Organik bog‘lovchi materiallarni tarkibi va tuzilishi. Reja




Download 25,02 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2024
Hajmi25,02 Kb.
#132410
  1   2   3
Bog'liq
Organik


Organik 
bog‘lovchi materiallarni tarkibi va tuzilishi. 
Reja: 
1.Tabiiy organik bog‘lovchi materiallar.
2. Organik bog‘lovchi materiallar organik xomashyolarni kimyoviy qayta
ishlash.
3.Tabiiy suyuq bitumlar. 
Organik bog‘lovchi materiallar harorat ta’sirida fizik-mexanik xossalarini o‘zgartiruvchi yuqori molekulali birikmalardan hosil bo‘lgan tabiiy va sun’iy, qattiq qovushqoqplastik yoki suyuq moddalar guruhini tashkil etadi. Organik bog‘lovchi materiallar (bitumlar va qatronla-r) yo‘l qoplamasini qurish, yo‘lkalar, maydonlar, tomga yopiladigan bitumli karton, beton va metallarni zanglashdan saqlash uchun gidroizolyasion materiallar sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi. Tabiiy organik bog‘lovchi materiallar (bitum, asfalt) qadimdan ma’lum bo‘lib, bundan 4000 yil burun Vavilon va Misrda qurilish materiali sifatida qo‘llanilgan. Ohaktoshning topilishi bilan asfalt materiallardan foydalanish bir muncha kamaydi, ammo XVII asrdan boshlab yana asfaltga qiziqish boshlandi. Shu vaqtda Peru, Kuba, keyinroq Shveysariya, Eron va boshqa joylarda asfalt qatlamlari aniqlandi. XIX asr o‘rtalarida Fransiyada ko‘prik qurilishida zichlashtirilgan asfaltni qo‘llash boshlandi. 1925-1927 yillardan boshlab sobiq Ittifoqda yo‘l qurilishida, organik bog‘lovchi materiallarni ishlatish ustida ilmiy ishlar olib borildi. Ilmiy ishlar natijasida 1938 yili birinchi texnik shartlar ishlab chiqildi, keyinroq esa qovushqoq va suyuq bitumlar uchun Davlat umumitgifoq standarti (GOSTlar) vujudga keldi.

Organik bog‘lovchi materiallar organik xomashyolarni kimyoviy qayta


ishlash natijasida olinadigan mahsulot bo‘lib, quyidagi asosiy qurilish xossalariga
ega:
a) 80-160 °S da yeritilgan holda yoki suyultirgich (kerosin, neft, mazut) qo‘shilganda
ular suyuq (oqim) holatga o‘tadi hamda tosh, tuproq va boshqa qurilish materiallari
bilan yengil aralashadi;
b) harorat 20-30 °S gacha pasayganda yoki suyultirgich parlanganda ular qota
boshlaydi, natijada mustahkam va beton kabi chidamli qurilish materiallarini
vujudga keltiradi;
v) bitumlar va qatronlar suv qaytarish xossasiga ega bo‘lib kimyoviy jihatdan chidamli.
Mazkur xossalariga ko‘ra organik bog‘lovchilar kimyoviy tarkibi, xomashyo turi va
ishlab chiqarish texnologiyasi jiqatidan xaraktyerlanadi hamda tasniflanadi.
Organik bog‘lovchilar molekulyar massasi va tuzilishi turlicha bo‘lgan
moddalar aralashmalaridan iborat. Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, organik
bog‘lovchilar tarkibidagi moddalarning molekulyar massalarining joylashishi
normal qonuniyatga bo‘ysunar ekan. Shuning uchun bog‘lovchilar tasnifini,
ularning tarkibi va tuzilishi orasidagi bog‘lanish asoslarini o‘rganish katta
ahamiyatga ega.Organik bog‘lovchilar bitum va qatronlarga bo‘linadi.O‘z navbatida
bitumlar xomashyoning turiga qarab: tabiiy bitum, neft va slanetsdan olinadigan 

Download 25,02 Kb.
  1   2   3




Download 25,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Organik bog‘lovchi materiallarni tarkibi va tuzilishi. Reja

Download 25,02 Kb.