• Qatlamga ta’sir qilish bo‘lmagan ishlash tizimlari
  • 4.1-rasm. Ishlash obyektini ajratish
  • 4.1-jadval
  • Ishlash tizimlari haqida




    Download 93.4 Kb.
    bet1/6
    Sana08.01.2024
    Hajmi93.4 Kb.
    #132605
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-maruza (1)
    Diplom olidi amalyot kunlari 2, O‘RQ-684 22.04.2021, 2-maruza

    Neft konlarini ishlash usullari va texnologiyalari Reja
      1. Ishlash obyekti va usuli

      2. Ishlash tizimlari haqida tushuncha
      3. Ishlash tizimlarining tasnifi va xususiyatlari
      4. Qatlamga ta’sir qilish bo‘lmagan ishlash tizimlari
    Tayanch iboralar

    Ishlash obyekti, ishlashning asos obyekti, ishlash tizimi variant, qaytish ishlatish obyekti, quduqni boshqa ishlash obyektiga qaytarish.
      1. Ishlash obyekti va usuli

    Neft va neft-gaz koni yer po‘stining yakka tektonik strukturasida mujassamlashgan neft va gaz uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod uyumlari, odatda yer ostida turli tarqalganlikka ega bo‘lgan, ko‘p hollarda turli geologik-fizik xossali, qatlam yoki tog‘ jinslari massivida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ayrim neft-gazli qatlamlar katta qalinlikdagi o‘tkazuvchanmas jinslar bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo‘ladi.
    Bunday ajralgan yoki xossalari farq qiluvchi qatlamlar turli ishlatish quduqlari guruhi bilan ishlatiladi, ayrim hollarda turli texnologiyalardan foydalaniladi.
    Konni ishlash obyekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash obyekti–ishlashdagi kon chegarasi ichida sun’iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma, qatlamlar majmui), sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega, ularni yer ostidan olish muayyan burg‘i quduqlari guruhi yoki boshqa tog‘-texnik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng tarqalgan atamaga ko‘ra, har bir obyekt “o‘zining burg‘i quduqlari to‘ri” bilan ishlashda bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiatning o‘zi ishlash obyektini yaratmaydi – ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi. Ishlash obyektiga bir, bir necha yoki konni hamma qatlamlari kiritilishi mumkin.
    Ishlash obyektining asosiy xususiyati – unda sanoat miqyosidagi neft zaxiralarining borligi, ushbu obyektga taaluqli va ular yordamida ishlatiladigan burg‘i quduqlari guruhidir.
    Ishlash obyekti tushunchasini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Kesimi 4.1-rasmda keltirilgan kon berilgan bu kon qalinligi, to‘yingan uglevodorodlarni tarqalganlik maydoni va fizik xossalari bilan farq qiluvchi uchta qatlamdan iborat.
    4.1-rasm. Ishlash obyektini ajratish

    1-birinchi mahsuldor qatlam; 2-ikkinchi mahsuldor qatlam; 3-uchinchi mahsuldor qatlam; I-birinchi obyekt; II-ikkinchi obyekt; A-I obyekt quduqlari; B-II obyekt quduqlari
    4.1-jadvaldakon maydonida yotuvchi 1, 2 va 3-qatlamlarni asosiy xossalari keltirilgan.
    Ko‘rilayotgan konda ikkita ishlash obyektini ajratish maqsadga muvofiq, 1 va 2 qatlamlarni bitta ishlash obyektiga birlashtirish (obyekt 1), 3 - qatlamni esa alohida ishlash obyekti sifatida ishlash (obyekt II).


    4.1-jadval


    Download 93.4 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 93.4 Kb.