• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI (O’zbekiston Respublikasi 29.08.97 y. qonuni bilan tasdiqlangan) UMUMIY QOIDALAR
  • O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida




    Download 352.16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/21
    Sana11.04.2024
    Hajmi352.16 Kb.
    #193382
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    usbekistan-nationales-ausbildungsprogramm-seit1997-uz
    2012-iyul-sentyabr, Fizika fanidan mustaqil ish, 9-lekciya CifrlıinfXızmeti, anatatsiya, HUSANOV S SLAYD, Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Ofis dasturlar , 6-test english, 1 4 sinf oʻquvchilari bilan oʻtkaziladigan psixologik tadbirlar, mehmonxona xujaligida xizmatlar sifatini boshqarish, Авр, 1 Ma\'ruzalar 1-qism, Taza Jаqtılаndırıw qurılmаlаrı, lаmpаlаrdıń túri hám tаrmаqqа jаlǵаnıw sхеmаlаrı, 15, Ижара учун (электр), АМАЛ-14...


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
    1997 yil 29 avgust 463-I-son
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida
    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
    1. “
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
    ” tasdiqlansin.
    2. 
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bosqichma-bosqich 
    ro’yobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalgam oshirsin. Davlat budjetini 
    tasdiq
    lashda Milliy dasturning moliyaviy va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor berilsin. 
    O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov
    Toshkent shahri, 1997 yil 29 sentabr
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI
    (O’zbekiston Respublikasi 29.08.97 y. 
    qonuni
     bilan tasdiqlangan)
    UMUMIY QOIDALAR
    O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy 
    yangilanishini, ijtimoiy y
    o’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni 
    ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har 
    tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va 
    ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-
    atvorning andozalarini o’zgartirish 
    respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning 
    boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, 
    texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 
    O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
    Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga 
    muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar 
    asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka
    ijtimoiy-
    siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g'ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol 
    vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir. 
    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda 
    turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta 
    o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni 
    yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda 
    tutadi.

    Download 352.16 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 352.16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasining qonuni 1997 yil 29 avgust 463-i-son Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida

    Download 352.16 Kb.
    Pdf ko'rish