Testlar tarqatilmasin!!! 10-sinf. Biologiya. Mavzular ortib borish tartibida joylashtirilgan




Download 1,58 Mb.
bet1/7
Sana22.11.2020
Hajmi1,58 Mb.
#12682
  1   2   3   4   5   6   7

TESTLAR TARQATILMASIN!!!


10-SINF. BIOLOGIYA.

MAVZULAR ORTIB BORISH TARTIBIDA JOYLASHTIRILGAN.
1. Quyidagi qaysi fikr to’g’ri fikrni inkor etmaydi? A)Maltoza urug’lanayotgan urug’ uchun energiya manbayi B)Oltingugurt oqsillarning ikkilamchi strukturasida disulfid bog’ hosil qiladi C)Geparin hayvonlarda qon ivishiga to’sqinlik qilmaydi D)Glukozaning asosiy manbayi bo’lgan uglevod sutda uchramaydi

2. C12H22O11 tarkibga ega moddaga xos bo’lmagan xususiyatni toping. A)Organizmda kechadigan ko’pgina jarayonlar uchun energiya manbayi B)Uning tarkibidagi uglevodlar o’zaro glikozid bog’lar orqali bog’lanadi C)Suvda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega D)O’simlik hujayralari qobig’iga mustahkamlik beradi 3. Tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasiga xos bo’lmagan ma’lumotni to’g’ri ko’rsating. A)Asosiy komponentlarining elementar birligi bir xil turlarga mansub populyatsiyalardir B)Global davriy aylanish C)Yerdagi barcha ko’rinishlarini qamrab olgan D)To’g’ri javob yo’q 4. Bionika bu …



A) organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, texnik sistemalar yaratishni B) organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, biologik sistemalar yaratishni C) anorganik tabiat faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, fizik sistemalar yaratishni D) anorganik tabiat faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib, fizik va biologik sistemalar yaratish 5. Quyidagi fikrlarning qaysi biri gidrofob moddalar uchun xos emas?

A) O’simlik to’qimalarida zahira modda sifatida to’planadi B) Hayvon to’qimalarida zahira modda sifatida to’planadi C) Issiqlikni yomon o’tkazadi D) Unayotgan urug’ uchun energiya beradi 6. Umurtqasizlar qonidagi gemosianin tarkibida kislorod tashish funksiyasini bajaruvchi elementga xos bo’lgan ma’lumotl? A)fermentlar tarkibida uchramaydi



B)1,9 foizni tashkil etmaydi C)temir bilan o’xshash funksiya bajarmaydi D) uchrash miqdoriga ko’ra F bilan bir guruhga kirmaydi 7. O’xshash hujayralar va hujayralararo moddalardan tashkil topgan biotizmga xos xususiyat ? A) aniq bir joyda joylashadi B)yaxlit biologik tizim C)energiyaning to’planishi va sarflanishi sodir bo’ladi D)hujayralar ixtisoslashuvi kuzatiladi 8. Miqdori hujayralardagi moddalar almashinuvi intensivligiga bog’liq bo’lgan moddaga xos ma’lumotlarni belgilang. 1)buferlikni ta’minlaydi; 2)barcha organic birikmalar tarkbiga kiradi; 3)erituvchi; 4)metabolizm mahsulotlarini tashiydi; 5) hujayradagi miqdori 98%; 6)ko’p hujayrali organizmlardagi miqdori 80% 7)Ko’pchilik organizmlar uchun yashash muhiti; 8)dipol molekula; 9)gidrofil bo’la oladi. A)1,9,3 B) 4,7,8 C) 2,9,5 D)1,7 9. ATF haqidagi ma’lumotlarni ajrating. 1)gidrofil emas; 2)gidrofob emas; 3)tarkibida mikroelementlardan N uchraydi; 4)tarkibida makroelementlardan P uchraydi; 5) tarkibida mikroelementlardan yod va mis uchraydi; 6)makroergik bog’larga ega; 7) faqat geterotroflar uchun asosiy energiya manbayi; 8) tarkibida monosaxaridlardan riboza va dezoksiriboza uchraydi; 9)universal energiya manbayi.

A) 4,7,9 B)1,3,6 C)2,5 D)4,1,8

10. Fikrni davom ettiring.

Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o’zgarishlariga qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fiziologik jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni …. A)ta’sirlanish B)o’zgaruvchanlik C)gomeostaz D) o’z-o’zini idora qilish

11. Quyidagilarni monosaxaridlarning guruhlariga ajrating.

1)laktoza; 2)eritroza; 3)riboza; 4)galaktoza; 5)saxaroza; 6)sellyuloza; 7)glitseraldegid; 8)fruktoza; a)pentoza; b-trioza; c-geksoza; d-tetroza; e-disaxarid A)a-3;b-7; c-8 d-2 B)a-3;b-7;c-8;d-2;e-5

C)a-5;b-2;c-3; d-7 D)a-2;b-7;c-6; d-4; e-8 12. Immunoglobulin …

A) qon tarkibida uchraydi B) virusni taniydi C) bakteriyalarni taniydi



D) a,b,c

13. Aktimiozin nima?

A) monosaxarid va oqsil kompleksi B)ikki xil uglevod kompleksi

C) ikki xil oqsil kompleksi

D) disaxarid va oqsil kompleksi

14. Qaysi holatda irsiy axborotning nasldan naslga o’tishi xatosiz ro’y beradi?

A)nukleotidlar ketma-ketligi saqlangan holatda B)nukleotidlar ketma-ketligi saqlanmagan holatda C) RNK bilan bog’liq D) mutatsion o’zgaruvchanlik bilan bog’liq 15.Quyidagilardan qaysi biri ATF energiyasi hisobiga sodir bo’ladi?

A)organ va to’qimalar faoliyati, sellyulozani o’simlik hujayrasi qobig’iga mustahkamlik berishi B) endositoz va hujayradagi barcha biosintetik reaksiyalar

C) ekzositoz va geparinning qon ivishiga to’sqinlik qilishi

D) membrana orqali moddalarning aktiv transporti, gidrofob bo’la olmasligi

16. Hayotning molekula darajasida o’rganishda, asosiy e’tibor nimaga qaratiladi? A) plastik alamshinuvga

B) organik moddalarning parchalanishiga C) anorganik moddalardan organik moddalarning hosil bo’lishiga D)dissimilatsiyaga 17. Tuzilishiga ko’ra eng sodda oqsilni belgilang. A)gemoglobin B)mioglobin C)kollagen D)insulin

18. Organik karbon kislotaning xosilalariga xos bo’lgan ma’lumot qaysi javobda berilmagan? A) tarkibida azot bor B)agar uning soni 43ta bo’lsa demak, peptid bog’lar soni 42ta C) siklik yoki asiklik bo’lishi mukin D)fosfodiefir bog’lar orqali bog’lanadi

19. Quyidagi fikrlardan qaysi biri to’g’ri fikrni inkor etadi? A) kalsiy elementi ayrim funksiyasi bilan trombin oqsiliga o’xshaydi B) glukoza erkin holatda plazmidda bo’ladi C) glikozid bog’ bu glukoza hamda saxarozani o’rtasidagi bog’

D) eritroza odatda kichik tarkibiy qismlarga gidrolizlanmaydi

20. …. hujayraning barcha membranali tuzilmalari asosini tashkil etadi. A)kollagen B) glikogen C)steroid D)mis 21. … “beda bargi” degan ikkilamchi strukturaga ega. Nuqtalar o’rniga mos keluvchi so’zga xos bo’lmagan xususiyatni toping. A) tarkibida disaxaridlar uchramaydi B) odatda yadroda hosil bo’ladi C) akseptor uchga ega



D) ikkita faol qismi mavjud 22. To’rtlamchi tuzilma bu …. A) faqat gidrofob bog’lar bo’ladi B) spiral shaklda bo’ladi C)mioglabin misol bo’la oladi D)globula shaklga ega bo’ladi 23. Xolestrin hujayra membranasining muhim tarkibiy qismi? A)steroid B)fosfolipid C)glikolipid D)tubulin 24. Turlar bir-biridan kelib chiqish jihatidan qancha uzoq bo’lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ….. A) yo’qolib boradi B) kattalashib boradi

C)o’zgarmaydi D)oqsilning turga aloqasi yo’q 25. Noto’g’ri fikrni qaysi javob inkor etadi? A)organizmda sodir bo’ladigan moddalar almashinuvi jarayonida biomolekulalar , to’qima va organlarning doimiy yangilanishi sodir bo’ladi B) organ bu – ma’lum tuzilish va shakl;ga ega, turli joyda joylashgan organizmning bir qismidir C) hujayraning osmotic bosimini ta’minlashda Na, Mg va Cl muhim rol o’ynaydi D) kartoshka tugunagida kraxmal bo’lmagan mioddalar foiz miqdori 80% 26. Molekulyar massasi 180g ga teng bo’lgan moddaning sog’lom odam siydigadagi miqdori qancha?

A)80-120mg% B)80-120g% C)4,5-5,5mg% D)to’g’ri javob yo’q

27. Mg haqidagi to’g’ri fikrlarni toping. 1)xlorofill molekulasi tarkibiga kiradi; 2)energiyaning bir turdan boshqa turga o’tishida ishtirok etadi; 3)koferment bo’la oladi; 4)nerv impulslarini o’tkazishda ishtirok etmaydi;5)DNK sintezini faollashtirishda ishtirok etadi.; 6)barcha organic birikmalar arkibiga kiradi A)1,2 B)3,6 C)4,5 D)2,4 28.Aniq bir joyda joylashgan organizmning bir qismi bu? A)to’qima B)organ C)bosh miya D)hujayra 29. B12 vitamini haqidagi to’g’ri fikrni toping. A) anorganik moddalarning kichik molekulalar guruhiga kiradi



B)Ca tarkibida uchramaydi

C) Zn tarkibida uchraydi D)molekulasi hajmi jihatdan aminokislotalar bilan bir guruhga kirmaydi 30. Nukleotid tarkibini to’g’ri ko’rsating. A)azotli asos, riboza, dezoksiriboza, fosfat kislota qoldig’i

B) azotli asos, monosaxarid, disaxarid, ATF C)ATF, azotli asos, monosaxarid D) azotli asos va monosaxaridlar, oqsil

-----------------------------------------------------


1.. Quyidagilarni mos ravishda toping. a)mikologiya; b)embriologiya; c)fiziologiya; d)gidrobiologiya e)etologiya 1)hayvonot olamining xulq-atvorini o’rganadi; 2)qazilma holdagi organizmlarni o’rganadi; 3)murtak rivojlanishini o’rganadi; 4)suv muhitidagi organizmlarni o’rganadi; 5)organizmlar organlar tuzilishini o’rganadi; 6)organizmlar organlar funksiyalarini o’rganadi; 7)hayvonot olamini xulq-atvorini o’rganadi; 8)mikroorganizmlarni o’rganadi. A)a-8; b-3; d-4; e-7 B)c-5; b-3; e-7; d-4 C)b-3; e-7; c-6; d-4 D)a-8; b-3; c-6; d-4; 2. Quyidagilardan nechtasi kichik molekulali organic moddalarga kiradi(a) va kirmaydi(b) ? 1)K+ ; 2)natriy xlor; 3)eritroza; 4)gemoglobin; 4)xitin; 5)sulfat kislota; 6)amilaza; 7)adenin; 8)chumoli kislota; 9)tiamin; 10)kraxmal; 11)treonin; 12)lixenin A) a-6; b-6 B)a-8; b-4 C)a-5; b-3 D)a-6; b-3 3.Oshqozon shirasi tarkibiga kiruvchi element qaysi? A)kaliy B)xlor C)pepsin D)lipaza 4.Quyidagi fikrlarmi metodlar orqali juftlang. 1-kuzatish; 2-taqqoslash; 3-tarixiy; 4-tajriba l-baqaning jigari oshqozonining ostida joylashgan; k-baqa og’zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o’ljani tili bilan yopishtirib oladi; m-qurbaqaning terisi baqaga nisbatan dag’alroq; o-amfibiyalarga nisbatan reptiliyalarda o’pka yaxshiroq rivojlangan; p-qadimgi panjaqanotlilar o’pka bilan nafas olgan; q-belugaga nisbatqan salamandrada miyachasi yaxshi rivojlanmagan; u-qurbaqa o’rmalab yoki qisqa qisqa sakrab yuradi; y-baliqlarning qadimgi ajdodi lansetnikka o’xshash sodda tuzilgan xordalilar bo’lgan; x-tilanbaliqning tikonlari tanasining orqa tomonida bo’ladi; t-baqaning o’z rivojlanishi davomida balqilarning belgilarini takrorlashi; f-baliqlarning ajdodi yirtqichlik bilan hayot kechirgan.s-simmentalning kelib chiqishi A)1-k,x; 2-q,m,t; 3-p.f; 4-l, s B) 1-u, x; 2-o. q; 3-y,p; 4-k,l C) 1-u,k; 2-m,o,q; 3-f,y;s 4-l,t D)1-u,s; 2-o,q,t; 3-p,y; 4-l,k

5. Notirik tabiat uchun xos bo’lgan jarayonlarga kiruvchi (a) va kirmaydigan jarayonlar nechtaligini toping. 1)oqsil sintezi; 2)axborot almashinuvi; 3)yemirilish; 4)yonayotgan shamdan energiya ajralishi; 5)harakat vaqtda energiya ajralishi; 6)tuzli eritmalarda kristallarning hajmining ortishi; 7)tuzli eritmalarda plazmoliz hodisasi; 8)tuzli eritmalarda kristallarning massasining ortishi; 9)fagotsitoz A) a-6; b-3 B)a-5; b-4 C)a-3; b-5 D) )a-4; b-5



6.Bir biri va atrof muhit bilan o’zaro dinamik munosabatda bo’lgan biologik darajaga quyidagi qaysi jarayonlar xos? s)tur hosil bo’lish jarayoni; t)turning ma’lum arealga ega ekanligi; u)biotic munosabatlar; v)oziq zanjiri; x)moddalar va enrgiyaning davriy aylanishi; z)populyatsiya genofondining o’zgarishi; g)hujayralarning ixtisoslashuvi; k)moslanishlar;f)moddalar va energiyaning global davriy aylanishi; p)ekosistemalar strukturasi A)v,p,f B)s,x,u C)u,k,x,p D)v,x,u 7.Biologik tizimda hayotni o’rganish uchun boshlash kerak bo’ladigan va taqozo etadigan eng kichik daraja qaysi? A)hujayra B)molekula C)atom D)to’qima 8. Hujayra, to’qima, organ, organism, populyatsiya va tur, biogeotsenoz, biosfera darajalaridagi o’zaro aloqadorlikni nima ta’minlaydi? A)endoplazmatik to’r B)yadro C)molekula D)membrane

  1. 9. Tirik organizmlarni o’rganishda dastlab e’tibor qaratiladigan moddalar qaysilar? A)anionlar, tuz, vitamin B)gormon, monosaxarid, oqsil C)glukoza, suv, xlor D)suv, nuklotid, glukoza 10. Makromolekulalarning noyob tuzilish xususiyati ularning …. bilan tavsiflanadi. A)tarkibidagi C miqdori bilan B)bajaradigan biologik vazifasi bilan C)biokimyoviy jarayonlardagi ishtiroki bilan D)monomerlar soni bilan 11. Quyidagi elementlarni vazifasi to’liq noto’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1)N; 2)Mg; 3)Cu; 4)Zn; 5)K; 6)S j)barcha organic birikmalar tarkibiga kiradi; n)xlorofill tarkibiga kiradi; m)nerv impulslarini o’tkazishda ishtirok etadi; k)metionin tarkibiga kiradi; o)insulin gormoni tarkibiga kiradi; l)gemosianin tarkibiga kiradi; p)koferment sifatida ishtirok etadi; q)qonning normal ivishini ta’minlaydi; r)suyak to’qimasi tarkibiga kiradi; s)hujayraning osmotic bosimini ta’minlaydi; t)energiyaning bir turdan boshqa turga o’tishida ishtirojk etadi; u)uchlamchi strujkturada ishtirok etadi; v)ATF tarkibiga kiradi; x)o’simliklar rivojlanishida muhim rol o’ynaydi

A)3-n; 6-p,l,r; 1-j,t; 5-n,s,v; 2-o,m; 4-l,u B)5-m,x,q; 1-v,n; 3-l; 2-n,p; 6-k,u; 4-o C)4-l,p; 1-j,v; 2-r,p 5-m,q; 3-l,x; 6-u,o D)1-n,s,v; 3-l,j; 6-u,v,x; 2-m,o; 4-o,q; 5-x,t 12. Gidrofil moddalar berilmagan qatorni toping. A)glukoza, etanol B)DNK,maltoza, C)kraxmal,gemoglobin D)osh tuzi, laktoza 13.Eritroza uchun xos xususiyatlar nechtaligini toping. b)gidrofob bo’la olmaydi; s)maltoza bilan bir guruhga kiradi; j)tarkibida C lar soni bilan glukozadagi Clar son nisbati 1,5ga teng; n)gidrofil modda; f)lixenin bilan tarkib bo’yicha o’xshash; t)gidrolizlanadi; p)kichik molekulali emas. A)4 ta B) 5 ta C)2 ta D) 3 ta 14.Xolesterin haqidagi to’g’ri bo’lmagan fikrni toping. f)gidrofob emas; j)plastic funksiya bajaradi; n)jinsiy bezlarda bo’ladi; m)hujayra membranasi tarkibida uchraydi; k)ortiqchasi miokard kasalligini keltirib chiqaradi;o)gidrofil emas; p)buyrak usti bezida bo’lmaydi A)p, o, k B)j,n,f C)m,o,j D)f,p,k 15.Quyidagi uglevodlarni funksiyasi bilan juftlang. a)saxaroza; b)geparin; c)glukoza; d)sellyuloza; e)steroid; f)insulin 1)glukozaning asosiy manbayi; 2)o’simlik barg to’qimasi bu moddadan tashqari boshqalari 70-85% bo’ladi; 3)hayvonlarda qon ivishiga to’sqinlik qiladi; 4)hujayraning nafas olishi uchun energiya manbayi; 5)qonda qand miqdorini me’yorlashtiradi; 6)jinsiy bezlardan sintezlanadi; 7)unayotgan urug’ uchun energiya manbayi; 8)hayvon to’qimalarida zahira modda. A)d-2; a-1; c-4; b-3 B)f-5; d-4;a-1;c-7 C)e-6; b-3; c-4; f-5;a-1;d-2 D)c-7; d-2;b-3;a-1 16. Lipidlar …….. tufayli organizmda issiqlikni saqlashga yordam beradi. A)issiqlikni yaxshi o’tkazganligi B)issiqlikni yomon o’tkazganligi C)gidrofob emasligi C)gidrofil bo’lmasligi 17. Quyidagilardan to’g’ri bo’lmagan fikrlarni ajrating. 1)lixenin va eritroza bir biridan C soni bilan farq qilmaydi; 2)laktozada glikozid bog’ mavjud; 3)fermentlar kichik molekulali organik moddalardir; 4)kalsiy muskullar qisqarishini ta’minlaydi; 5)Co tish email tarkibiga kiradi; 6)Ca nerv impularini o’tkazishda ishtirok etadi; 7)maltoza gidrofob emas A)1,2,3 B)5.6 C)1,4 D)6,7,2 18. Quyidagilar ichidan “ortiqcha”sini tanlang. A)A.G’ofurov, A.Abdukarimov B) J.Tolipova, O.Ishankulov C)T.Tilavov, B.Aminov D)M.Umaraliyeva, I.Abdurahmonova 19. Akademik V.V.Volkenshteyn tomonidan hayot ta’rifi qaysi qatorda berilgan?

A) yerda mavjud bo’lgan tirik organizmlar va noorganik olam biopolimerlardan, ya’ni oqsillar va lipidlar hamda nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o’z-o’zini yangilay oladigan yopiq sistemadir.



B) Yerda mavjud bo’lgan tirik organizmlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar va nuklein kislotalardan tuziligan. Ular o’z-o’zini idora qila oladigan va yarata oladigan ochiq sistemadir.

C) Yerda mavjud bo’lgan tirik organizmlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar va nuklein kislotalardan tuziligan. Ular o’z-o’zini idora qila oladigan va yarata oladigan yopiq sistemadir.

D) Yerda mavjud bo’lgan tirik organizmlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar va nuklein kislotalardan tuziligan. Ular o’z-o’zini hosil qila oladigan va idora qila oladigan ochiq sistemadir. 20. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri fikrni inkor etadi? A)azot DNk sintezini faollashtirishda ishtirok etadi B)Co B6 vitamini tarkibiga kiradi C)Zn qalqonsimon bez gormonlari takibiga kiradi D)Na hujayraning osmotik bosimini belgilaydi 21. Yog’ kislotalari va ko’p atomli spirtlarning birikishidan hosil bo’ladigan modda haqidagi to’g’ri bo’lmagan fikrlarni toping. A) kaptar patini yumshtadi B)lolani qurib qolishdan saqlaydi C) hayvonlar junini suvdan himoya qiladi D)o’simlik hujayra qobig’ida uchraydi 22. Galaktoza va laktoza haqidagi umumiy bo’lmagan ma’lumotni toping. A)suvda eruvchanligi B)tarkibida C bo’lishi C)sut tarkibida uchrashi D)energiya berishi 23. Hayotning biogeotsenoz darajasining elementar birligi bo’lgan darajaga xos bo’lgan jarayonlar?

1)populyatsiya dinamikasi; 2)biotik munosabatlar; 3)individlar soni; 4)oziq zanjiri; 5)yashovchanlik; 6)mavsumiy o’zgarishlar; 7)tur hosil bo’lish jarayoni A)2,7 B)1,4 C)5,6 D)3,7 24. Dastlabki hayotning suvda paydo bo’lganligini isbotlovchi dalil nima? A)hujayralarda organoidlar mavjudligi B)hujayradagi hayotiy jarayonlarning suvda o’tishi C)baliqlarning suvda yashashi D) sitoplazmaning mavjudligi 25.Quyidagilar ichidan ortiqchasini toping. A)glukoza B)eritroza C)fruktoza D)galaktoza26.To’g’ri fikrni toping. A)kletchatka gidrofob bo’la olmaydi B)dipol – ikki qutbi bir xil zaryadlangan molekula C) Mg xlorofilda uglevod hosil qilishda qatnashadi D)geparin hayvonlarda bo’lmaydi 27. Fotosintez uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ajrating.

d)tirik organizmlar yashashi uchun qulay muhit yaratadi; s)universal energiya manbayi; g)Yerda hayotning paydo bo’lishi;j)oqsillar biosintezi; n)yorug’lik energiyasini kimyoviy bog’lar energiyasiga aylanishi; k)irsiy axborotni saqlashi

A)d,n B)s, j C)g,k D)s, n28. Quyidagilardan qaysilarining biri ikkinchisidan katta hisoblanadi? A)atom lixenin B)biogeotsenozeritroza; insulinC)populyatsiya>tur; biosfera>ekosistema; monomer
bakteriya 29. Qonda qandning miqdorini toping. A)4,5-5,5% B)180-120millimol C)80-120% D)80-120milligramm

30.Bakteriya, zamburug’lar, o’simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi?



A)oqsil B)nukleotid C)yadro D)glukoza

_____________________________________

  1. Eukariot organizmning “Prokariot” hujayrasi uchraydigan to’qimalarga xos xususiyatlarni belgilang.

1. O’lik va tirik hujayralardan tashkil topgan; 2. Faqat tirik hujayralardan tashkil topgan ; 3. Endodermadan hosil bo’ladi ; 4. Blastaselda joylashgan murtak varag’idan hosil bo’ladi ; 5. Dastlab moluskalarda hosil bo’lgan ; 6. Dastlab kiprikli chuvalchanglarda xosil bo’lgan.

A) 1,4,6 B) 2,5,4 C) 6,2,3 D) 6,2,4

  1. Vegetative o’rganining metamorfozidan generative o’rgani hosil bo’lgan, ikkilamchi to’qimaga ega o’simlik?

A) qarag’ay, sarv B) chinnigul, sallagul

C) nastarin, uchqat D) xolmon, rayhon

  1. Plazmatik membrananing tarkibiy qismlari to’g’ri berilgan qatorni toping.

1. Glikolipid ; 2. Glikoprotein ; 3. Bir qator lipidlar ; 4. Xolosterin ; 5. Ikki qator lipidlar ; 6. Bir necha qator lipidlar ; 7. Tola ; 8. Mikronaycha ; 9. Periferik oqsil ; 10. Integral oqsil.

A) 10,2,7,3,8,1,9,4

B) 10,1,2,9,4,8,6,7

C) 1,2,9,10,7,3,5,8



D) 2,10,4,9,5,7,8

  1. 2n 4c to’plam gametogenezning qaysi bosqichida kuzatiladi ?

A) faqat o’sish B) faqat ko’payish

C) ko’payish va o’sish D) o’sish va yetilish

  1. Mumlar tarkibini aniqlang.

A) 3 ta yog’ kislota va glitserin

B) yog’ kislota va glitserin

C) 3 ta yog’ kislota va ko’p atomli spirt

D) yog’ kislota va ko’p atomli spirt


  1. Jinsiy ko’payadigan, krossingover kuzatilmaydigan, lizosomali organism ?

A) vibrion, kok B) infuzoriya

C) chuchuk suv gidrasi D) xrokokk



  1. Volkenshteyn tarifiga tushmaydiganlarni belgilang.

A) qizilcha, qutirish qo’zg’atuvchisi

B) qutrish, kuydirgi qo’zg’atuvchisi

C) o’lat, dizinteriya qo’zg’atuvchisi

D) oqpalak, qorakuya qo’zg’atuvchisi



  1. Antotsian pigmenti mavjud sentriolali (a) va sentriolasiz (b) organizmlarni aniqlang.

1. Shirach ; 2. Xlomidomanada ; 3. Do’lana ; 4. Xolmon; 5. Evglena ; 6. Qizilquyruq ; 7. Chakanda ; 8. Angishvonagul .

A) a-7,1,3 ; b-5,6 B) b-8,2,4 ; a-6



C) b-4,1,2 ; a-5 D) b-4,1,2 ; a-6,5

  1. Shershevskiy – Terner sindromiga xos xususiyatlar berilgan qatorni belgilang.

1) xromosoma mutatsiyasi va xromosoma kasalligi ; 2) genom mutatsiyasi ; 3) bu sindrom bilan og’rigan farzand tug’ilgan oilasida Klaynfelter sindromimi bilan tug’iladigan farzandning foiz ulushi 33 foizga teng bo’lishi mumkin ; 4) esterogen ishlab chiqarilmaydi ; 5) tuhumdon rivojlangan lekin , tuhum hujayra ishlab chiqariladi.

A) 4,1,3 B) 4,1 C) 2,4 D) 2,4,3



  1. Gullamaydigan , yuksak o’simlik bo’lmagan , shoxlangan o’simlik ?

A) nitella B) nostok C) plaun D) xrokokk

  1. Tarkibida zahira oziq modda sifatida polifosfatlar to’playdigan organizmlarni hujayra qobig’i nimadan iborat?

A) pektin B) murein C) xitin D) kletchatka

  1. Meyozning anafaza bir bosqichidagi xromosoma va DNK xolati mitozning qaysi bosqichida kuzatilmaydi?

A) telofaza B) Anafaza C) anafaza , metafaza D) telofaza , anafaza

  1. Regeneratsiya jarayoniga asoslangan ko’payish usuli ?

A) kurtaklanish B) novdadan ko’payish

C) jinsiy ko’payish D) fragmentatsiya



  1. Geterogamiya bilan harakterlanuvchi organizm yashovchi joyda uchrashi mumkin bo’lgan organizm(lar) ?

A) volvoks B) infuzoriya C) gidra D) A va C javoblar to’g’ri

  1. Endospermning xromosomalar xolatidan, markaziy hujayrani xromosomalar xolatini ayirmasi qaysi hujayraning xromosomalar xolatiga teng bo’ladi ?

A) zigotaning B) spermiyning C) arxeospora D) somatic hujayra

  1. Fitogormon berilgan javobni toping.

A) Auksin B) sitokinin C) gibberolin D) barcha javoblar to’g’ri

  1. Golozoy nima?

A) ko’payish usuli B) oziqlanish usuli C) moddalar almashinuvidagi jarayon D) A va B

  1. Myuller ko’proq qaysi usulda ish olib borgan ?

A) tajriba B) taqqoslash C) tarixiy D) kuzatish

  1. Aerosomaga ega organizmlar mezosomasida ATF sintezladi. Bu qaysi organizm ?

A)anaerob bakteriya B)aerob bekteriya C)achitqi zamburug’I D)xlorella

  1. Odamdagi energiya xosil qiluvchi (a) va energiya sarflovchi (b) metobolitlarni aniqlang.

1)loviya bilan kirgan oqsil 2)i-RNK ni sintezlanishi 3)glukozadan sut kislatani xosil bo’lishi 4)jigarda glikogenni xosil bo’ishi 5)CO2 va H2O xosil bo’lishi 6)lipaza fermentini ajralishi

A)a-1,3,5 b-2,4,6 B)a-1,4,6, b-2,4,5 C)a-1,5,4 b-3,4,5 D)a-2,5,6 b-1,2,3

  1. Binar bo’linish qaysi organizmlar uchun xos?

1)bezgak paraziti 2)og’iz amyobasi 3)triponosoma 4)evgilena 5)achitqi zamburug’I 6)xlominomanada 77)tufelka

A)1,3,5 B)2,4,6 C)2,3 D)2,4,7



  1. Fregmentatsiya kuzatiladigan organizmlar qaysi?

1)gidra 2)vidra 3)aureliya 4)nereida 5)spirogyra 6)planariya

A)2,5,6 B)1,3,6 C)2,4,6 D)1,3,5



  1. Xemosintez xodisasini kim kashf etgan?

A)Timiryazev B)Vinogratskiy C)Shvan D)Virxov

  1. Oshqozon shirasi tarkibiga kiruvchi element qaysi?

A)Co B)F C)Cl D)Cu

  1. Zamburug’ hujayrasiga xos xususiyatlarni toping?

1)zaxira modda kraxmal 2)zaxira modda polisaxarid 3)xujayra qobig’I lipoproteindan iborat 4)saprofit oziqlanadi 5)ATF sintezi sitoplazma va mitoxondriyada kechadi 6)zaxira modda glikogen

A)1,3,5 B)2,4,5 C)4,5,6 D)1,2,3



  1. Hujayrasiz hayot yo’qligini, hujayra faqat avval mavjud bo’lgan hujayrani bo’linishidan paydo bo’lishini kim isbotlab bergan?

A)T.Shvan B)M.SHleyder C)A va B D)Adolf Virxov

  1. Bakteriya hujayrasiga xos xususiyatlarni aniqlang.

1)xujayra qobig’I murein degan moddadan iborat 2)ATF sintezi mitoxondriyada sodir bo’lmaydi 3)ATFsintezi mezosomada sodir bo’lmaydi 4)aerosomaga ega 5) Xujayra qobig’I xitinmoddadan iborat 6)zaxira modda kraxmal

A)1,3,6 B)1,2,4 C)2,5,4 D)2,4,6



  1. Parazit bakteriyalar keltirilgan qatorni toping.

1)o’lat 2)vertisilium 3)tamaki mozaikasi 4)leyshmaniya 5)qoqshol 6)triponosoma

A)3,4,6 B)2,3,5 C)1,5 D)1,3,5



  1. Bezgak parazitiga xos xuxusiyatlarni toping.

1)Afrikada uchraydi 2)eurkariot xujayra 3)prokariot xujayra 4)shizogoniya sodir bo’ladi 5)meyoz bo’linish xos 6)eritrotsidda yashaydi.

A)3,4,6 B)1,2,5 C)1,4,5 D)3,5,6

  1. To’liq metomorfoz uchramaydigan hayvonlarni aniqlang.

1)poliksina 2)suluv 3)zorka 4)tillako’z 5)suvarak 6)trixogramma 7)temirchak

A)1,3,5 B)2,5 C)2,4,6 D)2,4,7

_____________________________________
1.Yadrochaning shakllanishi bilan birga kechuvchi jarayonni ko’rsating.

A) Xar bir qutbga teng xromosomalar tarqaladi

B)Yorug’lik mikroskopida ko’rinadigan b’ladi

C)Bo’linish urchug’ini shakli o’zgarishi



Download 1,58 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 1,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Testlar tarqatilmasin!!! 10-sinf. Biologiya. Mavzular ortib borish tartibida joylashtirilgan

Download 1,58 Mb.