Avtomobillar turish joyi avtomobillar saqlanishi yoki turishi uchun




Download 24.72 Kb.
Sana16.04.2024
Hajmi24.72 Kb.
#197295
Bog'liq
Avtomobillar turish joyi
6exk259oaIvQ10R8E4H7X9tqpY4dl2fDaNyjLIQF (1), DTM-2019 TO\'PLAM ONA TILI VA ADABIYOTI, journal-2017-1, 10 sinf 20 ta test, IT va ITU.КL. uslub. ko\'rsatma.2022, Orol dengizining ekologik ahvoli, L21-Introduction-to-IO, Dinara muloqot seminar, Klaster, Биология 11 класс, 1-Topshiriq (Amaliy), 6fc21eb9-12d1-49b5-95dd-58ec1e89b5f9, 1699972167 (1), 1699369989 (2), 7 ¬½áßß 1 þÑÔóÑÓÔý ÓÒß߬¿® ´ºÙ¬

Avtomobillar turish joyi – avtomobillar saqlanishi yoki turishi uchun
mo‘ljallangan ochiq maydonchalar. Avtomobillarni saqlash uchun
mo‘ljallangan joylar soyabonlar, yengil to‘siqlar bilan o‘ralgan bokslar
hamda ko‘rikdan o‘tkazish estakadalari bilan jihozlanishi mumkin.
Avtomobillarning turish joylari ko‘chadan tashqarida (shu jumladan,
transport qatnaydigan yo‘lning qisman kengaytirilgan joyida) yoki
ko‘chaning o‘zida (transport qantaydigan yo‘lning belgilar bilan ko‘rsatilgan
qismida) tashkil qilinishi mumkin
Avtotransport vositalari saqlanish joyi – shaharda doimiy istiqomat
qiluvchi aholiga tegishli avtotransport vositalarining ro‘yxatga olingan joyi
bo‘yicha saqlanishi.
Avtotransport vositalarini joylashtirilishi – turli funksional
obyektlarga tashrif buyurgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining
vaqtincha turish joyi.
AYoQS, AGQS, AGTKS– suyuq motor yoqilg‘isida, suyuq va siqilgan
uglevodorodli gazda ishlovchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari.
Alohida muhofazalanadigan (qo‘riqlanadigan) tabiiy hududlar
(AMTH) – davlat organlarining qaroriga ko‘ra xo‘jalik faoliyatida
foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan va muhofazalanishi bo‘yicha
alohida tartib o‘rnatilgan tabiatini muhofaza qilish, ilmiy, madaniy, estetik,
rekratsion va sog‘lomlashtirish bo‘yicha alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
tabiiy majmualari va obyektlari mavjud yer, suv yuzalari va ular ustidagi
havo bo‘shlig‘i uchastkalari.
Antropogen landshaft–inson tomonidan o‘zgartirilgan hududlar; unda
tabiiy komponentlar, dastlab o‘simlik, tuproq, fauna, suv rejimi o‘zgargan;
212
unga antropogen komponentlar - har xil inshootlar, madaniy o‘simliklar,
o‘zgargan tuproq va boshqalar qo‘shilgan. Antropogen landshaftning ko‘zga
ko‘ringan xususiyatlaridan biri – tabiiy o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni va
inson tomonidan boshqarilishning murakkab birikmasidir.
Arxitektura - yuksak saviyadagi qurilish san’ati. Qurilishda qurilish
qurilmalari, bino va inshootlar shakllarining kompozitsiyasi, funksiyasi
hamda hajmlar uyg‘unligining badiiy yaxlitligiga erishish. Jamiyatning
mafkuraviy g‘oyalari, moddiy madaniyati, badiiy-estetik qarashlari va
bunyodkorlik san’atini o‘zida yaxlit tarzda mujassamlashtira olgan inson
ijodining maxruli - me’moriy asar.
Arxitekturaviy kompozitsiya -bino, inshoot va me’moriy
ansambllarning vazifasiga, g‘oyaviy - badiiy mazmuni va qurilmaviy
xususiyatlariga ko‘ra yaratilishi, ulardagi alohida me’moriy qism va
elementlarning mutanosibligi; bino, inshootlar va ansambllarni ijodiy yaratish
jarayonida qo‘llaniladigan maxsus me’moriy usullar va badiiy vositalarni
antuash bilan shug‘ullanadigan va badiiy qonuniyatlarni (yaxlitlik,
monandlik, mutanosiblik, tektonika, marom, masshtablilik, rang va
boshqalarni) bayon qiluvchi va o‘rgatuvchi fan.
Arxitekturaviy masshtab - bino va inshootlar hajmining atrof-muhitga
va inson parametrlariga mutanosiblik darajasi, me’moriy kompozitsiya yoki
hajmning qismlarga bo‘linganlik yoki bo‘linmaganlik darajasi, holati.
Arxitekturaviy ritm - me’moriy obyektlardagi takrorlanuvchi qismlar,
elementlar va shakllarning bir-biriga mos kelishligi, takrorlanish tartibi va
takti, ularning nazokati va maromi.
Aholi joylashuvi- ma’lum bir hududda shaharlar joylarining joylashuvi.
.
213
Aholi zichligi – turar-joy tumani yoki kichik tumanda 1 Ga maydonga
to‘g‘ri keladigan aholi soni. Turar-joy bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab
bu ko‘rsatkich o‘zgarishi mumkin.
Aholi punktlararo hududlar – aholi punktlari chegarasidan
tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti o‘rtasidagi hududlar.
aholi punktlari miqyosida – shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq
tipidagi posyolka;
aholi punktlari rayonlari miqyosida – shahar ichidagi tumanlar (rejaviy,
ma’muriy), turar-joy tumani, sanoat tumani va boshqalar;
Aholi yashaydigan qism - turar-joy tumanlari va kichik tumanlari
hamda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari bilan band bo‘lgan
hudud.
Aholi yashash joylarining guruhli tizimi (AGT) - aholi yashash joylari
guruh tashkil etadi. Bir-birlari bilan rivojlangan kommunikatsiya turi va
turg‘un funksional aloqalar bilan bog‘langan.
Aholi yashash joylarining regional tizimi(ART) - aholi yashash
joylari bir-birlaridan uzoq joylashgan, ular o‘rtasidagi kommunikatsiyalar
rivojlanmagan, funksional aloqalar kuchsiz va turg‘un emas.
Bir tomondan har bir daha shaharning tarkibiy qismi bo‘lib, umuman
shahar kompozitsiyasiga bo‘ysungan va uning hududida umumshahar
ahamiyatidagi jamoat markazlari joylashgan. Boshqa tomondan, har bir daha
o‘zining jamoat markazlari, shaharsozlik xususiyatiga ega bo‘lgan.
Birlashtirilgan turar-joy binolari – soni o‘ntadan oshmagan bir nechta
bloklardan iborat, qavatlari uchtadan ortiq bo‘lmagan va har biri bitta oila
istiqomat qilishiga mo‘ljallangan, qo‘shni blok yoki qo‘shni bloklar bilan
umumiy devor (devorlar)ga ega, alohida uchastkada joylashgan va
uchastkadan umumiy foydalanish hududiga chiqish yo‘liga ega shaxsiy turarjoy binolari.
214
Bosh reja- obyekt rejasining asosiy chizmasi bo‘lib, loyihachining
fikrlarini ifodalaydi va ishchi loyiha uchun asos hisoblanadi.
Garajlar – avtomobillar uzoq muddat saqlanishi, joylashtirilishi, ularga
texnik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan binolar.
Geologik tuzilishi- hududning neotektonik aktivligi va seysmikasi,
stratigrafik va litologik komplekslarning borligi, ularning tuzilishi, yoyilish
qonuniyatlari va quvvati nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tahlil uchun
tektonik geomorfologik, geologik va boshqa geologiya fondidagi
materiallardan foydalanadi.
Guzar – Toshkentning (umuman O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida
ham) eskidan shakllangan hududlarida jamoat hayotining zichligini tahlil
etish natijalari mahallalar va dahalar jamoat markazidan tashqari yana bitta
jamoat birligi – guzar borligini ko‘rsatdi. Agar mahalla markazlari bir tekisda
joylashib, 150-200 m xizmat ko‘rsatish radiusiga ega bo‘lsa, guzarlar uchun
xizmat ko‘rsatish radiusi atamasi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Guzarlar qoida
bo‘yicha radial va ko‘ndalang ko‘chalar kesishmasida; ikki yoki uchta
mahalla chegarasida, ko‘chaning ariq bilan tutashgan joyida (ariq bo‘ylab
ham ko‘chalar o‘tadi) joylashadi.
Daha – shaharning nisbatan mustaqil birligi va shu bilan bir qatorda
uning bir qismi. Daha atamasining kelib chiqishi xususida quyidagicha
taxminlar mavjud: so‘g‘diy tarixga ko‘ra qishloq va qishloqlar ma’nosini;
boshqa taxminga ko‘ra “daha” so‘zi o‘n kvartal ma’nosiga ega.
Devе́
lopment – (shuningdek, ko‘chmas mulk devе́lopmenti, devе́
loping;
ingliz tilida real estate development “takomillashtirmoq, ko‘chmas mulkni
rivojlantirmoq”) – bu ishbilarmonlik, biznesning bir turi.
Paradigma(yunoncha. παράδειγμα, «misol, model, namuna») —ilmiy
asoslangan ko‘rsatma, dastur, tasavvur va atamalarning majmui.
215
Yer uchastkasi– aniq belgilangan chegaralar (qizil chiziqlar)ga,
maydonga, joylashuviga ega, huquqiy maqomi va boshqa jihatlari yer
kadastrida va davlat ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan yer yuzasining
bir qismi.
Imoratlar qurilishi amalga oshiriladigan hudud– shaharsozlik
hujjatlarida belgilangan chegaralar va funksional maqsadli tartibga ega
imoratlar qurilgan yoki imoratlar qurilishi lozim bo‘lgan hudud.
Yo‘l-ko‘cha tarmog‘i – odatda, umumiy foydalanish uchun
mo‘ljallangan hududiy kommunikatsiya obyektlari (maydonlar, ko‘chalar, tor
ko‘chalar, qirg‘oq bo‘yi ko‘chalar, bulvarlar)ning o‘zaro bog‘langan tizimi.
Ishlab chiqarish va boshqa turdagi obyektlarning muhitni muhofaza
qilish funksiyalarini bajaruvchi sanitariya-himoya zonalari– amaldagi
qonunchilikka muvofiq, obyektning atrof-muhitga zararli ta’sirining
xususiyati va darajasiga bog‘liq ravishda, sanitariya-himoya zonasi
belgilanishi va tashkil qilinishi zarur bo‘lgan va shaharning turar-joy qismini
sanoat korxonasi, shuningdek boshqa obyektlardan ajratib turuvchi maxsus
vazifalar uchun mo‘ljallangan, shu jumladan maxsus vazifalarni bajaruvchi
daraxtzorlari mavjud bo‘lgan hudud.
Kam qavatli turar-joy binolari – mansarda qavatini ham qo‘shib
Kichik arxitekturaviy shakllar – bog‘-park kompozitsiyasining sun’iy
elementlari: besedkalar, rotondalar, pergolalar, trelyajlar, arkalar, kioskalar,
pavilonlar, skameykalar, urnalar, haykallar va h.k.
Kichik tuman - shahar aholi yashaydigan qismi tarxiy tarkibining
birlamchi elementi bo‘lib, bunda aholi uy-joy va kundalik xizmat ko‘rsatish
muassasalariga piyoda yetish darajasi ta’minlanadi.
Kichik tuman (mikrotuman), mahalla– chegaralarida shaharsozlikka
oid loyihalash normativlari asosida tegishli hududlarda yashayotgan va
boshqa aholi uchun ijtimoiy va kommunal–maishiy xizmatlar kompleks
216
ravishda ta’minlanishi amalga oshiriluvchi, aksariyat hollarda istiqomat qilish
uchun mo‘ljallangan bir yoki bir necha mavzelardan tashkil topgan aholi
punkti rejaviy tuzilmasining elementi.
Kommunikatsion koridorlar- (polimagistrallar) har xil turdagi u yoki
bu yo‘nalishdagi magistrallarning (temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari, quvur
o‘tkazgichlar hamda energiya uzatish va aloqa kanallari liniyalari) mos
tushishi. Bunday koridorlar polosasining eni bir necha yuz metrdan bir necha
kilometrgacha bo‘lishi mumkin.
Kompozitsion karkas – asosiy magistral ko‘chalar, umumshahar va
tuman markazlari hamda boshqa ajoyib arxitekturaviy majmualar, maydonlar
tizimlari, ko‘kalamzorli hududlar bo‘lib, ular shahar kompozitsion
tuzilmasining bosh ya’ni asosiy tashkil etuvchilari deb hisoblaniladi.
Kompozitsion karkas elementlaridan biri bu ochiq kengliklar karkasidir.
Kottej turidagi turar-joy binolari zonasi- asosan, 1-3 qavatli shaxsiy
turar-joy uylari bilan band bo‘lgan va chorva mollari va parrandalarni
saqlashga ruxsat etilmaydigan hudud.
Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar– tabiat majmuasi hududining bir
qismi bo‘lib, unda quyidagilar joylashadi: park, bog‘, xiyobon, bulvar kabi
sun’iy yaratilgan bog‘-park majmualari va obyektlar; yuzasining 70% dan
kam qismi daraxtzor va o‘simliklar bilan qoplangan turar-joy, ijtimoiyamaliy va boshqa zonalarning hududlari.
Ko‘kalamzorlashtirish – landshaftni qayta tiklash, qishloq joylarida,
sanoat muassasalari atrofida himoya o‘rmon chiziqlarini yaratish, ko‘cha va
magistrallar bo‘ylab, turar-joy va kichik tuman chegaralarida, bog‘ va
parklarda ekinlar ekish bo‘yicha muhandislik va agrotexnik tadbirlar
yig‘indsi.
217
Ko‘kalamzorlashtirish me’yori – shaharning bitta aholisiga to‘g‘ri
keladigan ko‘kalamzorlashtirilgan maydonni ifodalovchi ko‘rsatkich (m.kv.
da).
Ko‘p qavatli ko‘p xonadonli turar-joy binolari - 9 va undan ko‘p
qavatli turar-joy binolari.
Ko‘p xonadonli turar-joy binolari – xonadonlari qavatma-qavat
joylashgan va ko‘p xonadonli turar-joy binosining umumiy mulki
hisoblangan yer uchastkasiga ega turar-joy binolari.
Ko‘cha, maydon – shaharning ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining qizil chiziqlari
bilan chegaralangan umumiy foydalanish hududlari.
Qizil chiziq – mavjud, rejalashtirilayotgan (o‘zgartirilayotgan, yangidan
tashkil qilinayotgan) umumiy foydalanish hududlarining, shuningdek
muhandislik-texnik ta’minoti tarmoqlari, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa
tarmoqlari (shu jumladan chiziqli-kabel inshootlari), quvurlar, avtomobil
yo‘llari, temir yo‘l va shunga o‘xshash inshootlar (chiziqli obyektlar)
joylashgan yer uchastkalarining chegaralari.
Qo‘rg‘onchali turar-joy binolari zonasi – asosan, shaxsiy turar-joy
uylari bilan band bo‘lgan va chorva mollari va parrandalarni saqlashga ruxsat
etilgan hudud.
Qurilish amalga oshirilishini tartibga solish chiziqlari – qizil chiziq
yoki yer uchastkasi chegarasidan muayyan oraliq masofa tashlagan holda
belgilanuvchi va loyihalashtirilayotgan bino, imorat va inshootlarning tashqi
konturlari joylashishini belgilab beruvchi qurilish chegarasi.
Qurilish chizig‘i- qurilayotgan hududning chegarasini belgilaydi.
Ba’zan yuqorida keltirilgan chiziqlar mos tushishi mumkin, ammo odatda
qurilish chizig‘i kichik tuman va kvartallar ichiga (qizil chiziqdan kamida) 3
- 6 m ichkariga joylashtiriladi.
218
Landshaft – yer sathi..lokal miqyosda – park, kichik turar-joy tumani,
shahar markazi va boshqa majmualar.
Mavze– aholi punkti rejaviy tuzilmasining asosiy elementi hisoblanib,
magistrallar yoki turar-joy ko‘chalari va o‘tish yo‘llarining qizil chiziqlari,
shuningdek shahar rejaviy tuzilmasining boshqa elementlaridan
shaharsozlikka oid muvofiqlashtirishning boshqa chiziqlari bilan
chegaralanadi.
Magistrallararo hudud- turli sinfdagi magistral ko‘chalar bilan
chegaralangan hudud.
Maydon – jamoat maqsadlarida foydalaniladigan kenglik.
Magistrallararo hudud- turli sinfdagi magistral ko‘chalar bilan
chegaralangan hudud.
Makroiqlim – mahalliy, region, mamlakat, materik iqlimi; dendrologik
rayonlashtirishda hisobga olinadi.
Makrorelef – yirik shakl bilan xarakterlanadigan – tog‘ massivlari,
tizmalari, plato, tepaliklar, kanonlar, chuqurliklar hududining relefi.
Mahalla - kichik shaharsozlik bo‘linmalari.
Mayatnikli migratsiya - aholining uyidan ish joyiga, madaniy-maishiy
xizmat muassasalariga, dam olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun
borib kelishi.
Megapolis - aglomeratsiyalarning o‘sib, bir-biri bilan qo‘shilib
ketishidan hosil bo‘lgan, katta urbanizatsiyalashgan hududlarni qamrab olgan
birikma.
Mezorelef – makro- va mikrorelef o‘rtasidagi o‘rta relef. Unga daryo
terrasasi, chuqurlik, katta bo‘lmagan dara, katta bo‘lmagan tepalik relefi
kiradi.
Migratsiya - aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi.
219
Mikroiqlim - bir joyda chegaralangan doirada yuz beruvchi iqlimiy
hodisa (shahar, shaharning bir qismi); katta bo‘lmagan hudud yoki
hududning bir qismi iqlimiy sharoitlari majmuasi.
Mikrorelef – park, bog‘ landshaftida mezorelef detallari hisoblanib,
katta bo‘lmagan 1-1.5 m maydonni egallovchi relefning mayda
elementlaridir. Masalan, tirgak devor bilan bezatilgan baland-pastlik, kichik
tepalik shaklidagi gul klumbasi relefi, soylik relefi va h.k.
Modernizatsiya – modern so‘zidan kelib chiqqan. Ikki so‘z ham fransuz
tilidan olingan bo‘lib, modern – avvalroq, XIX asr oxirida, modeonizatsiya
esa kechroq – XX asr boshida boshqa tillarga o‘tgan.
Oriyentatsiya – loyihalashning alohida elementlarini dunyo tomonlariga
nisbatan joylashtirish: shimol-janub (ShJ), sharq-g‘arb (ShG‘); bolalar
maydonchalarini loyihalash, yo‘laklarda daraxtlarni joylashtirish, sport
majmualarini joylashtirish va h.k.larda katta ahamiyatga ega.
Piyodalar uchun mo‘ljallangan zona – piyodalar harakatlanishi uchun
mo‘ljallangan hudud, ushbu hududga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus
transportdan tashqari boshqa transport vositalarining harakatlanishi
taqiqlanadi.
Rabot – shaharni o‘rab turuvchi qal’a.
rayon miqyosida – tuman, hududiy sanoat majmuasi, yirik dam olish
hududlari va boshqalar;
regional miqyosda – region (bir yoki bir necha viloyat);
Rekreatsion hudud - dam olish va sog‘liqni tiklash uchun
mo‘ljallangan shaharda, shahar atrofida maxsus ajratilgan hudud. Bog‘lar,
ko‘ngil ochish bog‘lari, xiyobonlar hamda bog‘li yodgorliklardagi bufer
zonalar rekreatsion maqsadlar uchun xizmat qilishi mumkin.
Rekonstruksiya(re.. lot.re– pristavkasi harakatning qaytalanishini yoki
yangilanishni anglatadi;. va lotincha constructio - qurmoq), 1) biron narsani
220
yaxshilash, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta qurish, qayta barpo
etish (masalan, shahar rekonstruksiyasi, korxona rekonstruksiyasi). 2) biron
narsani saqlanib qolgan qismlari yoki yozma manbalarga asoslangan holda
tiklash (masalan, arxitektura yodgorliklarining rekonstruksiyasi)
Redevelopment – ko‘chmas mulk obyektini yangi yo‘nalishga
ixtisoslashtirish jarayoni. Redevelopment – ko‘chmas mulk obyektlarini
qayta qurishdir
Revitalizatsiya–redevelopmentning bir turi. U faoliyat
yuritmaydigan hudud yoki obyektni bevosita “qayta jonlantirishni”
angalatadi. U odatda avval faol ish yuritgan, hozirgi kunda esa tashlandiq
holga kelib, shahar hayotidan chiqarib tashlangan sanoat korxonalariga
nisbatan qo‘llaniladi
Restavratsiya - ya’ni,binolarni tiklash va ta’mirlash obyektning tarixiy
ko‘rinishini saqlab qolish yoki tiklashga qaratilgan bir qator tadbirlardir.
Rekultivatsiya (lot.re– pristavkasi harakatning qaytalanishini yoki
yangilanishni anglatadi; cultivo– ishlov beraman, yetishtiraman) – inson
faoliyati natijasida zarar yetkazilgan, buzilgan yer va suv havzalarini
ekologik va iqtisodiy tiklash hamda atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha olib
boriladigan tadbirlar majmuasi.
Sanitar-himoya qismi - sanoat korxonasi, omborlar, kommunal
va transport inshootlarini aholi yashaydigan qismdan ajratib turuvchi
ko‘kalamzor yo‘lak.
Sanoat hududi - sanoat korxonalari, ularning transport va ombor
xo‘jaliklari, yordamchi inshootlar va muassasalar bilan band bo‘lgan hudud.
Soxta urbanizatsiya- shahar orbitasiga qishloq migrantlarining sekinasta tortilishi, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlari atroflarida
shakllangan keng «qashshoqlik maydonlarida» oldingi turmush tarzining
uzoq saqlanishi.
221
STO – stansiya texnicheskogo obslujivaniya avtomobiley.
Struktura - qurilmalar yoki elementlarning tuzilishi, tarkibiy
qismlarning o‘zaro bog‘liqligi, yaxlitligini belgilovchi tushuncha.
Tabiiy (landshaftli) karkas - suv arteriyasi tizimi bu landshaftning
bazali elementlarini bog‘lovchi daryolar, kanallar, ariqlar, o‘simliklarni
sug‘orish ariqlari, ko‘kalamzorlar va yashil maydonlar, yo‘laklar hamda
ularning atrofidagi ariqlardir. Tabiiy karkas zonasida tabiiy muhitning turizm
va sog‘lomlashtiruvchi dam olish kabi muhim xossalari konsentrlashadi.
Tabiiy landshaft– asosiy landshaft komponentlari – yer yuzi, havo,
suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘zaro uyg‘un va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
birlikni tashkil etgan hududiy majmua, fazoviy muhitdir. Tabiiy landshaft
rivojlanishida inson qo‘li tegmagan.
Tislanuvchi urbanizatsiya- birinchi qarashda kutilmagan jarayon.
So‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha shahar aholisi salmog‘ining biroz
kamayishi.
Tumanni rejalashtirish– iqtisodiy yoki ma’muriy tumanni kompleks
hududiy-xo‘jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo‘jaligi tarmoqlarini,
shaharlar va qishloqlarni optimal joylashuvini hamda aholi mehnati va dam
olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ta’minlovchi tarxiy
tarkibni shakllantirish.
Turar-joy kichik tumani - shahar aholi yashaydigan qismi tarxiy
tarkibining birlamchi elementi bo‘lib, bunda aholi uy-joy va kundalik xizmat
ko‘rsatish muassasalariga piyoda yetish darajasi ta’minlanadi.
Turar-joy tumani - bir nechta kichik turar-joy tumanidan iborat shahar
aholi yashaydigan qismi tarkibining asosiy elementi.
TXS – avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi.
Umumiy foydalanish hududlari– aholining erkin harakatlanishi uchun
mo‘ljallangan va hokimiyat organlariga biriktirilgan, shu jumladan mavzelar
222
(mikrotuman, mahallalar) hududlaridan tashqarida joylashgan – maydonlar,
qirg‘oq bo‘yi ko‘chalari, bulvarlar hamda mavzelar (mikrotuman, mahallalar)
hududida joylashgan tor ko‘chalar va xiyobonlar.
Urbanizatsiya - ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy muloqot
shakllarining rivojlanishi va konsentrallanishi, shahar hayot tarzining barcha
aholi joylariga yoyilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali, ulkan ijtimoiyiqtisodiy jarayon; jamiyat rivojlanishida shahar ahamiyatining ortib borish
jarayoni.
Urbanizatsiyaning belgilari– shaharlarda industriyaning o‘sishi,
ularning madaniy va siyosiy funksiyalarining rivojlanishi, mehnat hududiy
bo‘linishining chuqurlashuvi. Urbanizatsiya belgilaridan yana biri – bu
qishloq aholisining shaharlarga oqib kelishi, yirik shaharlarga uning atrofdagi
qishloqlardan va kichik shaharlardan aholining mayatniksimon harakatining
kuchayishi.
O‘rta qavatli ko‘p xonadonli turar-joy binolari – mansarda qavatini
ham qo‘shib hisoblaganda 4-8 qavatli turar-joy binolari.
Funksional zonalar – hududiy rejalashtirish hujjatlari (bosh rejalar va
hududiy rejalashtirish tarhlari) vositasida ushbu zonalarda amalga
oshiriladigan qurilishni rivojlantirish parametrlarini aniqlash bilan birgalikda
hududning asosiy vazifalarini aks ettiruvchi chegaralarni belgilab beruvchi
zonalar.
Hududiy zonalar – shaharsozlikning zonalashtirish (yerdan foydalanish
va qurilishni amalga oshirish) hujjatlarida ushbu hududlarda joylashgan yer
uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini, yer uchastkalari va
kapital qurilish obyektlarining joiz chegaraviy parametrlarini aniqlab
beruvchi chegaralar va shaharsozlik reglamentlarini belgilovchi zonalar.
223
Hududni funksional qismlarga bo‘lish – loyihalash jarayonida har xil
hududlarni funksional vazifasiga ko‘ra (sport, bolalar, xo‘jalik hududlari va
h.k.) qismlarga ajratish.
Shaxsiy turar-joy qurilishi obyektlari – alohida yer uchastkasida
joylashib, bir oila istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan, qavatlar soni
uchtadan ortiq bo‘lmagan, alohida joylashgan va/yoki birlashtirilgan turar-joy
binolari.
Shahar aglomeratsiyasi - shaharlar va aholi joylarining markaziy
shahar atrofidagi tartibsiz to‘plami.
Shahar bosh rejasi - shaharning kelajak me’moriy-kompozitsion,
funksional-makoniy, transport-injenerlik rivojlanishini belgilab beruvchi
loyihaviy hujjat.
Shahar bosh tarxi - shaharning kelajak me’moriy-kompozitsion,
funksional-makoniy, transport-injenerlik rivojlanishini belgilab beruvchi
loyihaviy hujjat.
Shahar va qishloq aholi punktining tabiiy majmuaviy (TM)
hududi – asosan, muhitni himoyalovchi, tabiatni qo‘riqlovchi, rekratsion,
sog‘lomlashtiruvchi va landshaftni tashkil etuvchi funksiyalarni bajaruvchi,
aksariyat hollarda, o‘simlikli va (yoki) suvli obyektlari mavjud bo‘lgan
hududlar.
Shahar landshafti - shahar hududidagi tabiiy (relef, o‘simliklar, suv
havzasi) va antropogen (injenerlik inshootlari, binolar, yo‘llar) omillarning
hosilasi.
Shahar tizimi - bu yagona shahar ya’ni shahar yoki shaharlar guruzi
sifatida funksiyallashgan hududiy-hajmiy tizim (shahar, aglomeratsiya,
joylashtirishning guruhli tizimi).
224
Shahar, qishloq aholi punkti chegarasining chizig‘i – shahar yoki
qishloq aholi punktlari yerlarini boshqa toifaga mansub yerlardan ajratib
turadigan tashqi chegara.
Shaharlar rekonstruksiyasi ‒ aholining mehnat va maishiy
sharoitlarini yaxshilashga, shahar muhitini izchil tarzda yangilashga va uning
tizimini rivojlantirishga qaratilgan inson faoliyati
Shaharni ko‘kalamzorlashtirish sxemasi – bu shahar bosh rejasi
asosida landshaft arxitekturasi obyektlari joylashishining prinsipial
xarakterini ularning bajaradigan vazifasiga bog‘liq ravishda aks ettiruvchi
chizmadir.
Shaharni obodonlashtirish - shaharda sog‘lom va qulay hayot sharoiti
yaratishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.
Shaharning rejaviy tuzilmasi – bu uning hamma strukturaviy
elementlarini birlashtirgan holda qamrab olingan hududning rejaviy-hududiy
jihatdan hududlarga ajratilishi va rejaviy rayonlashtirilishidir.
Shaharning funksional tuzilmasi (yoki shaharning funksional
jihatdan tuzilishi) – bu sanoat, turar-joy, kommunal, transport va boshqa
funksional hududlarning joylashishini va ularning o‘zaro aloqasini aks
ettiruvchi tuzilmadir.
Shaharsozlik - shaharlar, aholi joylari, aholi joylashuvini loyihalanishi
va qurilishning nazariyasi va amaliyoti, u me’moriy-badiiy, ijtimoiyiqtisodiy, sanitar-gigienik, injenerlik-transport masalalarni kompleks hal
etishga qaratilgandir. Shaharsozlik - vaqt va fazoda inson va jamiyat hayoti
muhiti shakllanishi haqidagi fan va amaliy jarayon bo‘lib, u tabiiy muhit va
ekologik muvozanatni maksimal darajada saqlagan holda shahar va qishloq
joylarini yaratishda, dam olish va xizmat ko‘rsatish, kommunikatsion, sanoat
tarmoqlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
225
Shaharsozlik obyekti - bu istalgan hududiy mavqeyidagi
shaharsozlikni loyihalashtirishning har qanday hududiy-rejaviy obyektidir.
Shaharsozlik talablari – bu obyektlar qurilishi va loyihalanishining
asosiy me’yorlari va qoidalaridir, shu bilan birga landshaft arxitekturasi ham
qonunlar va tavsiyalar majmuasini aks etadi va ular QMQ (Qurilish
me’yorlari va qoidalari) ga kiritilgan.
Shaharsozlikka oid zonalashtirish – hududiy zonalarning
chegaralarini, yer uchastkalaridan foydalanishning hamda kapital qurilish
obyektlari uchun shaharsozlik reglamentlarini belgilash maqsadida
manzilgohlar hududlarini zonalashtirilishi.
-yuzasining 70 %dan kam qismi daraxtzor va o‘simliklar bilan
qoplangan turar-joy, ijtimoiy-amaliy va boshqa zonalarning hududlari.
Download 24.72 Kb.




Download 24.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillar turish joyi avtomobillar saqlanishi yoki turishi uchun

Download 24.72 Kb.