|
Massa va jism inertsiyasining o’lchovi. Modda zichligi
|
bet | 1/34 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,48 Mb. | | #124060 |
Bog'liq Mexanika jamlanma 1
Dinamika
Dinamika – mexanikaning jismlar orasidagi o’zaro ta’sir qonunlarini o’rganadigan bo’limdir. Dinamika jismlarning harakati qanday sharoitda tekis va qanday sharoitda tekis tezlanuvchan bo’lishini, jism traektoriyasi qachon to’g’ri chiziqli va qachon egri chiziqli bo’lishini tusuntiradi.Dinamika jismlarning harakatini, bu harakatni yuzaga keltirgan kuchlar bilan bog’liq holda o’rganadi.
Kuch - bir jismning boshqa jismga ta’sirini ifodalovchi va jismning tezligini o’zgartiruvchi sabab kuch deyiladi.
Masalan:
1) Vagonetkani itarib uni harakatga keltirish, ya’ni uning tezligini o’zgartirish mumkin. Bunda odam ta’sirida vagonetka o’z tezligini o’zgartiradi.
2) Uchib kelayotgan koptokni raketka bilan to’xtatish yoki uning harakat yo’nalishini o’zgartirish mumkin va h.k.
Bu misollarda jism boshqa jism ta’sirida harakatga keladi, to’xtaydi yoki harakat yo’nalishi o’zgartiradi.Demak, kuch vektor kattalik bo’lib, bir jismning boshqa jismga ta’sirini xarakterlaydi va bu ta’sirning o’lchovi bo’lib hisoblanadi.Kuch o’lchov birligi Nyuton (1 N) va bilan belgilanadi.
1 N – 1 kg massali jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch. Kuchni o’lchaydigan asbob – dinomometr
Massa va jism inertsiyasining o’lchovi. Modda zichligi
Jismning nisbiy tinch yoki o’zgarmas tezligini saqlash xossasi inertlik deyiladi.
M asalan, harakatlanayotgan avtobusning tezligi miqdor yoki yo’nalish bo’yicha birdan o’zgarsa avtobusdagi yo’lovchilar o’zlarining dastlabki holatini saqlagan holda, avtobusning tezligi kamaya borsa – oldinga, orta borsa – orqaga, avtobus o’ngga burilsa chapga, chapga burilganda – o’ngga og’adilar.
Tezligini bir xil o’zgartiradi, demak inertligi bir xil
Ikkinchi aravacha tezligini ko’p o’zgartiradi, demak ikkinchi aravacha inertligi (massasi) kamroq.
Demak, jism olgan tezlanishining kattaligi faqat ta’sir etayotgan kuch kattaligiga emas, balki jismning xususiy xossasiga ham bog’liq ekan, bu xossani massa deb ataymiz. Inertligi kattaroq bo’lgan jismning massasi katta bo’ladi.
|
| |