3.Sanoaat mahsulotlarining tasniflanishi
Sanoat mahsulotlari deganda, ishlab chiqarish sanoatining alohida mahsulotlari yoki mahsulotlari majmuasi tushuniladi. Sanoat mahsulotlari ikki sinfga boʻlinadi (2.1-rasm): 1-chi sinf – foydalanishda sarf boʻluv mahsulotlari; 2-chi sinf – oʻz resursini sraflovchi mahsulotlar. Bu sinflar esa oʻz navbatida 5 guruhga boʻlinadi.
2.1-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanish
Birinchi sinfga xomashyo, yarimfabrikatlar, materiallar, yonilg’i, oziq-ovqat, oʻgʻit va boshqalar kiradi (bu mahsulotlardan turlicha foydalaniladi). Ikkinchi sinfga resurslari ishlatiladigan mahsulotlar kiradi: mashina, pribor, videotexnika va h.k. 1-guruhga xom ashyo va turli xil tabiiy yoqilgʻilar, masalan suyuq, qattiq va gazsimon yoqilgʻilar, tabiiy qurilish materiallari, qimmatbaho minerallar va boshqalar. 2-guruhga materiallar va mahsulotlar kiradi, masalan, sun’iy yoqilgʻi, moylash materiallari; turli xil kimyoviy mahsulotlar; toqimachilik va yengil sanoat materiallari; qurilish sanoati materiallari; yogʻoch materillar; elektr va radiotexnika materiallari; kino va fotografik materiallar; dorilar va oziq-ovqat mahsulotlari va hokazo. 3-guruhga foydalanish jarayonida oʻzi sarflanadigan mahsulotlar, masalan, sanoat qadoqlarida qandolat, dorixona va parfyumeriya hamda kosmetika mahsulotlari, konserva qutilari, bochkalardagi turli suyuq yoqilgʻilar, gaz ballonlari, induktiv gʻaltaklar va bobinalarda sim va kabellar, shnuningdek shu kabi boshqa mahsulotlar kiradi. 4-guruhga ta’mirlanmaydigan buyumlar: elektrovakuumli va yarim oʻtkazgichli asboblar, rezistorlar, kondensatorlar, keramik plitalar, bolt va gaykalar, podshipniklar, shestrniyalar va h.k. 5-guruhga qayta ta’mirlanadigan mahsulotlar kiradi. Masalan, turli sanoat tarmoqlarining texnologik jihozlari, avtomatik liniyalar va avtomatlashtirilgan komplekslar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, transport vositalari, oʻlchov asboblari, avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari, radioelektronika va elektronika qurilmalari, kino va fotografik uskunalar, tibbiy va maishiy texnika apparatlari, moʻyna mahsulotlari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, mebellar va boshqalar.
|