• 1.Mahsulot sifati haqida umumiy tushunchalar
  • Mavzu: mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari reja




    Download 164,67 Kb.
    bet1/5
    Sana26.11.2023
    Hajmi164,67 Kb.
    #106004
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    referat 1


    MAVZU: MAHSULOTLARNING SIFAT KOʻRSATKICHLARI


    Reja:

    1. Mahsulot sifati haqida umumiy tushunchalar.


    2. Mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari nomenklaturasi.


    3. Mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlarining tahlili.


    4. Sanoat mahsulotlarining tasniflanishi.


    5. Xulosa.


    6. Foydalanilgan adabiyotlar.



    1.Mahsulot sifati haqida umumiy tushunchalar

    Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunida standartlashtirishning asosiy maqsadlarida biri sifatida “fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xoʻjaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirish” koʻrsatib oʻtilgan. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Boshqacha aytadigan boʻlsak, mahsulot – mehnat faoliyatining natijasi boʻlib, u moddiylashgan va moddiylashmagan koʻrinishda boʻladi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy mahsulot koʻrinishiga ega. Turli gʻoyalar, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, informatsion mahsulotlar, adabiyot va sanʼat asarlari va kabilar moddiylashmagan mahsulotlar hisoblanadi. Kishilik jamiyatida amalga oshirilayotgan mehnat faoliyatlarining asosiy maqsadlaridan biri bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgan. Mahsulot sifati – oʻz vazifasi (qoʻllanilishi)ga koʻra ma’lum darajada muayyan ehtiyojni qondirishga yaroqliligini koʻrsatadigan xossalari majmuasidir (GOST 15467- 70 boʻyicha). Mahsulot sifati ishlab chiqarishning texnik darajasiga bogʻliq va juda koʻp faktorlar bilan aniqlanadi: konstruksiyaning takomilligi, standartlashtirish va agregatlashtirish darajalari va h.k. Mahsulot sifatini oʻzgarmas deb boʻlmaydi. U jamiyatning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib boruvchi ehtiyojiga bogʻliq ravishda oʻzgarib turadi. Kecha ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot bugun sifatsiz boʻladi, bugun sifatli deb hisoblangani ertaga sifatini yoʻqotadi. Sifatni oʻz vaqtida ta’minlash kerak, aks holda mahsulot maqsadga muvofiq boʻlmaydi va yaroqsiz hisoblanadi.





    Download 164,67 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 164,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari reja

    Download 164,67 Kb.