“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/3”
24
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA INVESTOR PORTFELINI
MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Madreymova Shirin Urazbayevna
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Annotatsiya:
Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar qo’lida, asosan
valyuta jamg’armasi ko’rinishida katta miqdorda mablag’ to’plangan. O’zbekiston
hududida potensial investor qimmatli qog’ozlarga muqobil sarmoya kiritish
imkoniyatiga ega. Buning uchun qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish, narx
o’zgarishini kuzatish, narx tendentsiyalarining xatti harakatlarini bashorat qilish va
o’zining afzalliklari va prognozlariga qarab uni saqlash bo’yicha faol strategiyani
shakllantirish kerak. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi qimmatli qog’ozlar bozorida
investor portfelini matematik modellashtirishni o’rganishga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar:
qimmatli qog’ozlar, investitsiya, investor portfeli, YaIM, broker,
birja, aksiya, prognoz, strategiya, moliyaviy savodxonlik.
Mamlakatning rivojlanishi va makroiqtisodiy o’sishi uchun, korxona yoki
kompaniyalariga
norezidentlar
yoki
rezidentlar
tomonidan
kiritilayotgan
investitsiyalar katta daromad ulushini tashkil qiladi. Asosan shunday omillar sabab
Markaziy va Sharqiy Osiyo davlatlari so’nggi yillarda rivojlanib boryapti.
Naqd pulga yoki jamg’armaga ega bo’lgan yurtimiz aholisining mahalliy yoki
xorijiy investorligiga bo’lgan qiziqishi ortib borayotgan hozirgi davrda, ularning bu
soha bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lishlari va undan to’g’ri foydalanishi ham
davlatimiz iqtisodiyoti(YaIM), ham aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda
katta ro’l o’ynaydi. Mamlakatimizning rivojlanishi uchun qilinayotgan qator iqtisodiy
islohotlar yillar davomida o’sishda davom etib kelayotgan YaIM(yalpi ichki
mahsulot)ning progressiv o’sishi uchun to’g’ridan-to’g’ri xorijiy va mahalliy
investorlarning o’rni e’tiborga molikdir. Aynan shuning uchun iqtisodchilarimiz
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/3”
25
ushbu yo’nalish bo’yicha ko’plab yangilanishlarga qo’l urishgan. Shu bilan birga
ilmiy ishim mavzusi “Qimmatli qog’ozlar bozorida investor portfelini matematik
modellashtirish” mavzuim orqali xorijiy va mahalliy investitsiya uchun ishlab
chiqilgan va takomillashtirishda davom etayotgan investor portfeli va uning
matematik modeli haqida ayrim masalalarni ko’rib chiqishga bag’ishlanadi.
Qimmatli qog’ozlarning bir turi aksiyalar, investorning aksiyadorlik
vositasidir. Qanday qilib investitsiya kiritish orqali foyda olish, pul ishlash mumkin?
Yurtimizdagi ko’plab kompaniyalar o’z faoliyatini moliyalashtirish, korxonani
rivojlantirish, foydani ko’paytirish uchun investorlarni jalb qiladi. Jamiyat
aksiyalariga o’z mablag’larini qo’ygan investor shu bilan birga mulkdor ham bo’ladi.
Foydaning aksiyalar soniga munosib ravishda ulush olish huquqini qo’lga kiritadi.
Aqlli qaror – bu o’z faoliyati sohasida yetakchi bo’lgan kompaniyalarga sarmoya
kiritishdir. Bunday depozitlar investorlar orasida mashxuri, sababi ular barqaror va
ishonchli daromad keltiradi. Investor portfeligacha bo’lgan jarayonlarni ketma
ketlikda keltirib o’taman:
1.
Qimmatli qog’ozlar bozori asoslarini o’rganish;
2.
Maqsadni belgilash;
3.
Broker tanlovi;
4.
Brokerlik hisobini ochish;
5.
Strategiyani shakllantirish;
6.
Investitsion portfelni shakllantirish;
7.
Birja tanlovi;
8.
Aksiyalarni sotib olish.
Asosiy ko’rib chiqishimiz kerak bo’lganimiz bu oltinchi qadamdagi Investitsion
portfelni shakllantirishdir. Bu qadam investor uchun emas, aslida moliyaviy
investitsiya bo’yicha yetarli bilimga ega brokerning bajaradigan harakatlaridir.
Sharqiy Osiyo va rivojlangan demokratik davlatlardagi xorijiy va mahalliy
investitsiya bo’yicha qilingan uzoq yoki qisqa muddatli strategik g’oyalaridan
o’zimizga moslashtirgan holda foydalanishimiz maqbul yechim bo’ladi. Investor
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/3”
26
portfelidan to’g’ri foydalanish, aholining passiv daromadini oshiradi hamda
kompaniya va korxonalarning rivojlanishiga o’z ulushini qo’shadi. Aksiya sotib olish,
investitsiya kiritish bilan tezda daromad kelib qolmaydi. Buning uchun stretegik reja,
maqsad va doimiy ravishda makroiqtisodiy yangiliklar, kurs o’sishi yoki pasayishi,
shu bilan birga investorlik qilgan kompaniya yoki korxona davlatidagi inflyatsiya
darajasi ham muhim o’rin tutadi. Investorlik kompaniyalarning taklif qilishicha,
2022-yilgi investitsiyadan yillik foyda olish 30-50 % ni tashkil qiladi. Daromadni
doimiy ravishda kuzatib borish uchun raqamli texnologiya O’zbekistonda jadal
rivojlanib borayotgan yo’nalishdir. Xorijiy yoki mahalliy investorlar uchun alohida
investor portfellari ishlab chiqilgan. Davlatning qonun va huquq me’yorlaridan,
ushbu davlatning rivojlanganligi va korxona yoki kompaniyaning talab va taklif
darajasidan kelib chiqqan holda tuziladigan tarifdir. Investor portfelini oldindan
rejalashtirgan holda uzoq yoki qisqa muddatga tanlash mumkin. YaIM yoki
inflyatsiya darajasiga ko’ra investor portfelini diversifikatsiya qilish, yuqori daromad
olish uchun maqbul yechim ekanligi haqida ko’plab amaliy-nazariy bilim va
ko’nikmalar mavjud. Investitsiyani investor moliyalashtirish va iqtisodiy yetarli
bilimi bo’lganda shaxsan o’zi boshqarib turishi mumkin. Boshqa hollarda esa uni
maslahatchi broker yollagan holda boshqarilishi investor uchun passiv daromad,
broker uchun esa asosiy daromadi bo’lishi mumkin. Broker bir vaqtning o’zida bir
nechta investorning mablag’ini boshqarishi mumkin. Bunga esa albatta investitsiya
bo’yicha va iqtisodiy moliyalashtirtish bo’yicha juda yuqori bilim va tajriba
bo’lsagina ikkala tomon uchun ham daromad manbayi bo’lia oladi. Ta’kidlash joizki
bir vaqtning o’zida tajribali investor ham, yoki bu sohada yetarli bilimi yo’q investor
ham investitsiya qila turib sarmoyasidan ayirilishi yoki yuqori daromad egasi bo’lishi
mumkin. Bu bir qatorda sohadagi tajriba yoki omadga bog’liqdir. Aksiyalar va
boshqa turdagi ko’plab qimmatli aksiyadorlik jamiyatlari maxsus fond birjalarida
sotiladi. Investor kelajakda aksiyalarning qiymatini tahlil qilishi va bashorat qilishi
kerak.
Aksiyador shaxs aksiyalarni sotib olish va ularni yaxshiroq vaqtgacha ushlab
turish usuli bo’lish huquqiga ega. Bu uzoq muddatli investitsiyadir. Qoida bo’yicha,
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/3”
27
ishonchli kompaniyalarning aksiyalari vaqt o’tishi bilan o’sib boradi. To’g’ri
investitsiya bilan, ma’lum vaqtdan keyin ular foydali tarzda sotilishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib investor portfelini matematik
modellashtirish, bir necha yillik daromad olish uchun optimal yo’nalish bera olishi
mumkin. Investor portfelini tarkibiy tizimlashtirish uchun cheklov va omillar
qanchalik yetarli va aniq bo’lsa, matematik modeldan ham shunchalik optimal
yechimni hisoblab olish mumkin.
|