• 3. Klauzius – Klapeyron tenglamasi.
  • Reja: Bir komponentli sistemalar Suv va oltingugurtning holat diagrammasi




    Download 44 Kb.
    bet1/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi44 Kb.
    #248998
      1   2   3
    Bog'liq
    FKK-3

    Mavzu: Bir komponentli sistemalar(oltingugurt) uchun holat diagrammasi. Suyuqliklarni suyuqliklarda erishi. Pastki va yuqori kritik erish temperaturasi. Bir –biri bilan aralashmaydigan suyuqliklar. Suv bug’i bilan haydash.

    Reja:

    1.Bir komponentli sistemalar

    2. Suv va oltingugurtning holat diagrammasi

    3. Klauzius – Klapeyron tenglamasi.

    4. Kritik temperatura.




    Bir komponentli sistemalarda komponentlar soni faqat birga teng, ya’ni, K= 1 bo‘lib, ayrim fazalar shu moddaning turli agregat holatlarini ko'rsatadi: (Фй 3) bo‘ladi va F= 3 —F. Agar Ф=3 bo'lsa, F= 0 bo'ladi, Ф= 2 bo'lsa, F= 1 bo'ladi, Ф = 3 bo'lsa, F= 2 bo'ladi.

    Sistema holatini aniqlovchi o'zgaiuvchan parametrlaming qiymatlari orasidagi bog'lanishni topish uchun yagona metod sifatida temperatura, bosim va muvozanat sistemadagi komponentlar konsentratsiyasi (yoki hajmi)ni bevosita o'lchashdan foydalaniladi

    Qo'lga kiritilgan ma’lumotlaidan foydalanib, holat diagrammalar tuziladi. Bir necha fazadan iborat muvozanat holatidagi sistemaning xarakterli belgisi ikkita: biri — moddalaming barcha fazalardagi kimyoviy potensiallari biri-birinikiga teng (bir xil qiymatga ega), ikkinchisi — fazalaming temperaturalari ham birdek bo'ladi

    Bir necha fazadan iborat sistema muvozanat holatiga kelganida ham molekulalaming bir fazadan boshqa fazaga o'tish jarayonlari to'xtamaydi. Masalan, ≪suv — suv bug'i≫ dan iborat muvozanat sistemada molekulalar har doim suvdan bug'ga va, aksincha, bug'dan suvga o'tib turadi.

    Muvozanat holatida suvning bug'lanish tezligi bug'ning kondensatlanish tezligiga teng bo'ladi. Binobarin, muvozanat bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan, lekin bir xil tezlik bilan boradigan ikki jarayon tufayli qaror topadi.

    Klauzius— Klapeyron tenglamasi faza o'zgarishida bosimning temperatura koeffitsiyenti bilan faza o'zgarish issiqligi orasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Bu tenglama modda holati o'zgarishining qator-qator turlarida, masalan, bug'lanish, suyuqlanish, moddaning bir allotropik ko'rinishidan boshqa allotropik ko'rinishga o'tishi kabi jarayonlarda qo'llanila oladi.


    Download 44 Kb.
      1   2   3




    Download 44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Bir komponentli sistemalar Suv va oltingugurtning holat diagrammasi

    Download 44 Kb.