|
Mavzu: Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja
|
bet | 1/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 84,3 Kb. | | #135637 |
Bog'liq Mavzu Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja-fayllar.org
Mavzu: Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja
Mavzu: Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish.
Reja:
1. Ma‟lumotlar omborini boshqarish tizimlari
2. Microsoft Access 2010 ning asosiy elementlari va maydonlar xususiyati
3. MS Access 2010 da tasvirlanadigan maydon turlari
4. Microsoft Access 2010 da ma‟lumotlar omborini tashkil etish
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
MOni tashkil qilish, ularga qo„shimcha ma‟lumotlarni kiritish va
ma‟lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy
ta‟minotlar yaratilishi zarur bo„ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma‟lumotlar
omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar
tomonidan MOni yaratish, to„ldirish va birgalikda qo„llash uchun mo„ljallangan
dasturiy vositalar tizimidir.
MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL
kabi dasturiy vositalar misol bo„ladi.
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma‟lumotlarni kiritish va
saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo„lmasdan, ularning strukturasini
ham tasvirlaydi. Ma‟lumotlarni o„zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan
fayl oldin ma‟lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma‟lumotlar ombori” deb yuritila
boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e‟tibor qaratish kerak: ma‟lumotlar turi,
ko„rinishi ularni qo„llaydigan dasturlarga bog„liq bo„lmasligi lozim; ma‟lumotlar
ombordagi kerakli ma‟lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga
hojat qolmasligi lozim.
Shuni ta‟kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan
relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office
korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu
dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar
tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo„ljallangan
Microsoft Access dasturidir.
|
| |