• 3.1.Nazariy malumotlar
  • Nazorat savollari
  • Laboratoriya mashg`uloti №3 mexanik uzatmali tebratma dastgohlarni ta’mirlashni о‘rganish




    Download 209.34 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana16.12.2022
    Hajmi209.34 Kb.
    #35104
    Bog'liq
    LABORATORIYA 3
    LABORATORIYA №6, Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash. Abdazimov A.D. Abduraxmonov N.B., Sirtqi Амалиёт кундалиги, akademik yozuv 4 mus, 3.05-Dasturlash tillari, 1, 14- мактаб расмлари, 2-Mustaqil ish mavzulari (1), Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar. , 1 amaliy, referat 1, Mustaqil ish mavzulari, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari-fayllar.org, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari


    LABORATORIYA MASHG`ULOTI № 3 
     MEXANIK UZATMALI TEBRATMA DASTGOHLARNI TA’MIRLASHNI 
    О‘RGANISH. 
     
     Ishning maqsadi: Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini 
    chegarasigacha mashina yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz 
    davrida yozgi yog‘lar qo’yilishni o’rganish va maxkamlashni bilish. 
    3.1.Nazariy malumotlar 
    Tebratma -dastgohning konstruksiyasi 3.1-rasmda kо‘rsatilgan
    Tebratma-dastgoh tik о‘rnatilgan ramadan tuzilgan, betonli poydevorga
    о‘rnatiladi. Muvozanatlagich kallak bilan (teskari yuk bilan) reduktor ikkita
    krivoshipli bо‘ladi, unga teskari og‘irlik va ikkita shatunli traverslar
    mahkamlanadi.
    Elektrdvigatel valining (11) aylanishi pona tasmali uzatma (15) yordamida 
    reduktorni (10) etakchi valga uzatiladi. Elektrdvigatelning almashtiriladigan 
    shkivlari tebratma dastgohning turiga va uning yuk kо‘taruvchanligiga bog‘liq 
    bо‘ladi, diametrlari 63mm.dan 450mm.gacha bо‘ladi. 
    Reduktorning etakchi vali va shkivlarining diametri hamma turdagi tebratma 
    dastgohlar uchun о‘zgarmaydi, reduktorning yuk kо‘taruvchanligi va burash 
    momentiga bog‘liq bо‘ladi, tebratma dastgohlarni yuk kо‘taruvchanligi unga katta 
    bо‘lmaganda, 315mm.dan 1250mm.gacha о‘zgaradi.
    3.1-rasm.Tebratma- dastgoh: 
    1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‘xtatuvchi qurilma; 3-muvozanatlagich 
    tayanch podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‘irlik; 6-osma traversning 
    sferik podshipniki; 7-shatun; 8-krivoshipni teskari og‘irligi; 9-krivoship; 10-


    reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli qо‘l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15-
    ponasimon tasma; 16-poydevor . 
    Ponasimon tasmali uzatmaning uzatishlar sonining о‘zgarishi 2,5 dan 5 
    gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi.
    Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini 
    о‘zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash uchun krivoshipda teshiklar
    ochiladi.
    Polirovkali shtokning yurish yо‘lining uzunligi shatunning ostki barmog‘ini 
    krivoshipni teshigiga qayta о‘rnatish bilan о‘zgartiriladi, bunda krishipning radiusi 
    о‘zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash mumkin:
    Muvozanatlagichning tebranishlari soniga mos keladigan tavsifga ega 
    bо‘lgan elektrdvigatelni tanlash yoki elektrdvigatel validagi shkiv diametrini 
    о‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
    Tebratma dastgohning uzoq muddat ishlashi va avariya holatiga duchor 
    bо‘lmasligi, uning muvozanatlanganligiga bog‘liq. Nomuvozanatli tebratma 
    dastgohda plunjerni yuqoriga yurishida, qurilmaga quvurlardagi suyuqlik 
    ustunining og‘irligi va shtanganing og‘irligi ta’sir qiladi.
    Plunjer pastga harakatlanganda elektrdvigatel yuksizlanadi va ishlatishda
    qatnashmaydi, bunda plunjer pastga shtanganing xususiy og‘irligi tasirida siljiydi. 
    Bunday yukning ishorasini о‘zgaruvchanligi, qurilmaning uzoq muddat xizmat 
    qilishiga va ayniqsa elektrdvigatelning ishiga salbiy tasir qiladi. Shuning uchun
    elektrdvigatelning о‘z muddatidan oldin eyilishga ta’sir etuvchi noqulay ta’sirlarni 
    bartaraf etish uchun plunjerning har bir qо‘shaloq yurishdagi yuklamasi 
    muvozanatlanadi. Bunday tebratma dastgohning muvozanatlanishini amalga 
    oshirish uchun, muvozanatlagichning orqa uchiga qarshi og‘irlik osiladi yoki 
    krivoshipga о‘rnatib tenglashtiriladi.
    Tebratma dastgoh shtangasini bir tekis yuklantirib, tо‘liq 
    muvozanatlashtirish kerak, tebratma-dastgohning muvozanatlashtirishni uchta 
    usuli amalda mavjud: muvozanatlagichli, rotorli va murakkabli.
    Doimiy ravishda reduktorning shotun va muvozanatlagich boshchasini, 
    traverslarning, sharnirlarning va ishqalanadigan qismlarini moylab turish talab
    qilinadi.
    Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinini chegarasigacha mashina 
    yog‘i tо‘ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz davrida yozgi yog‘lar 
    qo’yiladi. Tebratma-dastgohning boshqa detallari konsistentni surtmalar bilan
    suriladi. 


    Nazorat savollari: 
    1. Nasoslarning umumiy tavsiflarini keltiring? 
    2. Shtangali chuqurlik nasoslarni qо‘llanilishini izohlang? 
    3. Tebranma- dastgohlarni tuzilishini izohlang? 
    4. Shtangasiz nasoslarni shtangasiz nasoslardan farqini tushuntiring?
    jarayoniga –ajralish (separatsiya) deyiladi.

    Download 209.34 Kb.




    Download 209.34 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg`uloti №3 mexanik uzatmali tebratma dastgohlarni ta’mirlashni о‘rganish

    Download 209.34 Kb.
    Pdf ko'rish