|
Ishlash tizimlari haqida
|
bet | 4/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 93,4 Kb. | | #132605 |
Bog'liq 4-maruza (1)Ishlatish quduqlarini ishlatish texnikasi va texnologiyasi. Obyektlarni ajratishni ayrim variantlarini qo‘llashni yoki qo‘llamaslikni maqsadga muvofiqligiga ko‘plab texnik va texnologik sabablar ta’sir etishi mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir ko‘rsatkichlarni ishlash obyektlarini tanlashga ta’siri albatta texnologik va texnik-iqtisodiy tahlil etilishi va undan keyingina ishlash obyektlarini ajratish haqidagi qaror qabul qilinishi kerak.
Neft (gaz) konini ishlash tizimi deb, ishlash obektini aniqlovchi, o‘zaro bog’liq muhandislik yechimlari yig’indisiga aytiladi. Masalan: konni burg’ilash, jixozlash ketma-ketligi va sur’ati; qatlamlardan neft, gaz va kondensat olish maqsadida ularga ta’sir qilish usullarini borligi; haydovchi va oluvchi quduqlarning soni, nisbati, joylashishi; ehtiyoj quduqlari soni; konni ishlatishni boshqarish; yer bag’rini va atrof muhitni himoyalash.
Ishlash tizimining muhim qismi – ishlash obyektlarini ajratish.
Ishlatish obyekti – bu ishlanayotgan kon hududida uglevodorodlarning sanoat ahamiyatidagi zahirasi bo‘lgan, ularni yer bag’ridan chiqarib olish aniqlangan quduqlar guruhi yoki boshqa tog’-kon texnik inshootlari yordamida amalga oshiriladigan qatlam yoki qatlamlar majmui.
Qancha ko‘p qatlamlar bir obyektga birlashtirilsa, shunchalik foydaliga o‘xshaydi, chunki bu holatda quduqlar soni kamayadi. Biroq bu neft beraolishlik koeffitsientining pasayishiga va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Ishlash obyektlarini ajratishga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
Neft va gaz kollektor-jinslarining geologik-fizik xususiyatlari. Qatlamlarni bir obyektga birlashtirib bo‘lmaydi, agarda qatlamlarning umumiy va samarali qalinligi, kollektorlar o‘tkazuvchanligi, bo‘linish va qumlilik koeffitsienti qiymatlarida farq bo‘lsa, chunki buning oqibatida quduqlarning mahsuldorligini, ishlash jarayonida qatlam bosimini tushish sur’atini, quduqlarni ishlatish usullarini, quduqlar mahsulotini suvlanishi va zaxiralar olinishini turliligiga ega bo‘lamiz.
Neft va gazning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Neft parafin, oltingugurt vodorodi va boshqalarining qovushqoqligining turliligi neft va boshqa komponentlarni qazib chiqarishni turli texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi.
Qatlamlar uglevodorodlarining fazaviy holati va ishlash tarzi. Qatlamlar uglevodorodlarining fazaviy holati va ishlash tarzlari turli bo‘lganligi uchun quduqlar joylashishi, quduqlar soni va uglevodorodlarni qazib chiqarish texnologiyasi turlicha bo‘ladi.
Neft va gaz konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoitlari. Qanchalik ko‘p qatlam va qatlamchalar bir obyektga kirgizilgan bo‘lsa, suv-neft, gaz-neft chizig’ini va siquvchi agentni siljishini nazorat qilishni, qatlamchalarga alohida ta’sir qilishni, qatlamchalarni qazib chiqarish tezligini o‘zgartirishni amalga oshirish shunchalik qiyin bo‘ladi.
Quduqlarni ishlatish texnika va texnologiyasi.
Ishlash tizimlarining tasnifi va xususiyatlari
Yuqorida keltirilgan neft konining ishlash tizimiga berilgan ta’rif umumiy bo‘lib, yer ostidan foydali qazilmalarni samarali olishni ta’minlash uchun uni tuzishni, muhandislik qarorlari majmuini to‘liq qamrab olgan. Tizimning bu ta’rifiga muvofiq konlarni turli ishlash tizimlarini ta’riflash uchun ko‘p sonli ko‘rsatkichlardan foydalanish kerak. Ammo, amaliyotda neft konlarini ishlash tizimlari ikkita eng yaqqol ajralib turuvchi alomatlari orqali farqlanadi:
yer ostidan neft olish jarayonida qatlamga ta’sir etish borligi yoki yo‘qligi;
konda ishlatish quduqlarini joylashishi.
Ushbu alomatlar asosida neft konlarini ishlash tizimlari tasniflashtiriladi.
Turli ishlash tizimini ta’riflovchi to‘rtta asosiy ko‘rsatkichni ko‘rsatish mumkin.
Quduqlar to‘rining zichligi Squd, oluvchi yoki haydovchi quduqlari bo‘lishidan qat’iy nazar, bitta quduqqa to‘g‘ri keluvchi neftlik maydoniga teng. Agar neftlilik maydoni Sn ga teng, kondagi ishlatish quduqlari soni n bo‘lsa
Squd
Sn / n
(4.1)
qud
Ishlatish quduqlari to‘rining zichligi birligi S m2 / qud . Ayrim hollarda bitta olish qudug‘iga to‘g‘ri keluvchi neftlilik maydoniga teng Solko‘rsatkichdan ham foydalaniladi.
A.P.Krilov ko‘rsatkichi Nkrolinadigan neft zaxiralarini Nolkondagi ishlatish quduqlarining umumiy soni nisbatiga teng:
Nkr Nol /n
Ko‘rsatkich birligi [Nkr]=t/qud
(4.2)
ko‘rsatkichi, haydovchi quduqlari sonini nh olish quduqlari soniga nolnisbati:
nh / nol (4.3)
r ko‘rsatkichi,kondagi asosiy ishlatish quduqlari fondiga qo‘shimcha burg‘ilanayotgan rezerv quduqlari sonini umumiy ishlatish quduqlari soni nisbatiga teng. Rezerv ishlatish quduqlari ilgari ma’lum bo‘lmagan, ammo ekspluatatsion quduqlarni burg‘ilash jarayonida aniqlangan, qatlamni geologik tuzilishi xususiyatlari, neftni va jinslarni fizik xossalari (litologik har xillik, tektonik buzilishlar, neftni nonyutonlik xossalari va hokazolar) natijasida, ishlash bilan qamrab olinmagan qatlam qismlarini jalb etish maqsadida burg‘ilanadi. Agar kondagi asosiy ishlatish quduqlari fondi soni n ga, rezerv ishlatish quduqlari soni nr ga teng desak
r nr / n
(4.4)
Ishlatish quduqlarini joylashtirish geometriyasi nuqtai nazaridan neft konlarini ishlash tizimlarini ta’riflovchi yana bir qator ko‘rsatkichlar bor, ular ishlatish quduqlari qatorlari yoki tizimlari orasidagi masofa, qatorlardagi ishlatish quduqlari orasidagi masofa va shu kabilar.
Agar konni asosiy ishlash davrida, suv-neft tutash yuzasini kichik ko‘chishini kuzatilishi, ya’ni chegara tashqarisidagi suvlarni kam faolligiga xos bo‘lgan erigan gaz rejimida ishlashi taxmin qilinayotgan bo‘lsa, ishlatish quduqlarini teng o‘lchamli, to‘rt nuqtali (4.2-rasm) va uch nuqtali (4.3-rasm) to‘g‘ri geometrik to‘r
bo‘yicha joylashtirish qo‘llaniladi. Suv-neft va gaz-neft tutash yuzalarini ma’lum darajada ko‘chishi taxmin qilingan hollarda, ishlatish quduqlari ushbu tutash yuzalar holati inobatga olib joylashtiriladi (4.4-rasm).
Neft konlarining qatlamga ta’sir qilish bo‘lmagan tizimlari kam, faqat quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
o‘lchamlari (zahirasi) nisbatan kichik, chegara orti suvlari faol bo‘lgan konlarni ishlashda;
qovushqoqligi yuqori neft konlarini ishlashda.
Qatlamga ta’sir etmasdan ishlash tizimlarida ishlatish quduqlari to‘ri zichligi ko‘rsatkichi juda katta oraliqda o‘zgarishi mumkin. O‘ta qovushqoq neftli (qovushqoqligi bir necha yuz mPa·s) konlarni ishlashda Squd=(1-2)·104 m2/qudbo‘lishi mumkin. Kichik o‘tkazuvchan kollektorli konlar odatda Squd=(10- 20)·104m2/qudbilan ishlatiladi. O‘ta qovushqoq neftli va kichik o‘tkazuvchan kollektorli konlar Squdning yuqorida keltirilgan kattaliklari qalinligi katta qatlamlarda, ya’ni A.P.Krilov ko‘rsatkichi katta yoki ishlashdagi qatlamlarni yotish chuqurligi kichik bo‘lganda, iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Oddiy kollektorli konlarni ishlashda Squd=(25-64)*104 m2/qud.
|
| |