• Tayanch iboralar
  • 6.1-rasm. Avtomobil harakatiga ta’sir etadigan qarshilik kuchlari.
  • 1–MA’ruza. Mavzu: shahar ko‘chalarining ko‘ndalang kesimlari reja




    Download 0,6 Mb.
    bet1/3
    Sana28.01.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #147439
      1   2   3
    Bog'liq
    1-ma\'ruza


    1–MA’RUZA.
    MAVZU: SHAHAR KO‘CHALARINING KO‘NDALANG KESIMLARI
    Reja:
    1. Avtomobil harakatiga kursatiladigan karshilik kuchlari
    2. Avtomobilning dinamik xarakterikteristikasi
    3. Ko‘chaning qatnov qismini o‘tkazish qobiliyati, trotuar va tramvay yo‘llari
    Tayanch iboralar: hisobiy tezlik, qarshilik kuchlari, dinamik xarakteristikasi, trotuar, tramvay yo‘llari, nishablik, havoning qarshiligi, tezlanish, qattiq qoplama, qatnov qismi.
    Zamonaviy avtomobil yo‘llarining barcha elementlari avtomobillarning hisoblangan tezlik bilan xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi zarur. Yo‘ldagi harakat intensivligi qancha yuqori bo‘lsa, avtomobillarning o‘zaro halaqitlari shuncha ko‘p bo‘ladi va ularning harakat tezliklari kamayadi. Shuning uchun trassaning alohida elementlariga qo‘yiladigan talablarni yo‘lda yakka avtomobilning harakatlanish shartidan kelib chiqib belgilanadi. Ko‘tarilishda tezlanish bilan harakatlanayotgan avtomobilga umumiy holda quyidagi qarshilik kuchlari ta’sir qiladi (15-rasm): g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik (g‘ildirab ishqalanish) kuchi Rf, ko‘tarilishdagi harakatga qarshilik kuchi Ri, havoning qarshiligi Rw, harakatlanish tezligi o‘zgarganda hosil bo‘ladigan avtomobilning o‘zining va mexanizmlari aylanuvchi massalarining inersiya kuchlari Rj. G‘ildirashga qarshilik kuchlari va havoning qarshiligi harakatlanayotgan avtomobilga doim ta’sir etadi.

    6.1-rasm. Avtomobil harakatiga ta’sir etadigan qarshilik kuchlari.
    Ko‘tarilishdagi harakatga qarshilik va inersiya kuchlari yo‘lning bo‘ylama profili va avtomobilning harakatlanish rejimiga qarab yo mutlaqo bo‘lmasligi yoki hatto manfiy ishoraga ega bo‘lib, harakatga yordam berishi mumkin (tog‘ etagiga tushishda yoki tormozlashda).
    Qattiq qoplamali yo‘llarda harakatlanishda g‘ildirashga qarshilik yo‘lga tushadigan bosimga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi:

    (6.1)
    bu yerda:
    Gi - aloxida g‘ildiraklardan yo‘lga tushadigan yuklama, N;
    fi - g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti.
    G‘ildirashga qarshilik qoplamaning tekisligiga, tezlikka va shinalarning elastikligiga bog‘liq. Biroq 50 km/soat dan past tezlikda harakatlanishda g‘ildirashga qarshilik shunchalik sekin ortadiki, bunda g‘ildirashga qarshilik koeffitsientini amalda o‘zgarmas va quyidagi qiymatlarga ega, deb xisoblash mumkin:
    6.1-jadval




    Download 0,6 Mb.
      1   2   3




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1–MA’ruza. Mavzu: shahar ko‘chalarining ko‘ndalang kesimlari reja

    Download 0,6 Mb.