Mavzu: Yo’l rejasi va uning elementlari




Download 0,94 Mb.
bet5/6
Sana05.07.2024
Hajmi0,94 Mb.
#266657
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yo’l rejasi va uning elementlari

Yo‘l bo‘ylama kesimi - bu yo‘l o‘qi bo‘ylab vertikal holda berilgan kesimga aytiladi. Bo‘ylama kesim yo‘lning ayrim uchastkalarini bo‘ylama qiyaliklarini xarakterlaydi. Bo‘ylama qiyalik avtomobil yo‘lining muxim transport sifat ko‘rsatgichi hisoblanadi. Joyning tabiiy qiyaligi ko‘pchilik xollarda avtomobillar samarali ishlashi uchun ruxsat etilgan qiymatdan oshib ketadi.
Bunday xollarda yo‘l qiyaligi yer yuzasi qiyaligiga nisbatan tekislanadi. Bunda tepalik tuprog‘i qirqiladi yoki aksincha, relefning pasaygan joylariga tuproq sepiladi. Agarda tuproqni qirqish natijasida yo‘l ustki yuzasiga nisbatan pastda joylashsa, bu xolatda o‘yma deyiladi. Aksincha yo‘l yer usti yuzasiga nisbatan yuqoridan o‘tsa va bu yerda qo‘shimcha tuproq to‘kilsa, bu xolat ko‘tarma deyiladi. Yo‘l poyining qirg‘og‘i belgisi bilan yer yuzasi belgisi orasidagi farq ishchi belgisi deyiladi.
Yo‘l bo‘ylama kesimi ShNQ 2.05.02-2007 «Avtomobil yo‘llari» talablariga asosan loyihalanadi. Har qanday holatlarda ham yo‘l bo‘ylama kesimida bo‘ylama qiyalik 30 ‰ dan oshmasligi, avtomobil to‘xtashiga nisbatan ko‘rish masofasi 450 m dan kam bo‘lmasligi, bo‘ylama kesimdagi qabariq egrilik radiusi 70000 m dan kam bo‘lmasligi, botiq egrilik radiusi 8000 m dan kama bo‘lmasligi kerak. Tog‘li va adirlik joylar murakkab uchastkalari uchun hisobiy harakat tezligini va shunga mos ravishda o‘rnatilgan loyihalash me’yorlaridan (4-jadval) kamaytirishga ruxsat etiladi.

19-rasm. Yo‘lning bo‘ylama kesimi elementlari.
Yo‘l bo‘ylama kesimini loyihalashda loyiha chizig‘i singan joylarda agarda bo‘ylama qiyaliklar algebraik farqi I va II toifali yo‘llar uchun 5 ‰ dan, III toifali yo‘llar uchun 10 ‰ dan, IV vaV toifali yo‘llar uchun 20 ‰ dan oshganda vertikal egrilar loyihalash nazarda tutiladi.
4-jadval

Hisobiy harakat tezligi, km/soat

Eng katta bo‘ylama qiyalik, ‰

Egri eng kichik radiusi, m

qabariq


botiq

asosiy

tog‘li sharoitda

150

30

30000

8000

4000

120

40

15000

5000

2500

100

50

10000

3000

1500

80

60

5000

2000

1000

60

70

2500

1500

600

50

80

1500

1200

400

40

90

1000

1000

300

30

100

600

600

200



Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Yo’l rejasi va uning elementlari

Download 0,94 Mb.