Международный научный журнал № 14 (100),часть 1
«
Научный импульс»
Октября , 2023
272
RDB YUQORI ANIQLIKDAGI TOKARLIK DASTGOHLARINI EKSPLUATATSIYA
SHAROITLARINING TAHLILI
Mavlyanova Shaxnoza Muxtarovna
“Mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” kafedrasi assistant.
Bugungi kun mashinasozlikda va asbobsozlikda detallarni ishlab chiqarish va
tayyorlash aniqligiga qo‘yiladigan talablar tabora oshib borayotganligi sababli GPS ga
o‘rnatilgan RDB presioz dastgohlar qo‘llanilishi ko‘paymoqda. Presioz jihozlar
nomenqulaturasini ko‘pligini hisobga olib TPK – 125 tipdagi RDB tokarlik dastgohlarini
ko‘rib chiqish bilan chegaralanib qolamiz. TPK - 125 V (21008 – 75 Davl.st) dastgoh V aniqlik
sinfiga mansub bo‘lib aniq avtomatik jarayon bo‘ylab turli, bir yoki bir necha rezbali
ariqchali aylanma detallarda faskalar, rezba qismi yoki egri chiziqli yuzalarga ishlov berish
uchun mo‘ljallangan. Zagotovkalarga ishlov berish patronlarda amalga oshiriladi.
Ushbu
dastgohlarda support ustiga o‘rnatilayotgan zagotovka diametri 200 mm dan oshmasligi
kerak. Ishlov berishda tavsiya qilingan diametr 125 mm ni tashkil qiladi[4].
Patronlardagi zagotovkalar uzunligi 100 mm dan oshmasligi tavsiya etiladi. Ko‘rib
chiqilayotgan dastgohlar pasport ma’lumotlariga ko‘ra, ishlov berishning diametr aniqligini
0.005 - 0.010 mm atrofda, Ra yuza notekkisligini 0.32 mkm va 1.25 mkm, ko‘ndalang
kesimida shakl noaniqligi 0.0025 mm, uzunasiga 0.0050 mm dan ortmagan holdi
ta’minlaydi. Yuqori aniqlikni quyidagi omillar ta’minlaydi:
1. Ko‘ndalang va bo‘ylama supportlarning harakatlanish aniqligi.
2. Kesuvchi asbobni avtomatik almashinuvida revol’ver kallakda joylashish aniqligi.
3. Supportlarning yuqori bikrligi.
4. Shpindelning yuqori bikrligi.
5. Ichki va tashqi tebranishlarning uzatishiga yo‘l qo‘ymaydigan vibrohimoyalovchi
moslama yordamida statinani asosiy uzatmadan ajratilishi.
Dastgohlar ishlatilishining sharoitlarini tahlil qilish vaqtini
yetarlicha muddatda bir
hilda turishi bilan ajralib turgan detallar nomenklaturasini o‘rganish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Nomenklaturani o‘rganish asosida ishlab chiqarish unumdorligi, ishlab chiqarish
tuzilishini egiluvchanligi va qattiq sozlanuvchanligi aniqlanishi mumkin. Shu vaqtning o‘zida
ularni tayyorlashga ketgan vaqt sarfining unumdorlik va ishlab chiqarishga ta’siri,
shuningdek asosiy va qo‘shimcha vaqtni qisqartirishga, (operatsiyalarni) jarayonlarni
konsentrantlanishiga, kesuvchi keskichlarni va asboblarni
parallel ishlatilishini, texnologik
o‘tishlarini ko‘rib chiqish lozim*5+.
Uning ko‘rsatkichlari bilan TPK - 125 V tipdagi dastgohlarning texnologik
imkoniyatlarini qanoatlantiradigan /43/ tipdagi aylanuvchi jismlarga o‘xshash mahsulotlar
haqidagi statistik ma’lumotlar ushbu ishda muallif tomonidan umumlashtiriladi. Ushbu
umumlashtirish natijasida ketma-ketlikga amal qilinganligi 2.1 (37,38,63,...) jadvalda
Международный научный журнал № 14 (100),часть 1
«
Научный импульс» Октября , 2023
273
ko‘rinishi mumkin. Ushbu jadvallardagi ma’lumotlar asosida
quyidagi xulosaga kelish
mumkin[6].
1. Tokarlik dastgohlarida ko‘rib chiqayotgan turli tipdagi detallarimizga ishlov berish
jarayonida, diametr o‘lchovi 100 mm, uzunlik o‘lchovi 40 mm atrofidagi detallar ko‘proq
uchraydi.
2. Ishlov berilayotgan pog‘onali detallar ichida tor pog‘onalilari ko‘proq uchraydi[7].
3. Detallar ichki silindrsimon yuzaga ega, ayniqsa (60 mm chamasi) ichki aylananing
diametri chamasi 60 mm bo‘lgan detallar ko‘proq.
4. Ishlov berilayotgan mahsulotlar og‘irligi uncha katta emas va aksariyat hollarda 2-4
kg ni tashkil etadi.
5. Mahsulotlar dastgohga kichik partiyalar bilan yetib keladi, ko‘pincha 10 donadan.
Ishlab chiqarish dasturlari ham kichik, yiliga 100 dona detal bo‘lgan dasturlar ko‘proq.
6. Tokarlik ishlov berishda 1 dona mahsulotga 5 minut atrofida vaqt sarflanadi.
Ishlov berilayotgan detallarning aniqligiga yuqori talablar qo‘yiladi.
Belgilangan
aniqlikni ta’minlash maqsadida ishlov berilayotgan detallarni tip o‘lchamlarini hisobga
olgan holda texnologik masalani yechish uchun zarur bo‘lgan tayyorlash bazasini varianti va
kerakli anjomlar tanlanadi. Ishlov berilayotgan detallarning aniqligiga qo‘yilgan talablar
haqidagi ko‘rgazmali namoyishni va ishlatilayotgan detallarni tip o‘lchamlariga bog‘liq
bo‘lgan mahsulotlar joylashuvi haqidagi qo‘llanilayotgan jadvallar qilingan.
Mahsulotlarning ishlab chiqilgan klassifikatsiyasiga asoslanib kuyidagi xulosani qilish
mumkin[8].
1. TPK – 125 V tipdagi RDB tokarlik dastgohlarida ishlov berish jarayonida diametral
va chiziqli o‘lchovda aniqlik ta’minlanishi shart. YeSDP SEV bo‘yicha mumkin bo‘lgan
qo‘yilma 6 - 8 kvalitet chegarasida bo‘lishi lozim.
2. Dastgohlarda ishlov berilayotgan detallar orasida YeSDP SEV dagi ruxsat etilgan
me’yor bo‘yicha 7- kvalitet o‘lchamidagi mahsulotlar ko‘proq uchraydi.
3. Kichik diametral va chiziqli o‘lchamga ega detallarga ishlov berish paytida, ularning
aniqligini ta’minlash yechimi qiyin masalaga aylanyapti.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan mahsulotlar turli homashyolardan tayyorlanishi mumkin,
bunda mahsulot xomashyosiga qarab kesish tartibi (rejimi), kesish uskunasi, SOJ tanlanadi.
Har xil xomashyolarga turli rejimlarda ishlov berish natijasida kesish kuchlari hosil bo‘ladi.
Bu holat charxlash jarayonining umumlashtiruvchi tavsiflaridan biri hisoblanadi. Shubhasiz,
eksplutatsiya
sharoitlarining tahlili, tokarliklik ishlov berishning statistik va dinamik
ko‘rsatkichlari o‘zgarib turadigan diapazonlarni ko‘rib chiqmaslik to‘liq yo‘l hisoblanmas
edi.
Amalga oshirilgan tahlillar asosida quyidagilar aniqlandi
1.Ko‘rib chiqilayotgan dastgohlarda turli sinflarga mansub qattiq qotishmalardan
tayyorlangan asboblar yordamida turli guruhlardagi materiallardan tayyorlangan
zagotovkalarga ishlov berilmoqda.
2. Ishlov berish belgilangan aniqlikni ta’minlaydigan rejimlarda olib boriladi.
Международный научный журнал № 14 (100),часть 1
«
Научный импульс» Октября , 2023
274
3. Ishlov berishda paydo bo‘ladigan kesish kuchlari keng
chegaralarda ishlov berish
sharoitlariga bog‘liq holda o‘zgaradi*9+.
Shunday qilib, presioz tokarlik dastgohlari eksplutatsiya sharoitlarining tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish sharoitida turli xilma-xillikdagi texnologik holatlar ro‘y berishi
mumkin. Bir necha holatlarda esa talab qilingan aniqlikni ta’minlash qiyinchilik tug‘diradi va
ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga, ishlov berish vaqtini bir qancha ortishiga olib
keladi. Shuning uchun belgilangan aniqlikda ishlov berishning unumdorligini
pasaytirmasdan ta’minlashga qaratilgan usullarni izlab topish zaruriyati kelib
chiqmoqda[10]. Tokarlik ishlov berish jarayonida matematik hisob
- kitobsiz bu masalani
sifatli hal qilish imkoniyati cheklanmoqda[11].