|
1–MA’ruza. Mavzu: shahar ko‘chalarining ko‘ndalang kesimlari reja
|
bet | 2/3 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #147439 |
Bog'liq 1-ma\'ruzaQoplama turi
|
f ning qiymati
|
1
|
Sementbeton va asfaltbeton
|
0,01-0,02
|
2
|
Organik bog‘lovchi moddalar bilan ishlov berilgan chaqiq toshdan yoki shag‘aldan tayyorlangan tekis sirt
|
0,02-0,025
|
3
|
Bog‘lovchi moddalar bilan ishlov berilmagan chaqiq toshdan yoki shag‘aldan tayyorlangan uncha katta bo‘lmagan o‘yilgan joylari bor
|
0,03-0,04
|
4
|
Tosh yotqizilgan yo‘l
|
0,04-0,05
|
5
|
Tekis, quruq va shibbalangan tuproq yo‘l
|
0,03-0,06
|
6
|
Haydalgan yer, o‘ta nam botqoqli grunt, sochiluvchan qum
|
0,05-0,30 va undan ortiq
|
Avtomobilning turli tezliklarida tortish kuchi Rrni hisoblash mumkin, bunda avtomobil harakatlanganida tortish kuchining hammasi harakatlanishga qarshilikni yengishga sarflanadi degan shartdan kelib chiqiladi. Tashqi va ichki kuchlarning tenglik sharti (avtomobilning harakat tenglamasi) quyidagicha ifodalanadi:
, (2)
bu yerda Rf - g‘ildirashga qarshilik; Ri - tepalikka ko‘tarilishdagi harakatlanishga qarshilik; R - havoning harakatlanishga qarshiligi; Rj - inerg‘iya kuchlarining qarshiligi.
Akademik Ye.A. Chudakov avtomobilning tortish yoki dinamik sifatlarini dinamik faktor, ya’ni yetakchi g‘ildiraklardagi to‘liq tortish kuchi bilan havo qarshiligi o‘rtasidagi ayirmaning avtomobil og‘irligiga nisbati bilan tavsiflashni taklif etdi:
(3)
Shahar ko‘chalari elementlariga qatnov qismi, tramvay yo‘li, yo‘lkalar, daraxtlar va velosiped yo‘lkalari kiradi.
Qatnov qismining kengligi harakatlanishning qatnov ko‘paygan tig‘iz paytlardagi istiqboldagi harakat jadalligiga va ko‘cha toifasini xisobga olingan xolda bitta polosani o‘tkazish qobiliyatini aniqlash chorrahalar o‘rtasidagi masofani va ularning o‘tkazish qobiliyatini hisobga oladigan o‘tkazish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Shahar ko‘chalarini, asosan, katta gabaritli avtomobillar, avtobuslarning harakatlanishi uchun loyihalashda harakatlanish polosasining kengligini hisoblash yo‘li bilan belgilanadi.
Chorrahalar o‘rtasidagi ko‘cha bitta polosasining o‘tkazish qobiliyati avtomobil yo‘lidagi harakatlanish polosasining o‘tkazish qobiliyatini hisoblash tenglamasi bilan aniqlanadi, unga chorrahadagi turib qolishlar ta’sirini hisobga oluvchi tuzatma koeffig‘ient kiritiladi:
bu yerda -chorrahalar o‘rtasidagi uchastkada maromidagi harakatlanish tezligi qaror topgandan keyingi o‘tkazish qobiliyati.
Ko‘cha o‘tkazish qobiliyatining kamayish koeffitsiyenti:
bu yerda -chorrahalar o‘rtasidagi masofa, m; -harakat tezligi, m/s; -avtomobilning berk svetafor oldida turib qolish davomiyligi yoki kesib o‘tayotgan avtomobillar oqimi o‘tib ketishini kutib turish davomiyligi; -joyidan qo‘zg‘alishdagi o‘rtacha tezlanish, m/s2; -avtomobil tormozlangandagi o‘rtacha sekinlashish, m/s2.
koeffig‘ientining qiymati, asosan, chorrahalar o‘rtasidagi masofaga va harakat tezligiga bog‘liq. U harakat tezligi ortishi va chorrahalar o‘rtasidagi masofa qisqarishi bilan kamayadi. Prof. A.Ye. Stramentov ma’lumotlariga ko‘ra harakat tezligi 40... 60 km/soat va chorrahalar o‘rtasidagi masofa 300 m bo‘lganida koeffig‘ienti 0,4...0,5 ni tashkil etadi.
Har qaysi yo‘nalishda bir nechta harakatlanish polosasi bo‘lganida keyingi harakatlanish polosalarining har birining o‘tkazish qobiliyati chetki o‘ng polosaning o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan 20. . .40% ga kamayadi.
O‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun reja chiziqlari tortish yoki maysa o‘stirilgan ajratish polosalari yordamida ko‘chani bo‘lish katta ahamiyatga ega. Jamoat transporti yuradigan va jamoat muassasalari joylashgan ko‘chalarda avtomobillar to‘xtashi va turishi uchun qo‘shimcha polosalar ko‘zda tutilishi kerak. Dastlabki (xomaki) hisoblashlarda bitta harakatlanish polosasining o‘tkazish qobiliyatini 6.2-jadval bo‘yicha qabul qilish mumkin.
6.2-jadval
Transport vositalari
|
Bir soatda o‘tkaziladigan bir turdagi transport birliklarining eng ko‘p soni
|
Turli sathlarda kesib o‘tilganda
|
Bir sathda kesib o‘tilganda
|
Tezkor yo‘llarda
|
Uzluksiz harakatli magistral ko‘chalarda
|
Yengil avtomobillar
|
1200. . .1500
|
1000. . .1200
|
600. . .700
|
Yuk avtomobillari
|
600. . .800
|
500. . .650
|
300. . .400
|
Avtobuslar
|
200. . .300
|
150. . .200
|
100. . .150
|
Trolleybuslar
|
-
|
100. . .130
|
70. . .90
|
Eslatma. Bir sathda kesishadigan chorrahalarning o‘tkazish qobiliyati chapga burilishli harakat bo‘lmaganida svetoforlar bilan boshqariladigan chorrahalar uchun aniqlangan. Chorrahada chapga burilishli harakat bo‘lganida harakatlanish polosasining o‘tkazish qobiliyati chapga burilishli harakat miqdoriga mutanosib ravishda kamayishi kerak.
2. Harakatlanish jadalligi uncha katta bo‘lmaganida va trolleybus ikki tomonlama harakatlanganida qatnov qismining umumiy kengligini kamida 10 m qilib belgilanadi.
Ko‘chalar qatnov qismining chetlari ular qizil chiziqdan uzog‘i bilan 25 m masofada turadigan qilib joylashtiriladi yoki qizil chiziqlar bilan qatnov qismi o‘rtasida, o‘t o‘chirish mashinalari o‘tishi uchun, kengligi kamida 6 m bo‘lgan tekislangan bo‘sh polosa qoldiriladi, bu polosa imoratlar chizig‘idan kamida 5 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Boshi berk o‘tish yo‘llari radiusi 10 m bo‘lgan halqasimon aylanib o‘tish joyi yoki 12x12 m o‘lchamli maydonchalar bilan tugashi kerak. Ko‘chalar qatnov qismining eng kam kengligi 5-jadvalga ko‘ra aniqlanishi mumkin.
|
| |