Bu formulada l - m da; α - mutanosiblik koeffitsienti; Squd – m2/quduqda. (4.5)-ifodadan ishlatish quduqlarini hamma joylashtirish sxemalarida ular
orasidagi masofani hisoblash uchun foydalansa bo‘ladi.
Neft konlarini qatlamlariga ta’sir etmasdan ishlash tizimlari uchun
ko‘rsatkichi nolga teng, kr ko‘rsatkichi esa 0,1-0,2 bo‘lishi mumkin, vaholanki
rezerv ishlatish quduqlari asosan neft qatlamlariga ta’sir etib ishlash tizimlarida nazarda tutiladi.
Neft konlaridagi qatlamlarga ta’sir etmasdan ishlash tizimlari O‘zbekistonda kam qo‘llaniladi. Bunday tizimlar asosan uzoq muddat ishlatilib zaxiralari jiddiy kamaygan, chegara tashqarisidagi suvlar faol va nisbatan kichik o‘lchamli, o‘ta qovushqoq neftli
kichik chuqurlikda yotuvchi, kichik o‘tkazuvchan gilli