Tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirishda modellashtirishning ahamiyati va undan kutiladigan natijalar




Download 154 Kb.
bet5/6
Sana23.01.2024
Hajmi154 Kb.
#143834
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MODEL VA MODELLASHTIRISH-KURS ISHI

2.2. Tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirishda modellashtirishning ahamiyati va undan kutiladigan natijalar
Modellashtirish va modellar orqali bolaga narsa buyumlarning shakli, hajmi, miqdori, tasnifi va yana bir qator jihatlarini tushuntirish mumkin. Masalan bolada shakl haqidagi tushunchalarini rivojlantirish uchun ularga turli buyumlarni hayotiy misollar oraqli keltirish mumkin. Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. Masalan, bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat yeydigan butilkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. Masalan: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi, ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi o‘lchamga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi.
Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. Masalan: silindr – stakan, stolba; konus – stakan, stolba; konus – minora. Shuning uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, uchburchak). Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi. Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z bilan ko‘ribgina qolmasdan, balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar. Tarbiyachi bilan bolalar gilam ustida doira qurib o`tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to‘plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun g`oyani bolalardan so`rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozirgi nimalar yasashni xohlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz.
Kichik guruh uch yoshli kichkintoylarni dumaloq predmetlarni va burchaklari bor predmetlarni farq qilishga, ya’ni predmetlar shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatadilar. Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q, oddiy shakldagi predmetlarni tanlashadi. Boshdagi har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi bir xil predmetlarni, masalan: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil predmetlarni, sodda shakldagi istalgan predmetlarni, koptok, ip, koptok, banka, rul, g‘ildiraklarni berish mumkin. Tarbiyachi bolalarga predmetlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, «shakl» so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U predmet konturi ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u predmet ustidan qo‘lini yurgazib «dumaloq» (g‘ildirak) deydi. Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim. Tarbiyachi qo‘llarining harakatini kuzatib, kichkintoylarga xuddi shunday harakatni havoda bajarishga «yordam» berishadi. Predmet konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich aylantirib chiqiladi. Har gal harakat predmet ustidan qulni tekkazib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda predmetlar konturini o‘rab olish, ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, predmetlarni dumalatish, ularni har xil holatda qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada dumaloq va burchakli predmetlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar. «Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin. Chaqirilgan bola o‘z predmetini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi predmetlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar, masalan: o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi predmetlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) predmetlarni solishadi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni doira va kvadrat bilan tanishtiradilar. O‘rta guruh o‘qitishning dastlabki oylarida maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik figuralar: doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar – bosh qotirgichlar (cho‘plardan-har xil geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirishi mumkin. 7 ta cho‘pdan 2 ta kvadrat tuz: 6 ta cho‘pdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuz; 7 ta cho‘pdan 3 ta uchburchak tuz; 5 ta cho‘pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish mumkinmi? Bu mashqlar bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini, rivojlanish imkonini beradi. Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli.
O‘quv yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi. Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni musahkamlash va aniqlash, shuningdek bolalarni kataklar bo‘yicha o‘lchashga mashq qildirish uchun katakli qog‘ozda kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi. Geometrik figuralar, shuningdek sodda shakldagi predmetlar (bayroqchalar, olxo‘rilar, olmalar va h.k.) ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta talimiy faoliyat ajratiladi. Figuralarni guruhlashda bolalar bitta belgi bo‘yicha mo`ljal olib, boshqa belgilarga e`tibor bermaydilar.
Guruhlashga doir mashqlar o‘tkazganda bolalarning figura haqidagi bilimlarini sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin figuralarni guruhlarga ajratish, so‘ngra yumaloq figuralar orasidan doira va ovallarni, ko‘pburchaklar orasidan to‘rtburchaklar va uchburchaklarni ajratish kerak. Nihoyat, to‘rtburchaklar orasidan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak. Bolalar ayrim shakllar orasida bog‘lanishlar o‘rnatadilar. Figuralar juftini tanlashga doir mashqlar shu maqsadda xizmat qiladi: uchburchaklar, to‘rtburchaklar va h.k. har xil rang va o‘lchamdagi, ammo bir xil proporsiyadagi figuralar, masalan, teng yonli uchburchaklar juft tashkil qiladi. Bolalarda har xil proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi. Bolalarga maishiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, «Topingchi, qatorda qaysi shakl ortiqcha», «Shakllarni tanlashda qanday xato qilishgan?» qator qilib qo‘yilgan 6 ta uchburchak orasidan bitta to‘rtburchak qo‘yilgan va h.k.). Qanday shakl yetishmaydi?» (uch to‘rt xil o‘lchamdagi uchburchaklar, to‘rtburchaklar qatorlarga joylashtirilgan, har qaysi qatorga predmetlar kattaliklari kichiklashib boradigan tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta figura yetmaydi). Bir guruhdagi shakllarning ikkinchi guruhdagi shakllardan farq qilishi alomatlarini topishga doir masalalar uchburchaklar, to‘rtburchaklar va boshqa shakllar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi.
Doiralar va ovallar, uchburchaklar va to‘rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish mumkin. Shakllar ikki-uch xil o‘lchamda va rangda berilgan. Katta guruh uchun “Postlar qo‘yish” o‘yini bolalar ketma-ket mashq qilib turadilar. Boshlovchi oldinga boradi. Boshlovchi(qarsak chaladi) signal berganda oxirgi ketayotgan bola darhol to‘xtab qimirlamay postda turadi qolganlari yurishda davom etadi. Mana shunday qilib boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilagan tartibda portga qo‘yib chiqadi . Natijada bir geometrik shakl hosil bo‘ladi (katta, kichik to‘rtburchak qilib, uchburchak aylana) so‘ng bolalardan ular qanday shaklni yasaganliklarini so‘raladi. Oldin boshlovchi tarbiyachi bo‘ladi. Keyin yangi boshlovchi saylanadi va har bir bola boshlovchi bo‘lguncha qadar davom etadi.
Tayyorlov guruhi dasturida geometrik figuralar ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan.13 Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi figuralarga qarashni, ularni shakl bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so‘ngra esa qandaydir ikki-uchta figura olib, ularni birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi figuralar hosil bo‘lganini va ular qanday figuralardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi. Qismlardan butun figuralar tuzib, bolalar ikkita yarimta, to‘rtta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to‘rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar. Geometrik shakllarni o‘rganishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish samarali sanaladi.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, bolaning matematik tasavvurlarini shakllantirishda modellar va modellashtirishning o’rni muhim sanaladi va tarbiyachi bolalarga tushunchalar berishda modellardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


Inson ongi eshitgandan ko’ra ko’proq ko’rgan va ushlab his qilgan narsalarini yaxshiroq xotirasiga muhrlaydi. Ayniqsa bolalikdanoq tashqi olamni anglashda modellar muhimdir. Bolarga turli xildagi modellarni ko’rsatish orqali bolaning matematikaga bo’lgan qiziqishi ortadi va narsa-buyumlarni to’g’ri tahlil qilishga, ularni oson bir-biriga bog’liq holda eslab qolishga xizmat qiladi. Kelajakda bola o’ziga berilgan topshiriqni bajarishda turli modellardan foydalanish orqali bilimlarni oson o’zlashtirish ko’nikmasi yaxshi shakllanganligi tufayli hech qanda qiyimchiliksiz bilimga ega bo’ladi.
Ayniqsa, bugungi IT texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir davrda modellashtirish muhim sanaladi. Bolaning kelajakda qaysi kasbni egallashida ham modellashtirish muhimdir, masaslan bola o’zi xohlagan kasbga oid narsalarning modellarini ko’proq foydalanishadi va nu orqali uning kelajakdagi kasbini tahmin qilib uni to’g’ri yo’naltirish oson kehchadi. Agar bolaga tekislikdagi shakllarda aylana yoki doira haqida tushunchalarini shallantirmoqchi bo’lsangiz siz uning kundalik hayotda uchraydigan modelini topishingiz kerak bo’ladi. Yoki siz bolaga fazoviy shakllar haqida tushuncha bermoqchi bo’lsangiz unga hayotiy jismlardan namunalar keltirishingiz lozim bo’ladi. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda sensor (hissiy) modellashtirishning ahamiyati juda katta. Aynan shu yosh sezgi faoliyatini yaxshilash, dunyo haqida g‘oyalami to‘plash uchun eng qulaydir. Maktabgacha pedagogika sohasidagi taniqli xorijiy olimlar (F.Frebel, M.Montessori), shuningdek, maktabgacha pedagogika va psixologiyaning taniqli vakillari (E.I.Tixaeva va boshq.) sensor rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan sensor tarbiyalash maktabgacha ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligiga qat’iy ishongan.
Dunyo ob’ektlari va hodisalarini idrok etish bilan-bilish boshlanadi. Boshqa barcha bilish shakllari - eslash, fikrlash, xayol - idrok tasvirlari asosida qurilgan, ularni qayta ishlash natijasi hisoblanadi. Shu sababli, to‘liq idrokka tayanmasdan normal aqliy rivojlanish mumkin emas.
Detal chizmasidagi tasvirlar soni, ya`ni ko`rinishlar, qirqimlar, kesimlar va chiqarish elementlari soni eng kam, lekin detal shaklini to`g`ri tasvirlash uchun yetarli bo`lishi lozim. Detalning ish chizmasida o`lchamlar, sirtlarning g`adir-budurligi, sirtlar shakli chetga chiqishlari, materialga qo`yiladigan talablar, sirtlarning qoplanishi to`g`risidagi ko`rsatmalar va boshqalar ko`rsatiladi.
Chizmalarga o`lchamni quyidagi tartibda qo`yish maqsadga muvоfiq: chizmaga avval gabarit o`lchamlar qo`yilib, dеtalning tashqi kоnturlari ko`rsatiladi; undan kеyin dеtaldagi elеmеntlar (tеshik, o`yiq, chiqiq va bоshqalar)ning o`rnini ko`rsatuvchi o`lchamlar va охirida qоlgan o`lchamlar qo`yiladi.
Chizma bu maxsus chizma asboblari yordamida ma’lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo‘lib, u bizga buyum haqida, ya’ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o‘lchamlari bo‘yicha to‘la ma’lumot beradigan hujjatdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig‘iladi. Chizma o‘ziga xos grafik baynalminal (internatsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir.
Asosan, chizma informatsiya uzatishning grafik vositasi hisoblanib, u texnik g‘oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi. Chizmalar bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosli kishi ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o‘rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o‘zlashtirishi lozim.

Download 154 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 154 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasavvurlarni shakllantirish va ularni bola ongiga singdirishda modellashtirishning ahamiyati va undan kutiladigan natijalar

Download 154 Kb.