|
Mavzu: Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja
|
bet | 7/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 84,3 Kb. | | #135637 |
Bog'liq Mavzu Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja-fayllar.orgNazorat savollari:
1. SQL server dasturini o‘rnating?
2. SQL server dasturini imkoniyatlari haqida ma`lumot bering?
3. SQL Serverda avtorizatsiyadan ro’yxatdan o’tish tartiblari qanday?
Mavzu: SQL-tili funksiyalari.
Reja:
1. SQL tili so‗rov-natija ko‗rinishida ishlaydigan imkoniyatlari.
2. SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalari.
SQL(Structured Query Language) – Bu so‗rov tili ko‗p operatorlardan
tashkil topgan bo‗lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar
Oracle(MBBT) dagi ma‘lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin.
Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga
oshirishi mumkin, lekin so‗rovlarni amalga oshirishda bu so‗rov tilidan
foydalanmaslikning iloji yo‗q.
1970 yil iyun oyida E. F. KODD o‗zining E.F. Codd, ―A Relational Model
of Data for Large Shared Data Banks‖maqolasini ommaga taqdim etdi. Bu maqola
―Communications of the ACM‖ jurnalida chop etildi. Hozirgi kunda Koddning bu
modeli ―relyastion ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)‖ ning yakuniy
modeli deb qabul qilindi. Kodd ning modelni yo‗lga qo‗yish maqsadida IBM
firmasi SEQUEL(Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi.
Keyinchalik bu til SQL tiliga o‗zgartirildi, lekin haligacha ―sikvel‖ deb ham
yuritilmoqda. 1979 yil Relational Software(hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi
SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL
tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL tili so‗rov-natija ko‗rinishida ishlaydi. So‗rovlar har bir element uchun
emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma‘lumotlar
bazasidagi ma‘lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati
yo‗q, foydalanuvchilar ham bu ma‘lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina
operatorlarni to‗g‘ri yozish orqali istalgan ma‘lumotlarni chiqarish mumkin
bo‗ladi.
SQL tili barcha ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy
standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba
o‗rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da
yaratilgan biror sql operatorlar yig‘indisi(kichik so‗rov dasturi)ni, istalgan MBBT
ga ko‗chirish mumkin bo‗ladi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
1. Ma‘lumotlarni so‗rov orqali olish.
2. Jadvalning qatorlariga ma‘lumot qo‗shish, qatorlarini o‗chirish va yangilash.
3. Ob‘ektlarni yaratish, o‗zgartirish va o‗chirish.
4. Ma‘lumotlar bazasi va ob‘ektlarga ruxsatlarni o‗rnatish.
5. Ma‘lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini
ta‘minlash.
2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o‗rnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2
turi ishlashi bir xil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma‘lumotlar bazasiga so‗rov orqali murojaat
qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya‘ni bunda ketma-ketlik asosida
jarayon sodir bo‗ladi. So‗rov-natija rejimda ishlaydi.
O‗rnatilgan SQL deganda – so‗rovlar yig‘indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi
tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror
o‗zgaruvchiga yo‗qlab qo‗yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya‘ni
bunda so‗rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom
etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo‗lingan. Bu bo‗linish
operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo‗lingan. Ular quyidagilar:
DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition
Language) deb ataladi. Bu guruhga ma‘lumotlar bazasida ob‘ektlar(jadvallar,
indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
DML(Data Manipulation Language) – ma‘lumotlarni manipulyatsiya
qiluvchi operatorlar yig‘indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday
ma‘lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
DCL(Data Control Language) – ma‘lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni
aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining
guruhlaridir.
|
| |