’ochdan yasalgan tablichkalarga yozishga o’tildi va bu axborot ‒kommunikatsiyalarga dinamik mazmun kasb etdi.
|
| |