• Mayda tog‘ jinslarini issiq suv yoki organik erituvchilar bilan yuvish natijasida sof tabiiy bitum olinadi.
  • Tabiiy suyuq bitumlar - maltalar sof holda bo‘lib, tog‘ jinslari, ko‘pincha




    Download 25,02 Kb.
    bet3/3
    Sana08.01.2024
    Hajmi25,02 Kb.
    #132410
    1   2   3
    Bog'liq
    Organik

    Tabiiy suyuq bitumlar - maltalar sof holda bo‘lib, tog‘ jinslari, ko‘pincha 
    kirlar tarkibida uchraydi, maltalarning zichligi 0,96—1,03 g/sm3 bo‘lib, 55 foiz
    moy, 30 foiz smola, 15 foiz asfaltendan iborat. Malta 76 foiz uglyerod, 10 foiz
    vodorod, 10foiz kislorod, 1 foiz oltingugurt, 1 foiz azoz va 1 foiz boshqa
    elementlardan tarkib topgan.
    Mayda tog‘ jinslarini issiq suv yoki organik erituvchilar bilan yuvish 
    natijasida sof tabiiy bitum olinadi. Tabiiy bitum qizdirilganda asta-sekin
    yumshaydi, sovutilganda esa qotadi. Suvda parchalanmaydi, benzol, xloroform,
    skipidar va boshqa organik yerituvchilarda oson yeriydi. Tabiiy bitumlar uchun
    maxsus shartlar yo‘q. Shuning uchun tabiiy bitumlar bitumlarga qo‘yilgan shartlarga
    mos bo‘lishi kerak. Tog‘ jinslari tarkibining 10 foizdan ortig‘ini tabiiy bitumlar
    tashkil etgandagina, ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Tabiiy
    bitumlar tannarxining yuqori bo‘lishi, ularning qurilishda ishlatilishini birmuncha
    cheklaydi va ko‘proqbitumli laklar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Tabiiy
    bitumlar elektrotexnikada zanglamaydigan qoplamalar, asfalt laklar (asfalt
    mastikalar) hamda boshqa shu turdagi materiallar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
    Ular izolyasiya qilinadigan inshootlar yuzasiga va tosh materiallarga yaxshi
    yopishadi. Buning sababi tabiiy bitumlar tarkibidagi kislorod va asfaltogenlar
    miqdori neft bitumlariga nisbatan yuqori bo‘lganligidir.
    Yo‘l qoplamasi uzoq vaqt foydalanishga yaroqpi bo‘lishi uchun qurilish
    materiali sifatida organik bog‘lovchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    — turli harorat darajasi, havo kislorodi va suvning ta’sirida yo‘l qoplamasida
    rivojlanadigan muhit tuzilishi va xossalarini ta’minlash uchun mineral materiallar
    bilan birikishi;
    — tosh materiallar bilan yaxshi yopishishi tufayli suvga chitsamli va mustahkam
    qatlam hosil qilishi;
    — yopishqoqlik xossasiga ko‘ra bitumlarni mineral materiallar bilan aralashtirish
    davrida, uni yaxshi qamrab olish hisobiga ishlash davrida yuqori mustahkamlikka
    ega bo‘lgan jips massa hosil qilishi;
    — bitum uzoqvaqt edirilmasligi va uning xossalari yo‘l konstruksiyasi qatlamlarida
    o‘zgarmasligi kerak.
    Yoz davrida qoplama tarkibidagi bitum qatlamining deformatsiyasi' kichik bo‘lishi
    darkor, aks holda qatlamda to‘lqin ko‘rinishidagi deformatsiya vujudga keladi.
    Qish davrida qoplama tarkibidagi bitum qatlami yuqori deformatsiyaga ega
    bo‘lishi kerak, aks holda qoplamada yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.
    Kuz va bahor savrida bitum qatlami nihoyagda mustahkam va deformatsiyaga
    chidamli bo‘lishi lozim. Bu, ayniqsa, bahor paytida muhim ahamiyatga ega, chunki
    qoplama ostidagi nam tuproq qatlamining yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi.
    Bitum qatlami suvga chidamli bo‘lishi va tosh material donalari yuzasidan suv
    ta’sirida yuvilmasligi zarur. aks holda yo‘l qoplamasi buziladi. Bitumning asosiy
    xossalarini belgilovchi omillardan biri bitum qatlamining mustahkamligidir. Bitum
    qatlamining mustahkamligiga uning qalinligi, tosh materiallarning turi, harorat
    darajasi, transport vositalaradan tushadigan yukning engil og‘irligi ta’sir qiladi.
    Ishqoriy tog‘ jinslari (ohaktosh)dan tashkil topgan tosh materiallari yuzasidagi bitum
    qatlamining mustahkamligi ba’zi tog‘ jinslari (granit)ga nisbatan yuqori bo‘ladi.
    Yoz faslida yuqori harorat ta’sirida yo‘l qoplamasining buzilishiga olib
    keladigan deformatsiyaning asosiy turi bu siljish deformatsiyasi bo‘lib, qish davrida
    past haroratda egilish deformatsiyasi vujudga keladi. 50-60°S dan 160°S gacha
    bo‘lgan haroratda bitum texnologik jihatdan, ishga moyil bo‘lib, mineral materiallar
    bilan yaxshi aralashadi va yo‘l qoplamasi qorishmalarini yotqizish osonlashadi.
    20°S dan 60°S gacha haroratda bitumning egiluvchanligi, yopishqoqligi hamda
    mustahkamligi yuqori bo‘ladi. 20°S dan 35°S oralig‘i esa bitumning ishlatilish
    jarayoniga bog‘liq bo‘lib.
    Uning egiluvchan va mo‘rtlik xossalari vujudga keladi. Yuqoridagi
    mulohazalardan ko‘rinadiki, bitumning xossalari harorat ta’sirida o‘zgaradi.
    Bitum tarkibida parafin bo‘lsa, harorat ortib borgan sari, issiqlik sig‘imining
    bir tekis o‘zgarishi qonuniyati buziladi.
    Issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsienti a harorat jarayoni tezligini ifoda,laydi
    va issiqlik o‘tkazuvchanlikka to‘g‘ri proporsional bo‘lib, nisbiy hajm, issiqlik
    sig‘imi hamda zichlikka teskari proporsionaldir. Bu 1,5-10-7 m
    2
    /sek ga teng.
    Bitumlarning barqarorligi uning tarkibidagi moy, smola, asfaltenlarning miqsori
    bilan xaraktyerlanadi. Odatda bitumlarning guruh tarkibi vaqt o‘tishi bilan

    o‘zgaradi va moylar bug‘lanib,smola va asfaltenlar to‘planadi, natijada


    smolalar asfaltenlarga aylanadi. Bitumning guruh tarkibi bilan tuzilishi
    hisobiga uning yopishqoqligi, issiqqa bardoshligi oshadi, shu bilan bir
    qatorda uning cho‘ziluvchanligi va egiluvchanligi kamayib, bitum murt
    bo‘lib qoladi.
    Tarkibida smola kam bo‘lsa, bitum barqaror bo‘lmasligi mumkin.
    Bitumning barqarorligini kapillyar - tomchi usuli bilan aniqlash mumkin.
    Organik erituvchidagi bitum tomchi ko‘rinishidagi filtrlangan qog‘ozga
    surtiladi va hosil bo‘lgan dog‘ (olienizis dog‘i) ning tarqalishiga qarab
    bitumning barqarorligi aniqlanadi.

    Download 25,02 Kb.
    1   2   3




    Download 25,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy suyuq bitumlar - maltalar sof holda bo‘lib, tog‘ jinslari, ko‘pincha

    Download 25,02 Kb.