• Uglevodorolarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi.
  • Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti.
  • Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari




    Download 93,4 Kb.
    bet3/6
    Sana08.01.2024
    Hajmi93,4 Kb.
    #132605
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-maruza (1)

    Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari. Ishlash obyektlarini ajratishda neftlarning xossalari muhim ahamiyatga ega. Neftning qovushqoqligi jiddiy farq qiluvchi qatlamlarni bir ishlash obyektiga qo‘shish maqsadga muvofiq emas, chunki ularni burg‘i quduqlarini turli sxemada va zichlikda joylashtirilgan, hamda yer ostidan neft olishni turli texnologiyalaridan foydalanib ishlash mumkin. Parafin, oltingugurt suvchil, qimmatbaho uglevodorod komponentlari va sanoat miqyosidagi boshqa foydali qazilmalar miqdorini keskin farq qilishi ham qatlamlarni bir obyekt sifatida ishlashga jalb qilib bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga sabab qatlamlardagi neftni va boshqa foydali qazilmalarni olishda turli texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin.

  • Uglevodorolarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi. Vertikal yo‘nalish bo‘yicha bir-biriga nisbatan yaqin masofada yotgan va o‘xshash geologik-fizik xossali turli qatlamlarni ayrim hollarda, qatlam uglevodorodlarini fazaviy holati va qatlam rejimlari turli bo‘lganligi natijasida bir ishlash obyektiga qo‘shib, bo‘lmaydi. Agar, bir qatlamda yirik gaz qalpog‘i bo‘lsa, boshqa qatlam tabiiy tarang suv tazyiqli rejimda ishlashda bo‘lsa, ularni bir ishlash obyektiga birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin, chunki ularni ishlash uchun ishlatish quduqlarini turlicha joylashtirish sxemasi va soni, hamda neft va gaz olishni turli texnologiyasi kerak bo‘lishi mumkin.

  • Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti. Bir ishlash obyektiga qancha ko‘p qatlam va qatlamchalar birlashtirilsa, ayrim qatlam va qatlamchalarda neft va siqib chiqaruvchi omil chegarasini (suv-neft va gaz-neft tutash yuzalarini) nazorat qilish, texnik va texnologik amalga oshirish, shuncha qiyinlashadi, qatlamchalarga taqsimlangan ta’sir etish va ulardan neft va gaz olish jarayoni murakkablashadi. Konni ishlash jarayonini boshqarish sharoitlarini yomonlashuvi esa, o‘z navbatida neft bera olishlikni kamayishiga olib keladi.


    Download 93,4 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6




    Download 93,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari

    Download 93,4 Kb.