Mavzu: Yo’l rejasi va uning elementlari




Download 0,94 Mb.
bet3/6
Sana05.07.2024
Hajmi0,94 Mb.
#266657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yo’l rejasi va uning elementlari

Yo‘lning rejasi - bu yo‘l o‘qining joyida geometrik joylashishiga yo‘lning rejasi deyiladi. Yo‘l o‘qining gorizontal tekislikka kichiklashtirilgan masshtabdagi proeksiyasining grafik ko‘rinishiga yo‘l o‘qi rejasi deyiladi.
Avtomobil yo‘llari yo‘lovchi va yuklarni tashishda arzon, qulay va yuqori tezlikda xavfsiz harakatini ta’minlashi kerak. Bunda eng qisqa yo‘nalishlarni tanlab olish imkoniyati bo‘lishi lozim. Bu talablarni hammasini hisobga oladigan bo‘lsak, yo‘l o‘q chizig‘i to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lishi kerak. Bu to‘g‘ri chiziqqa havo yo‘li deyiladi.
Lekin joyda buning iloji bo‘lmay qoladi. Agarda yo‘lni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘tkazadigan bo‘lsak, quriladigan yo‘l juda qimmatga tushadi. Bunday holatda yo‘l o‘qini siniq chiziqlar orqali o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Demak yo‘l o‘qi qisqa yo‘nalish bo‘yicha emas, balki uzoqroq aylanma yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda yo‘l o‘qi uzunligi havo yo‘li uzunligiga nisbati biroz uzayadi. Ushbu uzayishni uzaytirish koefitsienti orqali quyidagicha ifodalaymiz:




      1. rasm. Avtomobil yo‘li rejasi elementlari

Joy xaritasida A va B nuqtalarni birlashtiruvchi eng qisqa bo‘lgan chiziqga havo yo‘li deyiladi. A va B nuqtalarni birlashtiruvchi siniq chiziqga yo‘l o‘qi deyiladi.

17-rasm. Doiraviy egri elementlari
Doiraviy egrilik radiusi I-chi darajali yo‘lda 3000 m dan kichik, II-V darajali yo‘llarda 2000 m dan bo‘lsa kichik bo‘lsa, u holda ushub egrilikda virajlar loyihalash talab etiladi. Viraj – bu bir tomonlama ko‘ndalang nishablikda qurilgan yo‘l bo‘lagi.

18-rasm. Yo‘lning doiraviy egri qismida virajning sxemasi


L - ikki qiyalikdan bir qiyalikka o‘tish va o‘tish egri chizig‘i; K - doiraviy egri chiziq; V - qatnov qismining eni; Δ - qatnov qismining kengayishi.
Yo‘l rejasini loyihalashda yo‘l o‘qini kilometr va piketlarga bo‘lamiz. Yo‘l o‘qi yo‘nalishi o‘zgargan joylarda burilish burchaklari belgilanadi. Trassaning yo‘nalishining davomi bilan yangi yo‘nalish oralig‘idagi burchak o‘lchanadi va uni
burilish burchagi deyiladi. Harakat qulayliligini ta’minlash uchun burilishlarda egriliklar loyihalanadi. Yo‘l rejasining hamma elementlari avtomobillarni hisoblangan tezlikda, xavfsiz harakatini ta’minlashi kerak. Yo‘lda harakat miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, avtomobillar bir biriga shuncha ko‘p o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham avtomobil yo‘llarining hamma elementlari avtomobilning yakka tartibda harakatlanish talabiga javob beradigan qilib tanlanadi.
Hozirgi zamon avtomobillar harakatining talablarini qondirish uchun avtomobil yo‘llarining elementlari (rejada egrilik radiuslari, bo‘ylama kesimda qiyalikning qiymati, ko‘ndalang kesimida qatnov qismining, yo‘l yoqasining kengligi v.h.) harakatni qulay, xavfsiz, iqtisodiy samarali bo‘lishini va manzilga tez yetishini ta’minlashi zarur. Shuning uchun yo‘lning har bir elementlarini o‘lchamlarini yuqoridagi talablar bo‘yicha tanlanishi kerak. Avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash uchun shunday qo‘rish masofasi bo‘lishi kerakki, haydovchi yo‘lda biror bir to‘siqni ko‘rganda, xavfsiz masofada to‘xtay olishi mumkin bo‘lsin. Radiusi R ga teng bo‘lgan egrida xarakatlanayotgan avtomobilga markazdan qochma kuch ta’sir qiladi va uni ag‘darib yuborishga yoki yo‘ldan siljitib yuborishga xarkat qiladi.
Markazdan qochma kuchni quyidagi formula orqali ifodalashimiz mumkin:

Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yo’l rejasi va uning elementlari

Download 0,94 Mb.