WWW.HUMOSCIENCE.COM
1299
IOT SHLYUZINI YARATISHDA MIKROKONTROLLERLARNING
AHAMIYATI
Otajonova Gulhayo Maqsud qizi
“Ma’mun Universiteti” NTM o‘qituvchisi, TATU Uf magistrant
otajonovagulhayo1508@gmail.com
Annazarova Barno Rustamovna
“Ma’mun Universiteti” NTM o‘qituvchisi, TATU Uf magistrant
barno220517@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada IoT shlyuzini yaratishda mikrokontrollerlarning ahamiyati o‘rganilgan.
Mikrokontroller haqida tushuncha berilgan.
Mikrokontroller turlari, qo‘llanilish
sohalari, afzallik tomonlari va kamchiliklari tahlil qilingan.
АННОТАЦИЯ
В статье исследуется важность микроконтроллеров
при создании шлюза
IoT. А также данные о микроконтроллерах.
Проанализированы типы
микроконтроллеров, области применения, преимущества и недостатки.
ABSTRACT
The article explores the importance of microcontrollers in implementing an IoT
gateway. Information about microcontrollers is given. Microcontroller types, areas of
application, advantages and disadvantages are analyzed.
KALIT SO‘ZLAR: Internet of things(IoT),
mikrokontrollerlar,
AVR32,
AT91SAM7S256,
ATmega32U4,
Arduino Uno,
Arduino Yun,
Arduino Nano,
STM32, ESP8266
KIRISH
Axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir zamonda insoniyatda aqlli
uylarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Kundalik hayotda
foydalaniladigan barcha
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1300
qurilmalarni masofadan turib boshqarishdan tortib hatto qurilmalar o‘z o‘zini
inson
aralashuvisiz boshqarishi, zaruriyat tug‘ilganda ogohlantirishi, vaziyatga qarab qaror
qabul qilishi albatta bularning barchasi aqlli uy tizimlari hisoblanadi.
Bunday smart
tizimlar internetga ulangan holda boshqariladi va nazorat qilinadi. Bu qurilmalar IoTga
asoslangan.[1]
IoT(Internet of things) ning tarkibiy qismini mikrokontroller, tarmoq, sensor va
DAQ (Data Acquisition) tizimlaridan tashkil etadi.[2]