REJA:
Avtomobil yo‘llarining elementlari.
Avtomobil yo‘llariga qo‘yiladigan talablar.
Harakat miqdori va tarkibi.
Yo‘ldagi hisobiy tezlik.
Avtomobil yo‘lini jihozlash elementlari.
Avtomobil magistral yo‘llarining elementlari.
Avtomobil yo‘llari qo‘yidagi asosiy elementlardan tashkil topadi, ya’ni:
Avtomobil yo‘lining rejasi;
Avtomobil yo‘lining bo‘ylama kesimi;
Avtomobil yo‘lining ko‘ndalang kesimi.
Yo‘lning rejasi - bu yo‘l o‘qining joyida geometrik joylashishiga yo‘lning rejasi deyiladi. Yo‘l o‘qining gorizontal tekislikka kichiklashtirilgan masshtabdagi proeksiyasining grafik ko‘rinishiga yo‘l o‘qi rejasi deyiladi.
11-rasm. Yo‘l o‘qi rejasi ko‘rinishi
Yo‘lning buylama kesimi. Yo‘lning bo‘ylama kesimi deb-chizma tekisligidagi yo‘lning o‘qini vertikal tekislikka proeksiyasiga aytiladi.
12-rasm. Bo‘ylama profilda yo‘lning joylashishi
I - yo‘l «nol» belgilarda; II - ko‘tarmada; III - o‘ymada.
13-rasm. Yo‘l poyining ishchi belgisi: a - o‘ymada; b - ko‘tarmada.