|
O`quvchilar miqdoriga ko`ra ta`limning tashkiliy shakllari
|
bet | 5/21 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 152,85 Kb. | | #116829 |
Bog'liq 8-Mavzu Ta’limning tashkiliy shakllari va metodlari Mavzu rejas-fayllar.orgO`quvchilar miqdoriga ko`ra ta`limning tashkiliy shakllari. O`quvchilar miqdoriga qarab ta`limning 3 ta tashkiliy shakli ajratiladi: individual, guruh, jamoa.
Individual ta`lim genetik jihatdan eng qadimiy bo`lib, undan antik davrda ta`limning yyetakchi shakli sifatida foydalanilgan. Individual ta`limda o`qituvchi bir o`quvchi bilan ishlaydi o`quv materiali tushuntirilib, uning o`zlashtirilishini sinab ko`rish uchun savol-javob tashkil etiladi; o`quv topshiriqlarini berib, ularning bajarilishi bevosita zudlik bilan tekshiriladi. Individual ta`limda o`zlashtirish individual xarakterga ega bo`lib, o`quv materialini o`zlashtirish sur`atu bolaning o`ziga xos xususiyatlari, layoqati, qobiliyatiga moslashtiriladi. O`qituvchi o`quvchining tayyorgarlik darajasi, ishlash sur`atini hisobga olib, o`z faoliyatini bolaning faoliyatiga muvofiqlashtiradi. Bu ta`limning samaradorligiga ijobiy ta`sir etadi. Ammo qator ijobiy xususiyatlariga qaramasdan, individual ta`limning salbiy tomonlari ham talaygina: avvalo, individual ta`lim qimmatga tushadi; o`quvchi o`z tengdoshlari bilan hamkorlik qila olmaydi. Binobarin, bolalarda jamoada ishlash, yashashga oid odatlar shakllanmaydi. Jamoada ishlay olish, tashkilotchilik esa rivojlangan jamiyat a`zolari uchun eng zaruriy shaxsiy sifatlardir.
Ojiz tomonlari mavjudligiga qaramasdan, individual ta`limdan voz kechib bo`lmaydi. Undan hozir konservatoriyalarda yuqori malakali san`at xodimlarini tayyorlashda, repititorlik xizmatida (o`zlashtirishda orqada qolayotgan bolalarga) individual yordam tashkil etish, ayrim qobiliyatli balalarga ota-onasining xohishiga ko`ra u yoki bu o`quv predmetlaridan murakkablashtirilgan dasturlar asosida alohida mashg`ulotlar tashkil etishda foydalaniladi. Shuningdek, o`quvchi o`z tashabbusi bilan mustaqil kitob mutolaa qilganda, darslik muallifi o`quvchiga bilvosita rahbarlik qiladi.
Guruh asosida ta`lim berish. Sinf jamoasini balalarning tayyorgarlik darajasi, o`zlashtirishi, ishlash sur`ati asosida kichik guruhlarga ajratib o`qitish pedagogik amaliyot erishgan eng keyingi yutuqlardandir. Guruhlarga ajratib o`qitishning asosida o`quvchilarning individual xususiyatlari yotadi. Bolalarni individual xususiyatlariga ko`ra turli kichik guruhlarga birlashtirish, har bir guruhga mos ta`lim metodlari, vositalarini tanlash yo`li bilan o`quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga guruhlarga ajratib o`qitish deyiladi. Kichik guruhlar ikki turda bo`ladi: geterogen guruhlar – bu qiziqishi, layoqati, tayyorgarligi birbiridan farq qiladigan o`quvchilarning kichik jamoasi; gamogen guruhlar – qiziqishi, layoqati, tayyorgarlik darajasi nisbatan o`zaro yaqin bo`lgan o`quvchilarning kichik jamoasi. Differensial ta`lim asosida gamogen guruhlar yotadi.
Ta`limni guruhlar asosida tashkil etishning qator shartlari mavjud: o`quvchilarning har birining individual xususiyatlarini, ishlash sur`ati, qobiliyatlarini mufassal o`rganish; o`quvchilarda mustaqil ishlash ko`nikmalarini, o`quv predmetlariga oid faktlarni tahlil eta bilish layoqatlarini tarbiyalash; bolalarda o`quv ishlariga oid malakalarni (vaqtdan foydalanish, darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida ishlash, masala va misollarni, mashqlarni bajarish, test to`plami ustida ishlash) shuningdek, aqliy faoliyat usullarini (tahlil va sintez qilish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish, taqqoslash, bilimlarni bir sharoitdan ikkinchi sharoitga ko`chira bilish) rivojlantirish, o`quvchilarning kichik guruhlari doimiy bo`lishini ta`minlash; guruh o`quvchilari o`rtasida hamkorlik, o`zaro yordamni tashkil etish; guruhlarda bajarilgan ishlar, ularning mazmunini yagona maqsadga – o`quv materiallarini atroflicha, to`liq o`zlashtirishga bo`ysundirish; guruhlarga mo`ljallangan ishlarga yetarli vaqt ajratish, ularning natijasini jamoa bo`lib muhokama qilish, umumiy xulosalar chiqarish; guruhlar bo`yicha ish qilganda bolalarning shaxsiga, shaxsiy sha`niga zid hodisalarni imkoniyati etguncha chegaralash. Bular guruhlar asosida ta`limni o`tkazishning samaradorligiga ijobiy ta`sir qiladi.
|
| |