|
1–MA’ruza. Mavzu: shahar ko‘chalarining ko‘ndalang kesimlari reja
|
bet | 3/3 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #147439 |
Bog'liq 1-ma\'ruzaYo‘lkalarning kengligi ko‘cha toifasi, imoratlarning xarakteri va piyoda yurganida 0,75 m kenglikdagi polosani egallaydi degan hisob bilan yo‘lovchilar soniga qarab belgilanadi. Yo‘lkalarning kengligini belgilashda do‘konlar va jamoat muassasalarining joylashuvi, shuningdek, yo‘lkalardan markaziy ko‘chalar, qirg‘oq bo‘ylari va hokazo joylarda sayr etishlarida foydalanish imkoniyati hisobga olinadi.
6.3-jadval
Ko‘chalar va yo‘llarning
toifasi
|
Bitta harakatlanish polosasining kengligi, m
|
Qatnov qismining har ikki yo‘nalishdagi harakatlanish polosalari soni
|
Qatnov qismi bilan yo‘l yoqasi toshi orasidagi saqlash polosasining kengligi, m
|
Eng kami
|
Rezervni hisobga olganda
|
Tezkor yo‘llar
|
3,75
|
6
|
8
|
1
|
Magistral ko‘chalar va yo‘llar:
umumshahar ahamiyatidagi:
uzluksiz harakatli
|
3,75
3,75
|
6
6
|
0,75
8
|
0,75
0,75
0,50
-
-
|
boshqariladigan harakatli
|
3,75
|
4
|
6
|
Tuman ahamiyatidagi
|
3,75
|
4
|
6
|
yuk tashiladigan yo‘llar
|
3,75
|
2
|
4
|
Mahalliy ahamiyatdagi ko‘chalar va yo‘llar:
|
|
|
|
-
-
|
aholi turadigan ko‘chalar
|
3
|
2
|
4
|
sanoat va maishiy-ombor rayonlarining yo‘llari
|
3,75
|
2
|
4
|
Posyolka(qishloq)ko‘chalari
|
3,50
|
2
|
2
|
-
|
Posyolka (qishloq) yo‘llari
|
3,50
|
2
|
2
|
-
|
Eslatmalar: Ko‘chalar va yo‘llar navbati bilan qurilganida qatnov qismi kengligini hisobiy kenglikkacha kengaytirish uchun qoldiriladigan rezerv polosalardan vaqtinchalik ko‘kalamzorlashtirish uchun foydalanish zarur.
Yo‘lka bitta polosasining o‘tkazish qobiliyati 1 soatda 600...1000 piyodani tashkil etadi.
6.2-rasm. Tramvay izi (polotnosi) ning o‘lchamlari: a-markaziy machtalarda; b-ikki tomonlama machtalarda (qavs ichidagi raqamlar aloxida tramvay polotnosi qurishga taalluqlidir)
Tramvay yo‘li bir nechta usullar bilan joylashtirilishi mumkin: ko‘chaning o‘rtasida, ko‘chaning bir tomoniga yoki xiyobonning ikki tomoniga surib (xar qaysi tomonida bitta iz bo‘ladi). Tramvay yo‘lini qatnov qismi bilan bir sathda yoki mustaqil yo‘lda joylashtirish mumkin (6.2-rasm). Keyingi holda tramvayning tezligi va harakat xavfsizligi ortadi. Mustaqil tramvay yo‘lini qurish va undan foydalanish qiymati qatnov qismi bilan bir sathda joylashtirilgan yo‘lnikidan kam. Biroq bunday yo‘l bir ko‘chadan ikkinchi ko‘chaga o‘tishni qiyinlashtiradi va undan transportning boshqa turlari foydalana olmaydi. Shuning uchun mustaqil tramvay yo‘lini har qaysi harakat yo‘nalishida qatnov qismi kengligi kamida 6 m bo‘lgan, tramvay yo‘llari esa boshqa harakat oqimlari bilan kamida 300 m oralatib kesishadigan yo‘llarda qurishga ruxsat etiladi.
Ko‘cha qatnov qismining kengligini belgilashda tramvay vagoni bilan avtomobil kuzovi oralig‘ini 0,4 m qabul qilinadi. Yo‘l o‘qidan yo‘lkagacha bo‘lgan eng kam masofa 2 m ga teng bo‘lishi kerak.
6.3-rasm. Yo‘lning qatnov qismi enini aniqlash sxemasi
Asfalt-beton qoplamalarni tramvay izlarining titrashi ta’sirida yemirilishdan saqlash uchun ularni qatnov qismidan chorqirra toshlar polosasi yoki 0,4...0,5 m kenglikda tosh yotqizib ajratib qo‘yiladi. Tramvay yo‘llarining izlari bikir qilib qisqartirib mahkamlangan beton asosli konstruksiyalari ancha mukammal bo‘lib, ularda titrash imkoniyati bo‘lmaydi (6.4-rasm).
6.4-rasm. Tramvay yo‘llarining konstruksiyalari: a-shpal-beton asosli;
b-anker asosli: 1-tramvay izlari; 2-metal tortqilar; 3-beton; 4-tolali to‘ldirgichli bitum; 5asfaltobeton; 6-shpallar; 7-ankerlar; 8-metal plastinalar
Tramvay yo‘lining minimal egrilik radiusini 20 m qilib qabul qilinadi. Kichik radiusli egrilarda tramvay izi kengaytiriladi, tashqi iz ichkarisidagiga qaraganda yuqoriroq joylashtiriladi va temir iz o‘qlari orasidagi masofa vagon burchagining yo‘ldan tashqariga chiqishi va vagon o‘rtasining solqilanish kattaligi qadar kattalashtiriladi.
Tramvay shahar ko‘chalarida yurganida juda shovqin chiqaradi va binolarning kishiga yoqmaydigan titrashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun katta shaharlarda tramvay yo‘llari gavjum ko‘chlardan uncha serqatnov bo‘lmagan parallel ko‘chalarga ko‘chiriladi yoki tramvay o‘rniga avtobus yoki trolleybuslar yurgiziladi.
6.5-rasm. Trotuarlar enini aniqlash diagrammasi
Turli shahar ahamiyatidagi ko‘chalarning maksimal enini aniqlash grafigi;
vitrinalar uzunligiga bog‘liq holda trotuarlarning qo‘shimcha enini aniqlash grafigi.
Nazorat savollari:
Avtomobil harakatlanishiga qanday qarshilik kuchlari ta’sir ko‘rsatadi?.
Avtomobilning dimanik xarakteristikasi deb nimaga aytiladi?.
Ko‘chaning avtomobil transportini o‘tkazish qobiliyati nimalarga bog‘liq?.
Trotuarning kengligi qanday aniqlanadi?.
Shahar ko‘chalarida tramvay yo‘llari qanday joylashtiriladi?
|
| |