Mikrokontrollerlarga dastur yozish
Hozirgi davrda elektronika o’z o’rnini mikroelektronikaga bo’shatib bermoqda.
Mikrokontroller va mikroprosessor qurilmalari ushbu yo’nalishni rivojlanishioga olib kelmoqda.
Ushbu ikki tushunchani ko’pchilik
bir xil narsa deb tushinadi, ammo u bir biridan farq qiluvchi
tushinchalardir. Ular bir-biridan turli yo’nalishlar bo’yicha farqlanadi. Eng muhimi va asosiy farqi
mikrokontroller boshqaruvchilik xususiyatiga ega ekalligidir.
Mikrokontroller - Zamonaviy elektron qurilma bo’lib, u mikrosxemalarni bog’lash uchun
xizmat qiladi. Ushbu rasmda mikrokontroller va mikroprosessorning farqli ko’rinishi aks ettirilgan.
Markaziy prosessor qurilmasi (Центральное процессорное устройство (CPU)) – Ushbu
qurilma xotiradan kerakli buyruqni qabul qilib bajaradi. MPQ o’z ichiga registr, arifmetik-mantiqiy
qurilma va boshqarish zanjirini oladi.
Dastur xotirasi (Память программ – Program memory) – Ushbu qismda dasturning kod
yani buyruqlar to’plami saqlanadi.
Tezkor xotira qurilmasi (Оперативная память данных - RAM) –Dastur
kodidagi
o’zgaruvchilar saqlanadi va stek tizimi shu qismda taqsimlanadi.
Тактовый генератор - Ossilator – ushbu qurilma mikrokontrollerni ishlash tezligini
aniqlaydi.
Zanjir (Цепь сброса) – Ushbu qurilma mikrokontrollerni to’g’ri ishga tushi uchun xizmat
qiladi.
So’ngi port (Последовательный порт) – Ushbu port turli aktivlashtirishlardagi
ma’lumotlarga xizmat ko’rsatadi.
Kirish/chiqish raqamli liniyasi (Цифровые линии ввода/вывода – A/D Conventer) –
So’ngi portgabir vaqatda bir necha liniyalarga xizmat ko’rsatishga yordam beradi.
Taymer (Таймер) – vaqt intervali bo’yicha xisobot uchun xizmat qiladi.
Qo’riqlovchi taymer (Сторожевой таймер) – Mavsus taymer bo’lib,
mikrokontrollerni
ishga tushirish yoki qayta ishga uchun xizmat qiladi.
Mikrokontroller bu mikrokompyuterning yangi avlodi bo’lib, u kompyuter bajargan
barcha amallarni bajara oladi, ammo xajm jihatidan ancha kichik va ihchamdir.
Mikrokontroler umumiy tarzda boshqarishning markaziy qurilmasidir. Mikrokontroller
inson tomonidan oldindan berilgan buyruqlar asosida faoliyat yurituvchi moslamadir.
Sandvich ishitish qurilmasini yasash
muammosi qo’yildi.
Ushbu muammo
bilan aloqador fanlar
bo’yicha bilim olinadi. Masalan: elektronika,
informatika va mexanika.
Yaratilayotgan qurilmaga kerakli
parametrli vositalar tanlanadi. Bularning
asosiy vositasi mikrokontrollerdir.
Yaratilayotgan qurilmaning sxematik
ko’rinishi yaratiladi va periferik qurilmalar
bog’lanishi tekshiriladi.
Yaratilgan
sxema asosida
mikrokontrollerga dastur yoziladi va
tekshiriladi.
Hosil qilingan dasturni kerakli
qurilmalar asosida
mikrokontroller xotirasiga
joylashtiriladi.
Mikrokontroller sxemaga
joylashtiriladi va sandvich tayyor.
Mexnatingizdan rohatlaning!!!
Har qanday muhandis-texnolog yuqoridagi bosqichlar asosida natijaga erishadi.
Mikrokontrollerlarga dastur yozish bu boshqa tashqi qurilmalarni boshqarish imkoniyatini
beradi. Bu ish oson emas, lekin bajarsa bo’ladi.
Har qanday mikrokontroller bajariluvchi dasturni o’zining Flash xotira (Flash Memory)
sidan oladi. Ushbu dastur buyruqlari esa, 0 va 1 kombinasiyasi asosida 12, 14 va 16 kenglikdagi
shaklida bo’ladi, bu mikrokontroller turi va arxitekturasiga bog’liq.
Bunda termometrdan datchik anologli xarorat qiymatini
oladi va mikrokontrollerga
yuboradi. Olingan signalni o’zgartirgich orqali anologdan raqamli signalga o’zgartiriladi. Raqamli
signal 2 lik sanoq sistemasida shakllanib, uni 10 lik ko’rinishiga keltiriladi va LCD manitorga signal
sigatida yuboriladi. Ushbu holatda C dasturlash tili katta xajmli ishni kichik buyruqlar bilan
bajarmoqda.