|
Ishlash tizimlari haqida
|
bet | 2/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 93,4 Kb. | | #132605 |
Bog'liq 4-maruza (1)Geologik-fizik xossalar
|
Qatlam
|
1
|
2
|
3
|
Olinadigan neft zahiralari, mln.t
|
200,0
|
50,0
|
70,0
|
Qatlamning samarali qalinligi, m
|
10,0
|
5,0
|
15,0
|
O‘tkazuvchanlik, mkm2
|
0,100
|
0,150
|
0,500
|
Neftning qovushqoqligi, mPa*s
|
50,0
|
60,0
|
3,0
|
1 va 2 qatlamlarni bir ishlash obyektiga kiritish uchun ularning o‘tkazuvchanlik va neft qovushqoqligi kattaliklarni yaqinligi va vertikal yo‘nalish bo‘ylab bir-biridan kichik masofada joylashganligi asos bo‘ladi. Bundan tashqari 2 qatlamdagi olinadigan neft zahiralari nisbatan oz. 3 – qatlamning 1 – qatlamga nisbatan olinadigan zahiralari kam, ammo neftni kam qovushqoqli va yuqori o‘tkazuvchan. Demak, bu qatlamni ochgan ishlatish quduqlari nisbatan yuqori mahsuldorlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kam qovushqoq neftli 3 – qatlamni oddiy suv bostirish usulini qo‘llab ishlash mumkin bo‘lsa, yuqori qovushqoq neftli
1 va 2 qatlamlarni ishlashni boshlang‘ich bosqichidan boshlab boshqa texnologiyalarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, neftni bug‘, poliakrilamid aralashmasi (suvni quyuqlashtiruvchi) yoki qatlam ichra yonish usullari yordamida siqib chiqarish.
1, 2 va 3 – qatlamlar ko‘rsatkichlarini jiddiy farq qilishga qaramasdan, ishlash obyektlarini ajratish haqidagi yakuniy qaror qatlamlarni ishlash obyektlariga turli variantlarda birlashtirishni texnologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlili asosida qabul qilinadi.
Ishlash obyektlarini ayrim hollarda quyidagi turlarga bo‘ladilar: mustaqil, ya’ni hozirgi vaqtda ishlashdagi va qaytish, ya’ni u kelajakda hozirgi vaqtda boshqa obyektda ishlayotgan ishlatish quduqlari bilan ishlatilishi mumkin.
Neft konini ishlash tizimideb, ishlash obyektini, ularni burg‘ilash va jihozlash sur’ati tartibini, qatlamlardan neft va gaz olish maqsadida ta’sir etish zarurligini, haydash va olish burg‘i quduqlari sonini, nisbatini va joylashtirishni, rezerv ishlatish quduqlari sonini, konni ishlashni boshqarishni, yer ostini va atrof-muhitni himoya qilishni aniqlovchi bir-biri bilan bog‘liq muhandislik qarorlari majmuasiga aytiladi. Konni ishlash tizimini tuzish yuqorida ko‘rsatilgan muhandislik qarorlari majmuasini aniqlash va amalga oshirishni bildiradi.
Bunday tizimni tuzishni muhim tarkibiy qismi – ishlash obyektlarini ajratish. Shuning uchun ushbu savolni mufassal ko‘rib chiqamiz. Oldindan aytish mumkinki, birinchi qarashda hamma vaqt bir ishlash obyektiga iloji boricha ko‘p qatlamlarni birlashtirish foydali ko‘rinadi, chunki bunday birlashtirishda konni to‘liq ishlash uchun kam ishlatish quduqlari kerak bo‘ladi. Biroq, bir obyektga haddan ziyod qatlamlarni birlashtirish neft bera olishlikda jiddiy yo‘qotishlarga va yakuniy hisobda ishlashni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashuviga olib keladi.
Ishlash obyektlarini ajratishga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’sir etadi.
Neft va gaz kollektorlari– jinslarining geologik-fizik xossalari. O‘tkazuvchanligi, umumiy va samarali qalinligi, hamda har xilligi bilan keskin farq qiluvchi qatlamlarni ko‘p hollarda bir obyekt sifatida ishlash maqsadga muvofiq emas, chunki ular mahsuldorligi, ishlash jarayonidagi qatlam bosimi bo‘yicha va natijada quduqlarni ishlatish usuli, neft zahiralarini olish sur’ati mahsulot suvlanganligini o‘zgarishi bo‘yicha jiddiy farq qilishi mumkin.
Qatlamlarni maydonli har xilligida turli ishlatish quduqlari to‘ri samarali bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday qatlamlarni bir ishlash obyektiga qo‘shilish maqsadga muvofiq emas. Alohida kam o‘tkazuvchan va yuqori o‘tkazuvchan qatlamchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, vertikal yo‘nalish bo‘yicha katta har xil qatlamlarda gorizontni tik yo‘nalishida qoniqarli qamrab olish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda faol ishlashda faqat yuqori o‘tkazuvchan qatlamchalar ishtirok etib, kam
o‘tkazuvchan qatlamchalarga qatlamga haydalayotgan omil (suv, gaz) ta’sir etmaydi. Bunday qatlamlarni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish maqsadida ularni bir necha obyektlarga bo‘lishga harakat qilinadi.
|
| |